Solijonov Arslon
Auditning predmeti va obyekti
Annotatsiya Mazkur tezisda auditning predmeti va tekshiruvi uslubiyati korib chiqlidadi va kerakli fikirlar keltiriladi. Albatta audit bizning fikrimizcha har bor korhona tashkilotlarda kerakli deb topiladi. Auditning asosiy vazifasi tekshiruv bolganligi sababali, tekshirilayotgan korxona tashkilot osha audtordga xizmat xaqi berish orqali yollanadi. Shuni takidlash lozimki yerik auditor tashkilotalridan biri ‘Deloitte’ tashkiloti bu jahon boyicha birinchi urinda turadi va uning kapitali 60mlrd dillarga teng. Bu tashkilot tashkilot bizning davlatimizda ham ish yuritmoqda. Bizning fikrimizcha shu taskilotdan foydalansa maqsadga muvofiq bolardi.
Kirish Auditning о‘ziga xos predmeti va obyektlari mavjud. Audit maxsus fan sifatida ma’lum maqsadga qaratilgan va bir qancha vazifalarni bajaradi. Auditning perdmeti xо‘jalik yurituvchi subyektlar, ularning faoliyatlari hisoblanadi. Ma’lumki korxonalar о‘z ustavlariga asosan faoliyat yuritadilar. Ushbu faoliyat jarayonida moliyaviy, moddiy va mehnat resurslaridan foydalaniladi.
“Audit” predmeti va obekti.
Auditning predmeti taftishdan farqli о‘laroq korxonaning faqat bir faoliyat turi yoki birgina kо‘rsatkichi bо‘lishi mumkin. Misol uchun, savdo faoliyati, ishlab chiqarish faoliyati yoki bо‘lmasa pul mablag‘lari, tovarlar, qimmatli qog‘ozlar, valyuta operatsiyalari va boshqalar. Auditning predmetiga korxona moliyaviy hisobotning tо‘g‘riligi, hisob siyosatiga, soliq siyosatiga tо‘liq amal qilinishlikni tekshirish ham kiradi. Auditning aniq predmeti yoki obyekti mijoz bilan tuzilgan shartnomaga bevosita bog‘liq bо‘ladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalarning faoliyati kengayib har tomonlama rivojlanmoqda. Iqtisodiy islohotlarning hozirgi bosqichida auditning asosiy obyektlari quyidagilardan iborat bо‘lishi kerak deb hisoblaymiz:
- mulklarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish bilan bog‘liq bо‘lgan operatsiyalar;
- moliyaviy natijalarni shakllantiruvchi kо‘rsatkichlar (xarajatlar, daromadlar, foyda, zararlar);
- valyuta operatsiyalari;
- tashqi iqtisodiy faoliyat, shu jumladan xorijiy sarmoyalar;
- hisob-kitob operatsiyalari (debitorlik, kreditorlik qarzlari);
-qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq jarayonlar.
Shunday qilib auditning predmeti va obyektlari quyidagi tartibda guruhlash mumkin:
xо‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyatlari;
xо‘jalik yurituvchi subyektlarning aktivlari va majburiyatlari;
xо‘jalik yurituvchi subyektlarning alohida jarayonlari (operatsiyalari).[1]