9
bunday taxmini noto`g`ri, chunki jamiyat azaldan institutsionallashgan. Ushbu
xulosa, uning ta’kidlashicha, ko`plab iqtisodchilarning “eski” maktab
institutsionalistlarining g`oyalariga qaytishiga sabab bo`ldi.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, “yangi” institutsional maktab,
neoinstitutsional nazariya va yangi institutsional iqtisodiyot – bularning barchasi
bitta narsa emas. “Yangi” maktab, R.Nureevning fikricha, o`z asoslariga ko`ra bir-
biridan farq qiluvchi ikkita so`nggi yo`nalish: neoinstitutsionalizm uchun
neoklassik nazariya va yangi institutsional iqtisodiyot uchun “eski”
institutsionalizm yo`nalishlariga asos bo`lib xizmat qildi.
Yangi institutsional iqtisodiyot vakillari tomonidan nafaqat ushbu yo`nalish
doirasida, balki boshqa yo`nalishlar doirasida ham tan olinib, keng qo`llanilgan bir
necha nazariya ishlab chiqildi. Bular o`yinlar nazariyasi (J. Fon Neyman,
O.Morgenshtern, J.Nesh) va to`liqsiz oqilonalik nazariyasi (G.Saymon)
hisoblanadi [30]. Yangi institutsional iqtisodiyotning hozirgi zamon ishlanmalarini
fransuz maktabi iqtisodchilari – L.Teveno, O.Favro, A.Orlean, R.Buaye va
boshqalar ishlarida uchratish mumkin [30, 31].
Biroq, institutsionalistlarning bahs-munozaralari bir yo`nalishning boshqasi
ustidan ustunligini isbotlashga yo`naltirilgan. Bir qator iqtisodchilar, xususan
T.Eggertsonning ta’kidlashicha
3
, “faqat vaqt munozaralarda hakam sifatida ishtirok
etishi mumkin. Aynan metodologik ziddiyatlar tufayli J.R.Kommons
boshchiligidagi
eski
amerika
institutsionalistlarining
urinishlari
muvaffaqiyatsizlikka uchradi, chunki, 1984 yilda R.Kouz yozganidek, “hech
qanday nazariyaga ega bo`lmagan ular (amerika institutsionalistlari) hali anglab
yetishni talab etuvchi quruq izohli materialdan boshqa hech narsani taklif eta
olishmadi”.
Dostları ilə paylaş: