Soliq siyosati va uning asosiy yo’nalishlari


O’zbekiston Respublikasi soliq siyosatining xususiyatlari va yo’nalishlari



Yüklə 27,16 Kb.
səhifə3/3
tarix22.05.2023
ölçüsü27,16 Kb.
#120047
1   2   3
Kurs ishi Davlatning soliq siyosati

O’zbekiston Respublikasi soliq siyosatining xususiyatlari va yo’nalishlari
Respublikamizning mustaqillikka erishishi, o’zining mustaqil soliq tizimini
shakllantirishni ham taqazo etardi. Shundan kelib chiqib mustaqillikning dastlabki
yillaridan e’tiboran mustaqil soliq tizimini shakllantirishga qaratilgan islohotlar
izchillik bilan amalga oshirila boshlandi va ushbu islohotlarning samarasi o’laroq
hozirgi paytga kelib respublikamizda bir qadar o’ziga xos bo’lgan soliq tizimi
shakllantirildi. O’ziga xos bo’lgan soliq tizimining shaklantirilishini soliq
siyosatining samarasi sifatida e’tirof etish mumkin. Respublikamiz davlatchilik
shaklidan kelib chiqib respublikamizda respublika byudjeti daromadlarini
shakllantirishga qaratilgan umumdavlat soliqlari va mahalliy byudjetlar
daromadlarini shakllantirishga qaratilgan mahalliy soliqlar va yig’imlar amal qiladi.
Soliqlarning byudjetlar o’rtasida taqsimlanishi O’zbekiston Respublikasi Soliq
Kodeksi bilan mustahkamlangan bo’lib, unga muvofiq respublikamiz soliq tizimida
amal qiladigan har bir soliq turi u yoki bu byudjetga tushishi qat’iy belgilab
qo’yilgan. Shuningdek Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq ayrim umumdavlat
soliqlari mahalliy byudjetlarga to’liqligicha biriktirilishi yoki ulardan tushumlar
respublika va mahalliy byudjetlar o’rtasida taqsimlanishi mumkin. Ushbu tizim bir
necha yillardan buyon mahalliy byudjetlar kamomadini bartaraf etish maqsadida
amaliyotda samarali qo’llanilib kelinmoqda.
Shu o’rinda yuridik shaxslarni soliqqa tortishning muhim tartiblariga alohida
to’xtalib o’tish zarur. Respublikamiz soliq qonunchiligida hozirgi vaqtda soliqqa
tortishning umumbelgilangan tizimi bilan bir qatorda, amaldagi barcha soliqlar
o’rniga birgina soliqni to’lashni ko’zda tutuvchi soliqqa tortishning alohida tartiblari
ham mavjud. Bu tartib quyidagilar uchun ko’zda tutilgan
- savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari;
- soddalashtirilgan soliqqa tortish tizimidan foydalanayotgan kichik
tadbirkorlik sub’ektlari;
- qishloq xo’jaligi tovarlari ishlab chiqaruvchi korxonalari;
- lotereyalar, totalizatorlar va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o’yinlarni
o’tkazishga ixtisoslashgan yuridik shaxslar;
- tadbirkorlik faoliyatining alohida turlari bilangina shug’ullanuvchi yuridik
shaxslar (bilyardxonalar, qisqa muddatli avtomobil saqlash joylari, bolalar o’yin
avtomatlari).
Birinchi, ikkinchi va to’rtinchi guruhlar yalpi daromadidan yagona soliq
to’laydi, uchinchi guruh yagona er solig’ini, beshinchi guruh qat’iy, ya’ni egallagan
maydoni yoki mavjud jihozlar sonidan kelib chiqqan holda soliq to’laydilar.
Yuridik shaxslarni soliqqa tortish tartibidagi o’ziga xoslikni mamlakatimiz
soliq tizimining muhim xususiyati sifatida e’tirof etish lozim. Chunki respublikamiz
soliq qonunchiligiga muvofiq bugungi kunda mamlakatimiz iqtisodiyotida muhim
bo’lgan sohalar alohida tartib bo’yicha soliqqa tortilib kelinmoqda.
Shuningdek, mamlakatimiz soliq tizimining muhim xususiyatlari sifatida soliq
to’lovchilarga nisbatan ko’zda tutilgan imtiyozlarni ham qayd etish mumkin.
Jumladan eksport faoliyatini rag’batlantirishga, xorijiy investitsiyalar kirib kelishini
65
rag’batlantirishga qaratilgan, aholining ijtimoiy shart-sharoitini hisobga olgan holdagi
imtiyozlarni ularning ifodasi sifatida keltirib o’tish mumkin.
Iqtisodiy adabiyotlarda soliq siyosatining asosiy yo’nalishlari sifatida ikki
yo’nalish korxona va tashkilotlarga nisbatan soliq siyosati va aholining turli ijtimoiy
guruhlari uchun soliq siyosati kabi yo’nalishlarga bo’lib o’rganiladi.1 
Respublikamiz mustaqilligining dastlabki yillarida davlat soliq siyosatining
asosiy yo’nalishi bozor munosabatlarini qaror toptirishga qaratilgan qator ilmiy
asoslangan soliqlarni joriy etish va shu orqali mavjud soliq tizimini tubdan qaytadan
tashkil etishdan iborat bo’ldi. Soliq siyosatining keyingi yo’nalishi esa joriy etilgan
soliqlarni samarali amal qilishini ta’minlash maqsadida soliq munosabatlarini amalga
oshiruvchi tegishli muassasalarning tashkil etishga qaratildi. Xususan, dastlab
Vazirlar Mahkamasi qoshida Soliq bosh boshqarmasi tashkil etilgan bo’lsa, 1994
yilga kelib bu boshqarma Davlat Soliq Qo’mitasiga aylantirildi va uning hududiy
bo’linmalari tashkil etildi. Bundan ko’rinadiki, bozor iqtisodiyotiga o’tishning
birinchi bosqichida soliq siyosatida asosan tashkiliy jihatlarga e’tibor qaratildi, ya’ni
soliqlarni joriy etish va soliq siyosatini bevosita amalga oshiruvchi tegishli
muassasalar shakllantirildi. 
Bu davrdagi soliq siyosatining asosiy xususiyatlaridan biri soliqlarning ko’proq
fiskal ahamiyat kasb etishida, ya’ni ko’proq e’tibor davlat byudjeti daromadlarini
shakllantirishga qaratildi. 
Jahon soliq siyosati tajribasida soliqqa tortishning quyidagi yo’nalishlariga
katta e’tibor beriladi
1) har xil mulk shakllariga moslangan korxona va tashkilotlarning xo’jalik
yuritishiga mumkin qadar iqtisodiy sharoit yaratish, ularni bozor munosabatlariga
kirib borishiga har tomonlama yordamlashish;
2) ijtimoiy-zaruriy umumdavlat vazifalarini bajarish uchun davlatni kerak
bo’lgan moliyaviy manbalar bilan ta’minlash;
3) bozor iqtisodiyoti sharoitida yangi ijtimoiy-iqtisodiy omillarni tashkil
qilishda qatnashish, ishsizlarni ish bilan ta’minlash, iqtisodiy nochorlarga yordam
berish;
4) aholi turmush darajasini zaruriy me’yorda saqlab turish imkonini izlash va
ta’minlash, soliqqa tortilmaydigan daromad minimumini vaqti-vaqti bilan oshirib
borish. Bunda «iste’mol savatchasi» ma’lumotlarini e’tiborga olish.2
Bugungi kunda respublikamiz soliq siyosatining muhim yo’nalishlari sifatida
yuridik va jismoniy shaxslar daromadlarini soliqqa tortishni takomillashtirish,
bilvosita soliqqa tortish samaradorligini ta’minlash, resurs soliqlariga ko’proq e’tibor
qaratish, soliq tizimining soddaligiga erishish, davlat xarajatlarini optimallashtirish
kabilarni qayd etish mumkin.
Respublikamizda soliq tizimini takomillashtirish jarayonida xo’jalik yurituvchi
sub’ektlarga nisbatan soliq yukini izchil kamaytirishga alohida e’tibor qaratish
lozimligi ko’p bora ta’kidlanmoqda. Bunda birinchi navbatda ularning
1 Yahyoev Q. «Soliqqa tortish nazariyasi va amaliyoti». T. «G’afur G’ulom» 2000. y. 26 bet. 
2 Yahyoev Q. «Soliqqa tortish nazariyasi va amaliyoti». T. «G’afur G’ulom» 2000. y. 25 bet. 
66
daromadlaridan undiriladigan bevosita soliqlarning salmog’ini kamaytirish lozimligi
alohida ahamiyatga ega. Buning natijasida korxonalar ixtiyorida qoladigan 
mablag’lar ulushining ko’payishi evaziga uning aylanma mablag’lari miqdorini
ko’paytirib borish va optimal darajasini saqlash, ishlab chiqarishni
zamonaviylashtirish, uning samaradorligini oshirish maqsadida ko’proq investitsiya
kiritish, xodimlar mehnatini yanada rag’batlantirish imkonini beradi. 
Jismoniy shaxslar daromadlarini soliqqa tortilishini takomillashtirish bo’yicha
ustuvor yo’nalish sifatida belgilangan soliq stavkalarini kamaytirish va aholi
daromadlarini soliqqa tortishning uch bosqichli tizimidan ikki bosqichli tizimiga asta
sekin o’tish kontseptsiyasini davom ettirish vazifasi turibdi.
Bevosita soliqlar bo’yicha soliq yukini izchil kamaytirish soliq siyosatining
samaradorligini YaIM ga nisbatan ular tushumining barqaror kamayishi tendentsiyasi
ham isbotlaydi. Soliq tizimini takomillashtirishda ustuvor ahamiyat bilvosita soliqqa
tortishga qaratilgan. Bilvosita soliqlar tovarlarga nisbatan qo’shimcha bo’lgani holda,
pirovard natijada ishlab chiqaruvchining moliyaviy holatiga to’g’ridan-to’g’ri ta’sir
ko’rsatmaydi hamda ishlab chiqarishni rivojlantirishga to’sqinlik qilmaydi.
Resurs soliqlari er, suv va boshqa tabiiy boyliklardan samarali foydalanishni
ta’minlovchi amaliy vosita bo’lgani holda bozor iqtisodiyotida tabiiy resurslardan
foydalanish va kelajak avlodlar uchun saqlash borasida muhim rol o’ynaydi.
Soliqqa tortish tizimini takomillashtirishning muhim yo’nalishlaridan biri soliq
tizimini tartibga solish, soliq turlarini kamaytirish, hisob-kitob mexanizmini
soddalashtirish va ular bo’yicha to’lov davriyligini kamaytirish hisoblanadi. 
Soliq siyosati choralarini ishlab chiqishda eng muhim vazifalardan biri davlat
xarajatlarini o’z vaqtida va mo’ljallangan hajmda moliyalanishi uchun soliq
tushumlarining etarliligi hisoblanadi. Bu esa, o’z navbatida, soliq yukini kamaytirish
borasidagi siyosatni byudjetning xarajatlar qismini optimallashtirish choralari bilan
qo’shib olib borilishini taqozo etadi.1 
Yüklə 27,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin