361
yuridik shaxslar. Yagona er solig‘ini to‘lash tatbiq etiladigan soliq
to‘ lovchilarda soliq solishning boshqacha tartibini tanlash huquqi
mavjud emas.
O‘rmon va ovchilik xo‘jaliklari, yuridik
shaxs tashkil etgan va
tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo‘jaliklari yagona yer so-
lig‘ini to‘lovchilar sifatida qaralmaydi.
Soliq to‘lovchi har yili joriy soliq davrining 1-fevraliga qadar
dav lat soliq xizmati organlariga o‘tgan soliq davrida qishloq xo‘-
jaligi mahsulotini yetishtirish va qayta ishlashning umumiy hajmida
qishloq xo‘jaligi mahsulotining o‘zi yetishtirgan va qayta ishlagan
ulushi ko‘rsatilgan ma’lumotnomani taqdim etadi. Taqdim qilingan
ma’lumotlar asosida soliq to‘lovchilarga yagona yer solig‘ini to‘-
lash tartibini qo‘llash uchun ruxsat beriladi.
Umumbelgilangan soliqlarni yoki yagona soliq to‘lovini to‘-
lashga o‘tgan yagona yer solig‘ini to‘lovchi
faqat navbatdagi soliq
davri boshidan boshlab yana yagona yer solig‘ini to‘lash huquqiga
ega bo‘ldilar.
Soliq to‘lovchilar bir vaqtda qishloq xo‘jaligi mahsulotini etish-
tirish va qayta ishlash bilan bog‘liq bo‘lmagan faoliyat turlari bi lan
shug‘ullansa, yagona yer solig‘i to‘lovchilar faoliyat turlari bo‘-
yicha alohida-alohida hisob yuritishi talab qilinadi.
Yer uchastkalari ijaraga berilganida yagona yer solig‘i ijaraga
be ruvchi tomonidan to‘lanadi.
Qishloq xo‘jaligini yuritish uchun egalik qilishga,
foydalanishga
yoki ijaraga berilgan yer uchastkasi yagona yer solig‘ining soliq
solish obyekti hisoblanadi.
Egalik qilishga, foydalanishga yoki ijaraga berilgan yer uchast-
kalarining belgilangan normativ qiymati yagona yer solig‘ining so-
liq solinadigan bazasi hisoblanadi.
Egalik qilish huquqi, foydalanish huquqi yoki ijara huquqi
yil
mobaynida vujudga kelganda, yer uchastkalariga bo‘lgan hu-
quq vujudga kelgan oydan keyingi oydan boshlab yagona yer so-
lig‘i hisoblab chiqariladi. Yer uchastkasi maydoni kamaytirilgan
362
taqdirda, yagona yer solig‘ini hisoblash yer uchastkasi maydoni ka-
maytirilgan oydan boshlab to‘xtatiladi.
O‘zbekiston Respublikasi soliq kodeksining 367-moddasida
yagona er solig‘ini to‘lashda taqdim qilingan imtiyozlar bayon
qilingan. Ularga quyidagilar kiradi:
– yangi tashkil etilgan qishloq xo‘jaligi tovarlari ishlab chi-
qaruvchilar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan
oydan boshlab ikki yil
muddatga;
– ixtiyoriy tugatilayotgan tadbirkorlik subyektlari - yuridik
shaxslar davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ ixtiyoriy tugatish
to‘g‘ risida qabul qilingan qaror haqida xabardor qilingan kundan
e’ti boran.
Yagona er solig‘i summasi er uchastkalarining normativ qiymati
va yagona er solig‘ining belgilangan stavkasi asosida hisoblab
chiqariladi. Soliq hisob-kitoblari davlat soliq
xizmati organiga joriy
soliq davrining 1-mayigacha taqdim etiladi.
Yer uchastkasining tarkibi va maydoni yil davomida o‘zgargan,
shuningdek yagona yer solig‘i bo‘yicha imtiyozlarga bo‘lgan huquq
vujudga kelgan holatlarda, hisobot yilining 1-dekabrigacha yagona
yer solig‘ining aniqlik kiritilgan hisob-kitobini taqdim etishlari
shart.
Yagona yer solig‘ini summasi uch qisimga bo‘lib to‘lanadi. Xu-
susan, yagona yer solig‘ining to‘lash muddatlari qo‘yidagicha:
– hisobot yilining 1-iyuligacha - yillik soliq summasining 20
foizi;
– hisobot yilining 1-sentabrigacha - yillik soliq summasining
30 foizi;
– hisobot yilining 1-dekabrigacha - soliqning qolgan summasi.
Yagona yer solig‘i tushumlarini prognoz qilishda tushumga ta’sir
qiluvchi omillar iqtisodiy jihatdan tahlil qilinadi. Tahlil
jarayoni
uchun oldingi hisobot yillariga aloqador bo‘lgan ma’lumotlar yig‘i-
ladi. Ma’lumotlar manba bo‘lib, yagona yer solig‘i to‘lovchilari
to moni soliq idoralariga taqdim qilinuvchi moliyaviy va soliq
363
hisobotlari hisoblanadi. Shunday hisobotlardan biri 11–11-jadvalda
keltirilgan.
11–11-jadval
Dostları ilə paylaş: