183
6–15-jadval
Foyda solig‘i stavkalari
Yillar
Stavka miqdori
(foizda)
2000-yil
31
2001-yil
26
2002-yil
24
2003-yil
20
2004-yil
18
2005-yil
15
2006-yil
12
2007-yil
10
2008-yil
10
2009-yil
10
2013-yil
9
2014-yil
8
Iqtisodiy islohotlarning birinchi
bosqichida korxonalar uchun
belgilangan soliqlarning yuqori stavkalari ijobiy natijalar bermadi,
ishlab chiqarishni rivojlantirish va uni texnik jihatdan qayta qurol-
lantirish uchun yetarli mablag‘larni yo‘naltirish imkonini bermadi.
Respublika hukumati buni hisobga
olgan holda foyda so
lig‘i
stavkasini bosqichma – bosqich pasaytirish maqsadli siyosatini
yuritib kelmoqda.
Yuridik shaxslardan olinuvchi foyda solig‘i stavkasi oxirgi 13
yil mobaynida qariyb 22 foizga kamayganini kuzatishimiz mumkin.
2000-yilda foyda solig‘ining stavkasi 31% ni tashkil qilgan bo‘lsa,
2013-yilda ushbu soliq stavkasi 9 %ni tashkil qildi. Bu esa yuridik
184
shaxslardan olinuvchi foyda solig‘ining soliq to‘lovchilar
zimmasiga
to‘g‘ri keluvchi soliq yukini kamayishiga olib keldi. Foyda solig‘i
stavkasining yildan yilga kamayishi soliq tushumlarining prognoz
ko‘rsatkichlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri salbiy ta’sir qilishi mumkin.
Ammo foyda solig‘i bo‘yicha soliq stavkasining kamayishi soliq
to‘ lovchining moliyaviy xo‘jalik faoliyatini
rivojlanishiga ijobiy
ta’ sir ko‘rsatib, uzoq muddatli jarayonda foyda solig‘i tushumlarini
oshishiga olib keladi.
O‘zbekiston Respublikasi norezidentining doimiy muassasa bi-
lan bog‘liq bo‘lmagan va to‘lov manbayida
soliq solinadigan daro-
madlariga alohida soliq stavkalari belgilangan. Masalan:
– dividendlar va foizlarga - 10 foiz;
– sug‘urta qilish, birgalikda sug‘urta qilish va qayta sug‘urta
qilish shartnomalari bo‘yicha sug‘urta mukofotlariga - 10 foiz;
– xalqaro aloqa uchun telekommunikatsiyalar, xalqaro tashish-
larga (fraxtdan olinadigan daromadlarga) - 6 foiz.
Dostları ilə paylaş: