221
aniqlashimiz zarur. Soliq solish bazasi, realizatsiya qilinayotgan
tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning)
qiymati asosida, unga
qo‘shilgan qiymat solig‘ini kiritmagan holda belgilanadi.
Tovarlar (ishlar, xizmatlar) tannarxidan yoki tovarlar olingan
narxdan (tovarni olish bilan bog‘liq xarajatlar hisobga olingan holda)
past narxlarda realizatsiya qilingan taqdirda, soliq to‘lovchiga o‘z
ehtiyojlari uchun ushbu tovarlar berilganda (ishlar bajarilganda,
xizmatlar ko‘rsatilganda), shuningdek tovarlar (ishlar, xizmatlar)
bepul berilganda soliq solish maqsadlari uchun soliq solinadigan
baza tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning)
tannarxidan yoki
tovarlar olingan narxdan (tovarni olish bilan bog‘liq xarajatlar
hisobga olingan holda) kelib chiqib belgilanadi.
Qayta ishlashga berilgan xomashyo va materiallardan tay yor-
langan mahsulotlar realizatsiyasida, soliq solinadigan baza qo‘-
shilgan qiymat solig‘ini kiritmagan holda ularni qayta ishlash xiz-
matlarining qiymati asosida, hisoblab chiqarilgan aksiz solig‘ini
hisobga olgan holda(aksiz solig‘i to‘langanda) belgilanadi.
Qurilish, qurilish-montaj va ta’mirlash ishlari bo‘yicha qo‘ shil-
gan qiymat solig‘i bazasi shartnomaviy
narxlardan va haqiqatda
bajarilgan ish qiymatidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Bun da,
soliq solish bazasini aniqlashda qo‘shilgan qiymat solig‘i sum-
masini kiritmaydi. Agar materiallar bilan ta’minlash majburiyati
bu yurtmachining zimmasida bo‘lsa, buyurtmachi materiallarining
qiymati kiritilmagan holdagi qo‘shilgan qiymat solig‘i bazasi aniq-
lanadi.
Import qilingan tovarlar realizatsiya qilinganda,
soliq solina-
digan baza realizatsiya qilinayotgan tovarlarning qo‘shilgan qiymat
solig‘isiz, aksiz solig‘ining summasi kiritilgan holda belgilanadi.
Bunda soliq solinadigan baza mazkur tovar import qilinganda hi-
soblangan qo‘shilgan qiymat solig‘i bazasi qiymatdan past bo‘lishi
mumkin emas.
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar realizatsiya qilinganda
qo‘shilgan qiymat solig‘i bazasi ularning realizatsiya qilish narxi
222
bilan qoldiq qiymati o‘rtasidagi ijobiy farq sifatida belgilanadi.
Qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi realizatsiya
qilish narxi bilan
qoldiq qiymati o‘rtasidagi ijobiy farq ichida hisoblanadi.
Moliyaviy ijaraga, shu jumladan lizingga berilgan mol-mulklarni
realizatsiyasida qo‘shilgan qiymat solig‘ining soliq solinadigan
bazasi ularning chiqib ketayotgan aktiv qiymati bilan balans (qoldiq)
qiymati o‘rtasidagi ijobiy farq sifatida belgilanadi. Qo‘shilgan
qiymat solig‘i realizatsiya summasining ichida hisoblanadi.
Qurilishi tugallanmagan obyekt realizatsiyasi uchun qo‘shilgan
qiymat solig‘i bazasi - obyektni realizatsiya qilish narxi bilan balans
qiymati o‘rtasidagi ijobiy farq sifatida belgilanadi.
Tovarlarni import qilishda soliq solinadigan baza o‘z ichiga
tovarlarning
bojxona qiymati, shuningdek tovarlarni import qi-
lishda to‘lanishi lozim bo‘lgan aksiz solig‘ini, bojxona bojlarining
sum malarini oladi.
O‘zbekiston Respublikasi norezidenti tomonidan respublika
hududida bajarilgan ishlari, ko‘rsatilgan
xizmatlarining realizatsiya
qiymati soliq solinadigan oboroti deb e’tirof etiladi.
Qo‘shilgan qiymat solig‘i tushumlarini prognoz qilishda soliq
solinadigan oborot va import hajmini tavsi
fl
ovchi ma’lumotlar soliq
to‘lovchilar tomonidan taqdim qilinuvchi hisobotlardan yig‘iladi.
Davlat soliq idoralarida bunday ma’lumotlar doimiy yig‘ilib, tahlil
qilinib boriladi.
Oldingi yillarda erishilgan natijalarning o‘zgarish
tendensiyasini
o‘rganib qo‘shilgan qiymat solig‘i tushumi prognozlashtiriladi.
Bunday prognozlash ikki usulda amalga oshirilishi mumkin.
Birinchi usulga asosan, soliq bazasiga ta’sir qiluvchi barcha
omillarning oldingi yillardagi tendensiyasi o‘rganiladi va o‘rganish
natijasida qo‘shilgan qiymat solig‘ining kutilayotgan tushumi prog-
nozlashtiriladi.
Ikkinchi usul bevosita qo‘shilgan qiymat solig‘i tushumini oldin-
gi yillardagi o‘zgarish tendensiyasiga asoslanadi.
Prognozlashning
ik ki usulida ham ekstropolyatsiya metodlaridan foydalaniladi. Hi-
223
sob-kitob natijalariga kutilayotgan makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar,
e’tiborga molik bo‘lgan omillarni o‘zida mujassamlashtiriluvchi
koef
fi
tsiyentlarni ko‘paytirib, prognoz ko‘rsatkichlarni tartibga so-
lish mumkin.
7–12-jadval
Dostları ilə paylaş: