Soliqlar va soliqqa tortish fanidan oquvuslubiy majmua
Yakka tartibdagi tadbirkorlarning soliq bazasini aniqlashning o‘ziga xos xususiyatlari Yakka tartibdagi tadbirkorlarning soliq bazasi bo‘lib Soliq Kodeks 463-moddasiga muvofiq hisoblab chiqilgan, uning tadbirkorlik faoliyati doirasida olingan jami daromadi hisoblanadi.
Jismoniy shaxs o‘z tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq bitimlarni tuzishda o‘zining yakka tartibdagi tadbirkor sifatida faoliyat ko‘rsatayotganligini, agar bu bitimlarni tuzish holatining o‘zidan yaqqol kelib chiqmasa, ko‘rsatishi shart.
Soliq solishda yakka tartibdagi tadbirkorning jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i solinadigan, uning tadbirkorlikni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lmagan shaxsiy (oilaviy) mol-mulkini sotishdan olingan daromadlari hisobga olinmaydi.
Daromadlarga tuzatish kiritish
Hisobot soliq davrida soliq bazasini ko‘paytirish yoki kamaytirish daromadlarga tuzatish kiritish deb e’tirof etiladi.
Daromadlarga quyidagi hollarda tuzatish kiritiladi:
1) tovarlar to‘liq yoki qisman qaytarilganda;
2) bitim shartlari o‘zgarganda;
3) narxlar o‘zgarganda, sotib oluvchi siylovlardan foydalanganda;
4) ko‘rsatilgan xizmatlardan voz kechilganda.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan daromadlarga tuzatish kiritish bir yillik muddat doirasida, kafolat muddati belgilangan tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha esa kafolat muddati doirasida amalga oshiriladi.
Ushbu moddaga muvofiq daromadlarga tuzatish kiritish ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan hollar yuz berganligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida amalga oshiriladi. Bunda tovarni (xizmatlarni) sotuvchi tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadga tuzatish kiritishni ushbu Kodeksning 257-moddasida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiradi.
Daromadlarga ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollarda tuzatish kiritish ko‘rsatilgan hollar yuz bergan soliq davrida amalga oshiriladi.
Daromadlarga tuzatish kiritish soliq to‘lovchi umumbelgilangan soliq solish tartibidan aylanmadan olinadigan soliqni to‘lashga o‘tgan hollarda ham amalga oshiriladi, bundan tuzatish kiritiladigan daromadlar bo‘yicha imtiyozlarni qo‘llash hollari mustasno.
Yakka tartibdagi tadbirkor - tadbirkorlik faoliyatini yuridik shaxs tashkil etmagan holda, mustaqil ravishda, o’ziga mulk huquqi asosida tegishli bo’lgan mol-mulk negizida, shuningdek mol-mulkka egalik qilish va (yoki) undan foydalanishga yo’l qo’yadigan o’zga ashyoviy huquq asosida amalga oshiruvchi jismoniy shaxsdir.
Yakka tartibdagi tadbirkor O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda xodimlarni yollashga haqli.
2019 yildan yakka tartibdagi tadbirkorlarning tovar aylanmasi (yalpi tushumi):
- 100 mln.so’mgacha bo’lganda qat’iy belgilangan soliqni;
- 100 mln.so’mdan 1 mlrd.so’mgacha bo’lganda yakka tartibdagi tadbirkorlik maqomini saqlab qolgan holda yagona soliq to’lovini;
- 1 mlrd.so’mdan oshganda yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatini to’xtatib, yuridik shaxs sifatida qayta ro’yxatdan o’tgan holda umumbelgilangan soliqlarni to’lashlari nazarda tutilmoqda.
2019 yildan boshlab, 100 mln.so’mgacha tovar aylanmasini amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun amaldagi qat’iy soliq stavkasi kamaytirilgan holda qat’iy summalarda qat’iy belgilangan soliq joriy etilmoqda.
2019 yildan boshlab yakka tartibdagi tadbirkorlarni soliqqa tortish ma’muriyatchiligi to’g’risida.
Qat’iy belgilangan soliq solinadigan faoliyat turlarining ro’yxati, shuningdek faoliyatning mazkur turlarini tavsiflovchi fizik ko’rsatkichlar qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Yakka tartibdagi tadbirkorlar yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish doirasida qat’iy belgilangan soliq to‘lash bilan bir qatorda quyidagilarni to‘laydilar:
1) bojxona to‘lovlari;
2) yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to‘lovlar;
3) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq – suv resurslaridan tadbirkorlik faoliyati uchun foydalanilganda;
4) aksiz solig‘i – aksiz to‘lanadigan mahsulot ishlab chiqarilganda;
5) yagona ijtimoiy to’lov (2019 yil 1 yanvardan boshlab, byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari o’rniga);
6) davlat boji;