Soliqlar va soliqqa tortish


Soliqlar va soliqqa tortish fanining predmeti va funksiyalari



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə2/251
tarix16.02.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#84509
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   251
Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi “soliqlar va soliqqa tort

2. Soliqlar va soliqqa tortish fanining predmeti va funksiyalari. Har qanday fan o‘zining predmetiga, ya‘ni izlanish ob‘ektiga ega bo‘ladi. Masalan, texnologiya fanining predmeti bo‘lib kimyoviy moddalarning tarkibini o‘rganish hisoblansa, mashinasozlik fani uchun mashinalar mexanizmini xarakteristikasi bo‘lsa, soliqlar va soliqqa tortish fanining predmeti soliq munosabatlarini (harakatini), soliqlar mexanizmini har tomonlama o‘rganishdan iboratdir.
Fanning predmeti soliq voqe’liklari pul munosabatlarini o‘rganishdan iborat bo‘ladi. Bu pul munosabatlari soliq to‘lovchilar (yuridik va jismoniy shaxslar) bilan soliqni o‘z mulkiga aylantiruvchi (soliq oluvchi) davlat o‘rtasidagi munosabatlardir. Fanning mohiyati shu o‘rtadagi munosabatni chuqur o‘rganish, ularni to‘g‘ri tashkil qilishni ta‘minlashdir. To‘g‘ri tashkil etish deganda soliq munosabatida qatnashuvchi tomonlarning iqtisodiy manfaatini e’tiborga olish, muvozanatni saqlash kabi munosabatlarni tashkil qilish tushuniladi. Bu muvozanatni saqlashda tomonlar adolatlik va insoflik tamoyiliga amal qilishi zarur. Tushunarliroq qilib aytsak, budjetga soliqlarni olishda soliq to‘lovchilar bo‘yniga ortiqcha og‘irlik osmaslik, ularni o‘z ishlab chiqarishidan manfaatdorligini so‘ndirib qo‘ymaslik, ularning dasturlari va rejalarini tez - tez o‘zgartirishga olib bormaslik va hokazolarga e’tibor berish ko‘zda tutiladi. Bu yerda tomonlarning do‘stona munosabatda bo‘lishi, bozor iqtisodiyoti talablariga mos iqtisodiy munosabatlar bo‘lishini o‘rgatadi. Fanning predmetini chuqur o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, munosabatlarda bir tomonlama zo‘ravonlik munosabati bo‘lguday bo‘lsa, ikkinchi tomon unga javoban o‘z daromadlari, boshqa soliq ob‘ektlarini har xil yo‘llar bilan yashiradi. Bunday hollarda har qanday xuquqiy hujjatlarning ham kuchi etmay qolishi mumkin. Daromadlarni, soliq ob‘ektlarini yashirish holati ham munosabatlarni buzadi. Demak, soliqlar va soliqqa tortish fanini chuqur o‘rganish orqali amaliyotda soliq tushumlari rejalarini muvaffaqiyatli bajarish vazifasiga ham erishish mumkin.
Fanning funktsiyalari soliq mutaxassisi va boshqa soliq idoralari xodimlarini nazariy jihatdan qurollantirish hamda amaliyotda adashmaslik uchun yo‘l - yo‘riqlar ko‘rsatishdan iboratdir. Shuningdek, chet el soliq amaliyotini o‘rganish va taqqoslash asosida tegishli xulosalar ishlab chiqish, ularning ish tajribalarini o‘zimizning amaliyotga moslab zarur joylarini tadbiq etishdan iboratdir. Demak, fanning asosiy funktsiyasi yuqori malakali soliq mutaxassislari tayyorlashda ularni ham nazariy, ham amaliy jihatdan uslubiy qo‘llanmalar bilan ta‘minlashdir.

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   251




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin