Masala. Yagona soliq to‘lovini to‘lovchi ishlab chiqaruvchi korxona joriy yilda quyidagi ko‘rsatkichlarga ega:
o‘zi ishlab chiqargan mahsulotlarini sotish natijasidagi tushum – 65000000 so‘m;
nolikvid materiallarni tannarxi 8500000 so‘m bo‘lganda, ularni 1530000 so‘mdan sotildi;
davlat qimmatbaho qog‘ozlaridan olingan daromad - 350000 so‘m;
musbat kurslardagi farq - 520000 so‘m;
manfiy kurslardagi farq - 450000 so‘m;
sud tomonidan ushbu korxonaga berilgan jarima – 3680000 so‘m;
da‘vo qilish muddati o‘tgan kreditor qarz – 5500000 so‘m;
tekinga mulk olingan – 2800000 so‘m.
Talab qilinadi: 1. Joriy davr uchun yagona soliq to‘lovining summasini hisoblang?
2. Korxonaning hisobot davri uchun “Moliyaviy natijalar to’g’risida”gi hisobot shaklini (2-shakl) to’ldiring.
3. Hisobot davrida korxonaning sof foydasini aniqlang?
Masala. Ishlab chiqarish faoliyati bilan shug’ullanuvchi yagona soliq to’lovi to’lovchisi bo’lgan korxona bo’yicha joriy yilda quyidagi ma’lumotlar berilgan:
tovar (ish, xizmat)lar sotishdan tushgan sof tushum – 65 000 000 so‘m;
tovar (ish, xizmat)lar tannarxi – 48 000 000 so‘m;;
davr xarajatlari – 3 500 000 so‘m;
Talab qilinadi: 1. Joriy davr uchun yagona soliq to‘lovining summasini hisoblang?
2. Korxonaning hisobot davri uchun “Moliyaviy natijalar to’g’risida”gi hisobot shaklini (2-shakl) to’ldiring.
3. Hisobot davrida korxonaning sof foydasini aniqlang?
Masala. Ulgurji savdo bilan shug‘ullanuvchi korxona shartnoma bo‘yicha kontrakt qiymati 400 000 AQSh dollari bo‘lgan shokolad qandolat mahsulotni import bo‘yicha oldi. Olingan tovarning bojxonadagi qiymati 460 000 dollar. Bojxona deklaratsiyani rasmiylashtirish vaqtidagi kursi 1 AQSh dollari 3625 so‘m. Import bojxona bojining stavkasi - 10%, bojxona xujjatlarini rasmiylashtirilgani uchun undiriladigan yig‘im - 0,2%, tovar muyyan bir mamlakatda ishlab chiqarilganligi bo‘yicha kelib chiqishiga doir sertifikat bilan tasdiqlanmagan.
Talab qilinadi: 1. Import bojxona bojining qiymati necha so‘mga teng?
2. Olingan tovar partiyasining haqiqiy tannarxini aniqlang?
3. Ulgurji savdo bilan shug‘ullanuvchi korxonada to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘i uning hisobotida qanday aks ettiriladi?
Masala. Yuridik shaxs Toshkent shahrida 500 kv metrlik avtomobillarni qisqa muddatga saqlash joyiga va 4 ta bolalar o‘ynaydigan avtomatlari mavjud bo‘lgan o‘yin avtomatlari zaliga ega. 2017 yil uchun eng kam ish haqining qiymati – 149 775 so‘m.
Talab qilinadi: 1. Avtomobil saqlash joyiga qat‘iy belgilangan soliqni va bolalar o‘yin avtomatlari bo‘yicha hisoblang?
2. Qat‘iy belgilangan soliqni avtomobil saqlash joyiga va bolalar o‘yin avtomatlari bo‘yicha hisoblang?