Soliqlar va soliqqa tortish


Jami daromadlar tarkibi, jami daromaddan chegirmalar



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə14/251
tarix16.02.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#84509
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   251
Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi “soliqlar va soliqqa tort

3. Jami daromadlar tarkibi, jami daromaddan chegirmalar. Soliq solinadigan baza esa jami daromad bilan chegirib tashlanadagan xarajatlar o‘rtasidagi farq sifatida soliq solinadigan foydaning kamaytirilishi hisobga olingan holda hisoblab chiqarilgan soliq solinadigan foydadan kelib chiqib belgilanadi (Soliq kodeksining 128-moddasi).
Yuridik shaxslarning foyda solig‘i bo‘yicha soliqni to‘liq, to‘g‘ri aniqlash (hisoblash) uchun ularning jami daromadlari tarkibiga nimalar kirishini mukammal o‘rganish zarur bo‘ladi.
Yuridik shaxslarning jami daromadi tarkibiga ular tomonidan olinishi lozim bo‘lgan (olingan) ortilgan tovar, bajarilgan ish, ko‘rsatilgan xizmat haqlari kabi pul va bepul (pulsiz) qaytarmaslik sharti bilan olingan mablag‘lar kiradi. Demak, olingan kreditlar jami daromadga kirmaydi.
Yuridik shaxslarning jami daromadlari tarkibiga quyidagilar kiradi:

  • tovardlar (ishlar, xizmatlar)ni sotishdan olinadigan daromadlar;

  • boshqa daromadlar.

Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan, shu jumladan yordamchi xizmatlar tomonidan realizatsiya qilishdan qo‘shilgan qiymat solig‘i va aksiz solig‘i chegirib tashlangan holda olingan tushum tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olinadigan daromaddir.
Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olinadigan tushum yuklab jo‘natilgan tovarlar (bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlar) qiymatidan kelib chiqqan holda tovarlarni jo‘natish, ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish hollarini tasdiqlovchi hujjatlar asosida belgilanadi.
Vositachilik faoliyatidan daromadlar oladigan yuridik shaxslar uchun tushum deyilganda ko‘rsatilgan xizmatlar uchun olinishi lozim bo‘lgan haq summasi tushuniladi.
Qurilish, qurilish-montaj, ta‘mirlash-qurilish, ishga tushirish-sozlash, loyiha-qidiruv va ilmiy ishlar (xizmatlar) bo‘yicha, shuningdek ob‘ektlarni foydalanishga tayyor qilib qurish chog‘ida shartnomaviy baholardan kelib chiqib haq to‘lash uchun hisob-kitob hujjatlari taqdim etilgan, buyurtmachilar tomonidan bajarilgan (ko‘rsatilgan) va tasdiqlangan ishlarning (xizmatlarning) qo‘shilgan qiymat solig‘i kiritilmagan qiymati daromadga qo‘shiladi.
Tovarlar (ishlar, xizmatlar) tannarxidan yoki tovarlar olingan bahosidan past baholarda (tovarni olish bilan bog‘liq xarajatlarni hisobga olgan holda) realizatsiya qilinganda, shuningdek tovarlar (ishlar, xizmatlar) bepul topshirilganda soliq solish maqsadlari uchun tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushum tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) tannarxi yoki tovarlar olingan baho asosida (tovarni olish bilan bog‘liq xarajatlarni hisobga olgan holda) aniqlanadi.
Boshqa daromadlarga tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) ishlab chiqarish va realizatsiya qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan operatsiyalardan olinadigan daromadlar kiradi. Jumladan:

  • asosiy vositalari va boshqa mol-mulki chiqib ketishidan olinadigan daromadlar;

  • mol-mulkni operativ ijaraga berishdan olinadigan daromadlar;

  • asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni moliyaviy ijaraga berishdan olinadigan daromadlar;

  • tekin olingan mol-mulk, mulkiy huquqlar, shuningdek ishlar va xizmatlar;

  • inventarizatsiya natijasida aniqlangan ortiqcha tovar-moddiy zaxiralar hamda boshqa mol-mulk qiymati tariqasidagi daromadlar;

  • hisobot yilida aniqlangan o‘tgan yillardagi daromadlar;

  • majburiyatlarni hisobdan chiqarishdan olinadigan daromadlar;

Bunga da‘vo muddati o‘tgan hisobdan chiqarilgan majburiyatlar hamda sudning yoki vakolatli davlat organining qaroriga binoan hisobdan chiqarilgan majburiyatlar kiradi.

  • talablardan o‘zganing foydasiga voz kechish shartnomasi bo‘yicha olingan daromadlar;

  • jami daromaddan ilgari chegirib tashlangan xarajatlar yoki zararlarning o‘rnini qoplash tarzida olingan daromadlar;

  • xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklardan olinadigan daromadlar;

  • undirib olingan yoki qarzdor tomonidan tan olingan jarima va penyalar;

  • valyuta hisobvaraqlari bo‘yicha kursdagi ijobiy farq;

  • dividendlar va foizlar;

  • royalti;

  • tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish Bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan operatsiyalardan olinadigan boshqa daromadlar.

Solik kodeksiga ko‘ra quyidagilar yuridik shaxs daromadi sifatida qaralmaydi:

  • ustav fondiga (ustav kapitaliga) olingan hissalar;

  • sotilayotgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun boshqa shaxslardan dastlabki haq (bo‘nak) tarzida olingan mablag‘lar (mol-mulk yoki mulkiy huquqlar);

  • budjetdan berilgan subsidiyalar;

  • agar mablag‘larni (mol-mulk yoki mulkiy huquqlarni) boshqa shaxsga o‘tkazish, ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida yuz berayotgan bo‘lsa, tekin olingan mablag‘lar (mol-mulk yoki mulkiy huquqlar), ishlar va xizmatlar;

  • olingan grantlar;

  • sug‘urta shartnomalari bo‘yicha sug‘urta tovoni (sug‘urta summasi) tariqasida olingan mablag‘lar;

  • investor va davlat mulkini boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organi o‘rtasida tuzilgan shartnomaga binoan investitsiya majburiyatlari sifatida kiritilayotgan mol-mulk;

  • va boshqa qonunchilikda nazarda tutilgan daromadlar.

Yuridik shaxslarning jami daromadlari tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan “Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom bilan aniqlanadi va qo‘yidagi ketma-ketlikdagi ko‘rsatkichlar bilan ifodalanadi:
1) mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda.

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   251




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin