MAVZU BO’YICHA MASALALAR Masala. Barcha umumdavlat va mahalliy soliqlarni to‘lovchi yuridik shaxsda foyda solig‘ini to‘lagunga qadar foydasi 490000 so‘mni tashkil etadi. Korxona hech qanday imtiyozlarga ega emas; bazaga q‘ayta qoshiluvchi xarajatlar yo‘q.
Talab qilinadi: 1. 2017 yil uchun obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i summasini hisoblang?
2. Korxonaning hisobot davri uchun “Moliyaviy natijalar to’g’risida”gi hisobot shaklini (2-shakl) to’ldiring.
Masala. Korxonaning hisobot davrida foyda solig’i to’langunga qadar foydasi (2-shakl 240-satr) – 5080000 so’mga teng, foyda solig’i summasi (2-shakl 250-satr) – 3000000 so’m.
Talab qilinadi: 1. Korxona hisobot davrida qancha obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i to’laydi?
2. Korxonaning hisobot davri uchun “Moliyaviy natijalar to’g’risida”gi hisobot shaklini (2-shakl) to’ldiring.
Masala. Hisobot davrida bolalar bog’chasini tutib turish xarajatlari 1000000 so’mni tashkil etadi. Foyda solig’i to’langunga qadar foyda (2-shakl 240-satr) – 5000000 so’mdan iborat. Foyda solig’i summasi (2-shakl 250-satr) – 2000000 so’m. Foyda solig’i stavkasi 8%.
Talab qilinadi: 1. Korxona hisobot davrida qancha obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i to’laydi?
2. Korxonaning hisobot davri uchun “Moliyaviy natijalar to’g’risida”gi hisobot shaklini (2-shakl) to’ldiring.
Masala. Hisobot davrida sog’liqni saqlash muasasasini tutib turish xarajatlari 1500000 so’mni tashkil etadi. 2-shakl bo’yicha 240-satr soliq solinadigan foyda 40000000 ming so’mdan iborat. Foyda solig’i summasi 2-shakl bo’yicha 250-satr -14000000 so’m. Foyda solig’i stavkasi – 35 foiz.