NAZORAT SAVOLLARI Transport vositalari uchun benzin, dizel yonilg‘isi va gaz iste’moliga soliqni budjetga bevosita to‘lovchilar kimlar?
Soliq solish ob‘ekti va bazasi qanday aniqlanadi?
Benzin, dizel yonilg‘isi va gazni sotish deganda nima tushuniladi?
Transport vositalari uchun benzin, dizel yonilg‘isi va gaz iste’moliga soliq stavkalari qaysi davlat organlari tomonidan belgilanadi?
Transport vositalari uchun benzin, dizel yonilg‘isi va gaz iste’moliga soliq stavkalari qaysi mezonlar asosida belgilanadi?
Soliq summasi qaysi formula yordamida topiladi?
Soliq summasi jismoniy shaxslardan qaysi vaqtlarda undiriladi?
Soliq to‘lovchilar soliq idoralariga transport vositalari uchun benzin, dizel yonilg‘isi va gaz iste’moliga solig‘i bo‘yicha qaysi muddatda hisobot topshiradi?
Transport vositalari uchun benzin, dizel yonilg‘isi va gaz iste’moliga soliq tushumi qaysi budjetga tushadi?
Soliq to‘lovchilar tomonidan taqdim etilgan soliq hisobotlaridagi ma‘lumotlarning xaqqoniyligiga kim javobgar hisoblanadi?
MAVZU BO’YICHA MASALALAR Masala.Avtomobillarga yoqilg’i quyish shoxobchalari orqali realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi yuridik shaxs hisobot davrida 12000 letr benzin realizatsiya qildi.
Talab qilinadi: 1. Korxona hisobot davrida qancha miqdorda transport vositalariga benzin uchun soliq to’laydi?
2. Korxonaning hisobot davri uchun “Moliyaviy natijalar to’g’risida”gi hisobot shaklini (2-shakl) to’ldiring.
Masala.Avtomobillarga yoqilg’i quyish shoxobchalari orqali realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi yuridik shaxs hisobot davrida 9800 letr dizel yoqilg’isi realizatsiya qildi.
Talab qilinadi: 1. Korxona hisobot davrida qancha miqdorda transport vositalariga dizel yoqilg’isi uchun soliq to’laydi?
2. Korxonaning hisobot davri uchun “Moliyaviy natijalar to’g’risida”gi hisobot shaklini (2-shakl) to’ldiring.
Masala.Avtomobillarga yoqilg’i quyish shoxobchalari orqali realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi yuridik shaxs hisobot davrida 11200 letr benzin va dizel yoqilg’isi realizatsiya qildi.
Talab qilinadi: 1. Korxona hisobot davrida qancha miqdorda transport vositalariga benzin va dizel yoqilg’isi uchun soliq to’laydi?
2. Korxonaning hisobot davri uchun “Moliyaviy natijalar to’g’risida”gi hisobot shaklini (2-shakl) to’ldiring.