Soliqlar va soliqqa tortish



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə30/251
tarix16.02.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#84509
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   251
Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi “soliqlar va soliqqa tort

N



Faoliyat turi



Qat’iy belgilangan soliqning
bir oydagi stavkasi (eng kam ish haqiga karrali miqdorlarda)

Toshkent
shahri



Nukus sh.
va viloyat
bo’ysunuvidagi
shaharlar

boshqa aholi
punkt
lari

1.

Chakana savdo:










oziq-ovqat tovarlari bilan

9,0

6,0

3,0

dehqon bozorlarida qishloq xo’jaligi mahsulotlari bilan*

5,0

4,0

2,0

nooziq-ovqat tovarlari bilan

10,0

6,5

3,0

gazetalar, jurnallar va kitob mahsulotlari bilan

5,0

3,0

0,5

oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari bilan (turg’un shoxobchalardagi aralash savdo)

10,0

6,5

3,0

2.

Maishiy xizmatlar, 3-bandda ko’rsatilganlaridan tashqari

3,5

1,5

0,5

3.

Sartaroshlik xizmatlari, manikyur, pedikyur, kosmetolog xizmatlari va boshqa shunga o’xshash xizmatlar

4,0

2,0

1,0

4.

O’z mahsulotini ishlab chiqarish va sotish, shu jumladan milliy shirinliklar va non-bulka mahsulotlarini tayyorlash va sotish, shuningdek uy sharoitlarida yoki joylardagi davlat hokimiyati organlarining qarori bilan maxsus ajratilgan joylarda o’tirish joylari tashkil qilmasdan donalab sotiladigan ovqatlarning ayrim turlarini tayyorlash va sotish

2,0

1,5

1,0

5.

Boshqa faoliyat turlari

2,0

1,5

1,0

6.

Avtomobil transportida yuk tashishga oid xizmatlar:










3 tonnagacha yuk ko’tarish quvvatiga ega yuk avtomobillari uchun

2,0

8 tonnagacha yuk ko’tarish quvvatiga ega yuk avtomobillari uchun

3,0

8 tonnadan ortiq yuk ko’tarish quvvatiga ega yuk avtomobillari uchun

4,0

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 27 dekbrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2017 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan yuridik va jismoniy shaxslardan tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo‘yicha olinadigan qat‘iy belgilangan soliq stavkalari quyidagicha o‘rnatilgan.


4.5-jadval
Yuridik va jismoniy shaxslardan tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo‘yicha olinadigan qat‘iy belgilangan soliq stavkalar30

N

Faoliyat turi



To’lovchilar

Mazkur faoliyat turini xarakterlovchi fizik ko’rsatkichlar

Fizik ko’rsatkich birligiga har
oyda qat’iy belgilangan soliq
stavkasi (eng kam ish haqiga birlik
uchun karrali miqdorlarda)

Toshkent sh.



Nukus sh. va viloyat
bo’ysunuvidagi
shaharlar

boshqa aholi
punktlari



1.

Avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash 2-bandda ko’rsatilganlari bundan mustasno

Yuridik shaxslar

Egallagan maydon
(1 kv.metr)

0,1



0,06



0,04



2.

Bozorlar balansidagi avtoturargohlarda avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash

0,05

0,03

0,02

3.

Bolalar o’yin avtomatlari



Yuridik va jismoniy shaxslar

Jihozlangan o’rinlar soni (birlikda)

3,0



2,0



1,0



Taqdim etilgan qat‘iy belgilangan soliq hisob-kitobida hisobga olinmagan fizik ko‘rsatkichlar aniqlangan holatda bu hol soliqqa tortish ob‘ektini yashirish sifatida qaraladi.


Tadbirkor o‘z faoliyatini muayyan oyga (oylarga) turli sabablar (oilaviy ahvoli, kasallik, vaqtincha boshqa yerga ketish va hokazo) bilan to‘xtatgan hollarda, u faoliyatini to‘xtatishgacha davlat soliq xizmati organlariga faoliyatni vaqtincha to‘xtatishi haqida ariza taqdim etishi va davlat ro‘yxatidan o‘tganlik to‘g‘risida guvohnomasini topshirishi kerak.
Hokimiyatlar tomonidan berilgan yakka tartibdagi tadbirkorning davlat ro‘yxatidan o‘tganlik to‘g‘risida guvohnomasi topshirilgandagina faoliyat vaqtincha to‘xtatilgan deb hisoblanadi. Bunda tadbirkor davlat ro‘yxatidan o‘tganlik to‘g‘risida guvohnomasini topshirgandan keyin qat‘iy belgilangan soliqni o‘z faoliyatini amalga oshirmaydigan oyda to‘lashdan ozod etiladi.
Davlat soliq xizmati organlariga kelib tushgan ariza va davlat ro‘yxatidan o‘tganlik to‘g‘risida guvohnoma majburiy tartibda, kelib tushgan kunida kelgan xat-xabarlar daftarida ro‘yxatga olinishi kerak.
Yuridik shaxsni tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanadigan va daromadidan qat‘iy belgilangan stavkalar bo‘yicha soliq to‘laydigan jismoniy shaxslarga jami daromadni belgilash va undan tegishli chegirmalar qilish tartibi O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq tatbiq etilmaydi.
Jismoniy shaxslar tomonidan tadbirkorlik faoliyati uyushmalar, ittifoqlar va shu kabilarga birlashish, ishlarni o‘z transportida bajarishga doir fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalar tuzish yo‘li bilan amalga oshirilgan taqdirda ushbu jismoniy shaxslar qat‘iy soliqni belgilangan stavkalar bo‘yicha to‘laydilar.
Jismoniy shaxs:
- faoliyatning bir necha turi bilan shug‘ullansa, soliqni faoliyatning har bir turi uchun alohida to‘laydi;
- tadbirkorlik faoliyatini ijaraga olingan uskuna va xonada, shu jumladan ishonchnoma bo‘yicha transportda amalga oshirsa, ijaraga beruvchilar to‘g‘risida yashash joyidagi davlat soliq xizmati organiga axborot taqdim etishi kerak, unda ijaraga beruvchining familiyasi, ismi, otasining ismi, pasport ma‘lumotlari, shuningdek ijara to‘lovining summasi va ijara muddati ko‘rsatiladi. Mazkur axborot ijaraga olingan uskuna va xonada, shu jumladan ishonchnoma bo‘yicha transportda faoliyatni amalga oshirishga qadar taqdim etiladi.
Jismoniy shaxslarning mol-mulkni ijaraga berishdan olgan daromadlari, O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga binoan jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan soliqqa tortish tartibi asosida soliqqa tortiladi.
Avtotransport vositalarini shu jumladan birlashmalar, uyushmalar va boshqa xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlarga ijaraga topshiradigan jismoniy shaxslar qat‘iy belgilangan soliqni jismoniy shaxslar uchun yo‘lovchilar va yuklarni avtomobil transportida tashish bo‘yicha xizmatlarni amalga oshirishdan kelib chiqib belgilangan stavkalar bo‘yicha to‘laydilar.

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   251




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin