2. Jismoniy shaxslarning daromadlarini soliqqa tortish uslubiyatining amaldagi holati tahlili.
Jismoniy shaxslardan undiriladigan soliqlarning mohiyati ularni davlat byudjetiga undirishda namoyon bo’ladi (bu haqda batafsilroq keyingi savolimizda yoritamiz).
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini hisoblash, to’lash, imtiyozlar va boshqa tartiblar O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 364-401 moddalarida keltirilgan.
O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 364 – moddasiga asosan Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining soliq to‘lovchilari deb (bundan buyon ushbu bo‘limda soliq to‘lovchilar deb yuritiladi) quyidagilar e’tirof etiladi:
1) O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari bo‘lgan jismoniy shaxslar;
2) O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan daromad oluvchi O‘zbekiston Respublikasining norezidenti bo‘lgan jismoniy shaxslar.
Dostları ilə paylaş: |