Modellashtirish - muayyan hodisa, jarayon yoki ob’ektlar sistemasini ularning modellarini yasab o‘rganish yo‘li bilan tekshirish; yangi yaratilayotgan ob’ektlar harakteristikalarini aniqlash va ularni qurish.
Kibernetika- jonli organlar ,jamiyat va mexanizmlardagi boshqarish qonunlari o‘zoro o‘xshash va umumiy bog‘lanishda ekanligini tasdiqlaydigan fandir. Bunda turli fizik tabiatga xos bo‘lgan tizimlardagi boshqarish jarayoniga umumiy nuqtai nazardan qaralib ,ular uchun boshqarishning yagona matematik nazariyasi yaratilishi mumkunligi aytiladi. Kibernetika avtomatlashtirish fanining nazariy asoslarini o‘z ichiga oladi. Kibernetika fani uch asosiy yo‘nalishni o‘z ichiga oladi.