Mexanizatsiyalash- Jarayonning ma’lum qismida (jarayonning bu qismida buyumning shakl yoki sifati bevosita o‘zgaradi) odamning qo‘l mehnati qisman yoki batamom mashina mehnati bilan almashtirishga aytiladi. Bu bosqichda insonning vazifasi mashinalarni boshqarish va ularni ishini nazorat qilib turishdan iborat bo‘ladi.
Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish- yuqori intensiv texnologik jarayonlarni ishlab chiqarish va ular asosida odamning bevosita ishtirokisiz texnologik va yordamchi jarayonlarni bajaruvchi yuqori unumli jihozlarni yaratishga qaratilgan tadbirlar kompleksiga aytiladi
Model– haqiqatdan ob’ektning shartli aks ettirilishi.
Ish o‘rni- ustaxona maydonining o‘quv ishlab chiqarish va konstruktorlik-texnologik ishlarni bajarishi uchun zarur uskunalar (verstak, stanok), asboblari va moslamalar maqsadga eng muvofiq holda joylashtirishgan qismi tushuniladi.
Loyiha- ko‘zda tutilgan ob’ektni yaratish uchun bajariladigan hisob-kitoblar va grafik ishlarni qamrab oluvchi vazifalar majmui.
Loyihalash - ko‘zda tutilgan yoki mavjudligi mumkin bo‘lgan ob’ekt, holatning timsoli - loyihasini yaratish jarayoni.