somethingshoydullo adminstrator
linkedin facebook linkedin facebook nod32
BOSH SAHIFA DASTUR WEB SAYT KITOB SAYT MUALLIFI
Darsliklar bo'limi
BIOS bo`limi(16)
Latex va Tex(13)
Delphi(109)
Internet asoslari(52)
Kompyuter grafikasi(14)
Matematik model(21)
Informatika va AT(41)
Ofis dasturlari(26)
Kriptografiya(43)
MathCad paketi(30)
BBBT bo'limi(23)
Maple paketi(5)
Html va Dhtml(51)
Elekrton darslik (22)
Mikroprotsessor(20)
Kompyuter tarmoqlari(37)
Operatsion tizim (9)
O'yinlar nazariyasi(8)
Matlab paketi(8)
AutoCad bo'limi(5)
Algoritm nazariya (13)
Php+Mysql(111)
JavaScript(51)
CSS bo`limi(77)
Flash MX(18)
Multimеdia (18)
Borland C++(44)
Shaxmat bo`limi(44)
jQuery(8)
Hisoblash usullari(4)
Fortran(5)
Maqolalar(41)
Html teglar(49)
Ma`lumotlar : 1092
Xabarlar soni: 303
Bugun: 10.12.2022
Soat: 17:23
C++ da funksiyalar bilan ishlash
Muallif: Mengliyev Sh.
Qo`shilgan sana: 2016-01-26
C++ da funksiyalar bilan ishlash
Video darslik
Dasturlash mobaynida bir xil ifodalarni, hisoblash jarayonlarini qayta – qayta hisoblashga to`g`ri keladi. Dasturlash tillarida, kompyuter hotirasini va dasturchining vaqtini tejash maqsadida, bunday takkorlanuvchi jarayonlarni dasturda ajratib yozib, unga asosiy daturdan, boshqa funksiyalardan murojaat qilish imkoniyatlari keltirilgan.
Dasturning istalgan qismidan murojaat qilib, bir necha bor ishlatish mumkin bo`lgan operatorlar guruhiga funksiya deyiladi.
C++ funksiyalar tili deyiladi. Chunki dasturda kamida bitta main funksiyasi bo'ladi. Asosiy dastur, asosiy funksiya deganda aynan manashu main funksiyasini tushunamiz.
Asosiy dasturdan (yoki chaqiruvchi funksiyadan) xech qanday parameter qabul qilib olmaydigan funksiyalarga, parametrsiz funksiyalar deyiladi.
Parametrsiz funksiyaning o'zi ham 2 xil bo'lishi mumkin:
1) Asosiy dasturga (yoki chaqiruvchi funksiyaga) natijani qaytaruvchi.
2) void turidagi funksiya bo'lib, asosiy dasturdan (yoki chaqiruvchi funksiyadan) xech qanday parametr qabul qilib olmaydi xam, asosiy dasturga xech qanday natija qaytarmaydi ham. Parametrsiz funksiyaga murojaat qilishda dastur tanasida funksiya nomi yoziladi. Dasturda funksiya nomi operatorlar kabi ishlatiladi.
Parametrsiz funksiyada asosiy dasturning barcha global o`zgaruvchilaridan foydalanish mumkin.
Global o`zgaruvchilar
Ham asosiy dasturda, ham funksiyada ishlatish mumkin bo'lgan o`zgaruvchilar global o'zgaruvchilar deyiladi. Global o'zgaruvchilar asosiy dasturda e`lon qilishi kerak.
Lokal o`zgaruvchilar
Faqat funksiyada ishlatish mumkin bo'lgan o'zgaruvchilarga local o'zgaruvchilar deyiladi. Ular funksiyada e`lon qilinadi. Funksiyada yana bir nechta ichki funksiyalardan foydalanish mumkin.
Blok ichida e'lon qilingan o'zgaruvchilar, shu blok uchun lokal o'zgaruvchilar hisoblanadi. Bu o'zgaruvchilardan faqat blok ichida foydalanish mumkin.
Parametrli funksiyalar
Asosiy dasturdan (funksiyadan) chaqiriluvchi funksiyaga uzatilgan parametrlarni qabul qilib qayta ishlovchi funksiyalar parametrli funksiyalar deyiladi.
Qiymat parametrlar – asosiy dasturdan funksiyaga uzatiladigan o'zgaruvchilar qiymatlarni qabul qilib oluvchi parametrlar. Funksiyaga murojaat qilinganida qiymat parametrlari uchun xotiradan joy ajratiladi. Funksiya tugaganida qiymat parametrlari uchun ajratilgan xotira bo'shatiladi.
Ko'rsatkich parametrlar - asosiy dasturdan funksiyaga uzatiladigan o'zgaruvchilarning xotiradagi adresini qabul qilib oluvchi parametrlar.
Ko'rsatkich parametrlari ustida bajarilgan har qanday o'zgarish, asosiy dasturdagi o'zgaruchilarning xotira adresida sodir bo'ladi. (Ya'ni asosiy dasturdagi o'zgaruvchi qiymati o'zgaradi)
Eslatma: Qiymat parametrlari va ko'rsatkich parametrlar toifasi, asosiy dasturdagi qiymati uzatilayotgan o`zgaruvchilar toifasi bilan bir xil bo`lishi lozim.
Funksiyadan chiqish
Ixtiyoriy funksiyadan chiqish uchun return xizmatchi so'zi ishlatiladi.
Misol 1: To'g'ri burchakli uchburchakning katetlari berilgan. (3, 4), (6, 8), (12, 5) bo'lgan xollar uchun uchburchak gipotenuzasini hisoblovchi dastur tuzilsin.
1) Parametrli funksiya
#include
#include
// funksiya prototipi
float hisobla(float , float );
int main()
{
float c;
c = hisobla(3, 4);
cout << c << endl;
c = hisobla(6, 8);
cout << c << endl;
c = hisobla(12, 5);
cout << c << endl;
system ("pause");
return 0;
}
float hisobla(float a, float b)
{
//lokal o'zgaruvchi
float natija;
natija = sqrtf(a*a + b*b);
return natija;
}
2) void toifasidagi parametrli funksiya
#include
#include
// funksiya prototipi
void hisobla(float , float );
int main()
{
hisobla(3, 4);
hisobla(6, 8);
hisobla(12, 5);
system ("pause");
return 0;
}
void hisobla(float a, float b)
{
float c;
c = sqrtf(a*a + b*b);
cout << c << endl;
}
Misol 2: Global va lokal o'zgaruvchilarga murojaatni o'rganish
#include
int x = 5; // global o'zgaruvchi
int main()
{
int x = 9; // lokal o'zgaruvchi
std::cout << "lokal x=" << x << std::endl;
std::cout << "global x=" << ::x << std::endl;
system ("pause");
return 0;
}
Misol 3: Kiritilgan n sonini 3 - darajasini hisoblovchi funksiya tuzilsin
#include
void kub (int *);
int main()
{
int n;
cout << "n="; cin >> n;
kub (&n);
cout << "n ning qiymati =" << n << endl;
system ("pause");
return 0;
}
void kub (int *nPtr)
{
*nPtr = *nPtr * *nPtr * *nPtr;
}
Misol 4: Ikkita son yig'indisini funksiya orqali hisoblovchi dastur tuzilsin
#include
// funksiya prototipi
int sum(int , int);
void sum(int , int, int *);
int sum(int *, int *);
void sum(int *, int *, int *);
int main()
{
int a, b, c;
cout << "a="; cin >> a;
cout << "b="; cin >> b;
c = sum(a, b);
cout << "1-sul natijasi=" << c << endl;
sum(a, b, &c);
cout << "2-sul natijasi=" << c << endl;
c = sum(&a, &b);
cout << "3-usul natijasi=" << c << endl;
sum(&a, &b, &c);
cout << "4-usul natijasi=" << c << endl;
system ("pause");
return 0;
}
// 1 - usul
int sum(int son1, int son2)
{
int natija;
natija = son1 + son2;
return natija;
}
// 2 - usul
void sum(int son1, int son2,int *natija)
{
*natija = son1 + son2;
}
// 3 - usul
int sum(int *son1, int *son2)
{
int natija;
natija = *son1 + *son2;
return natija;
}
// 4 - usul
void sum(int *son1, int *son2,int *natija)
{
*natija = *son1 + *son2;
}
28777 marta o`qildi.
E-mail kiriting
Obuna bo`lish
Login:
Parol:
Eslab qolish.
Ro`yhatdan o`tish
KinoMusiqaKompyuterOfisForumTanishuvUniversalMp3AfishaChatOilaOb-havoModa va go`zallikBlogYangilikAvtomobil savdoMashhurElektron do`konMavzulashganPazandalikAvtomobil savdoAvto muxlisMobil aloqaInternetTelevideniyeKulguDasture-pochtaTorrentOliy ta`limO`rta ta`limShaxmat shashkaKursMadaniyatVideoFutbolMuzeyElektron qabulKo`chmas mulkMoliyaMa`lumotRasmReklamaNashriyotTransportSalomatlikFaylDiniyTashkilotTurizmAdabiyotHokimiyatQonunchilikRaqsPoygaOtishmaYakka kurashStrategiyaQurilishRolga kirishKonchilikMashinasozlikKimyoAgrosanoatAbuturientYengil sanoatWebMasterFotoMasterInternetda pul ishlashDorixonaVeterinar
Топ рейтинг www.uz
РейтинР
Dostları ilə paylaş: |