Buxoroning so‘nggi amiri Sayyid Amir Olimxonning 1927 yilgi ma’lumotlariga ko‘ra, XX asr boshiga kelib
“Buxoro mamlakati Amudaryoning
sharqiy sohillaridan, ya’ni, Rossiya Pomiridan to Xivaning keng
davlatlarigacha cho‘zilib boradi. Buxoro shimol tarafdan
Qizilqum sahrosi bilan, g‘arb tarafdan Sirdaryo
hamda Xo‘qand
xonligi bilan, janubda esa Afg‘oniston, Sharqda turkman o‘lkasi hamda Xiva dashti bilan
chegaradosh ”
XIX asrning 50-yillarida Buxoro amirligi bir necha
viloyatlardan
tashkil topgan bo‘lib,ulardan
Buxoro va
Samarqand o‘z navbatida tumanlarga bo‘lingan edi. Viloyat hukumdorlari
hokim deb atalgan. Keyinchalik
viloyat o‘rniga
bekliklar paydo bo‘lgach ularning hukmdorlari
bek deb atalgan. Yangi ma’lumotlarga ko‘ra,
bu davrda Buxoro amirligida 44 ta beklik mavjud bo‘lgan.
Mirzo Badi Devonning “Majma’ ul-arqom” asaridagi ma’lumotlarga ko‘ra,amirlik quyidagi ma’muriy-
hududiy bo‘laklarga: 100 ming tanobdan iborat sug‘oriladigan yer
tumanga, 50 ming tanobdan iborat
sug‘oriladigan yer
hazoraga, 25ming tanob sug‘oriladigan yer
nimhazoraga, 10-15
ming tanob
sug‘oriladigan yer
obxo‘riga, 400 tanob sug‘oriladigan yer
qariyaga, 300 tanob sug‘oriladigan
yer
Dostları ilə paylaş: