Sonli onlayn mikrokredit shartnomasi


Oʼz ixtiyori bilan, oʼz mablagʼlari hisobidan, qarz oluvchini ogohlantirmasdan onlayn mikrokreditni toʼlamaslik xavfini sugʼurta qilish. 3.1.5



Yüklə 45,3 Kb.
səhifə4/7
tarix09.10.2023
ölçüsü45,3 Kb.
#153167
1   2   3   4   5   6   7
52607005830057-Loan-20230227130541217 2

3.1.4. Oʼz ixtiyori bilan, oʼz mablagʼlari hisobidan, qarz oluvchini ogohlantirmasdan onlayn mikrokreditni toʼlamaslik xavfini sugʼurta qilish.
3.1.5. Bank ushbu Shartnomaning 2.4-bandda ko'rsatilgan Qarz oluvchining roziligi asosida Bank va boshqa banklarda ochilgan barcha hisobvaraqlar va bank kartalaridan, shuningdek Bankda ochilgan har qanday Depozit hisobvarag'idan quyidagi mablag'larni avtomatik ravishda hisobdan chiqaradi:
3.1.5.1. To'lovlar jadvali bo'yicha qaytarilish kunida asosiy qarz miqdori va undagi foizlar;
3.1.5.2. Muddati o'tgan asosiy qarz uchun hisoblangan foizlar summasi, muddati o'tgan foizlar summasi, muddati o'tgan asosiy qarzlar summasi.
3.1.6. Ushbu shartnoma shartlari va qarz oluvchi tomonidan ushbu shartnoma boʼyicha majburiyatlarning bajarilishi toʼgʼrisida kredit byurosi va Kredit Аxboroti Davlat Reestriga maʼlumot berish.
3.1.7. Qarz oluvchi tomonidan taqdim etilgan ma'lumotni tekshirish yoki qo'shimcha identifikatsiyalash jarayonini (shaxsini tasdiqlash) amalga oshirish uchun UShda ko'rsatilgan aloqa kanallari orqali Qarz oluvchi bilan bog'lanish.
3.2. Bank majburiyatlari:
3.2.1. Qarz oluvchiga Bank tomonidan tasdiqlangan miqdorda onlayn mikrokredit taqdim etish;
3.2.2. toʼlovlardan xabardor qilish uchun Bosh shartlarda koʼrsatilgan aloqa kanallaridan foydalanish.
3.3. Qarz oluvchining huquqlari:
3.3.1. Bosh shartlarda koʼrsatilgan aloqa kanallari orqali qarzlar va onlayn mikrokreditni toʼlash shartlari toʼgʼrisida maʼlumot olish;
3.3.2. Istalgan onlayn mikrokredit qarzlarni muddatidan oldin to’liq yoki qisman, bank tomonidan jarimalar undirmasdan to'lash.
3.3.3. Shartnoma tuzilgandan so'ng pul mablag'larini olishdan oldingi davrda bepul tarzda mikrokredit olishdan rad etish.
3.4. Qarz oluvchining majburiyatlari:
3.4.1. Toʼlovlar jadvaliga muvofiq ushbu shartnoma va Bosh shartlarida nazarda tutilgan toʼlovlarni oʼz vaqtida amalga oshirish;
3.4.2. Bankdan ushbu Shartnoma va Bosh shartlariga muvofiq muddatidan oldin qaytarib berish talabi olingandan keyin olingan onlayn mikrokreditni qaytarish va onlayn mikrokredit va boshqa toʼlovlardan foydalanganlik uchun hisoblangan foizlarni toʼlash.
3.4.3. 3 kalendar kuni davomida masofaviy aloqa kanallari orqali va / yoki toʼgʼridan-toʼgʼri bo’limlarga yoki bank xizmat koʼrsatish markazlariga tashrif buyurish orqali, ushbu shartnoma tuzilgandan soʼng pasport va boshqa maʼlumotlarning oʼzgarishi, shu jumladan: uyali telefon raqami, ish telefoni, ro'yxatdan o'tgan manzillari, yashash joyi, ish joyi (daromad manbai), familiyasi yoki ismi va Qarz oluvchi tomonidan ushbu Shartnoma va Bosh shartlar boʼyicha oʼz majburiyatlarini bajarishiga taʼsir qilishi mumkin boʼlgan boshqa holatlarda o’zgarishlar amalga oshirilgan taqdirda Bosh shartlar doirasida va unda belgilangan tartibda Bankni xabardor qiladi.

Yüklə 45,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin