Sonli usullarga qo‘yiladigan talablar



Yüklə 13,44 Kb.
tarix17.05.2023
ölçüsü13,44 Kb.
#114996
Документ Microsoft Word


Sonli usullarga qo‘yiladigan talablar
Matematik modeldagi tenglamalarni har xil sonli usullar bilan yechish mumkin. Lekin hamma usullar ham kerakli aniqlikdagi yechimni beravermaydi. Ayniqsa masala hozirgi zamon EHMlarida yechilganda hisoblash algoritmi turli, o‘ziga xos shartlarni bajarishi kerak. Sonli usullarga qo‘yiladigan talablar ikki guruhga bo‘linadi. Birinchi guruhga sonli usullar qo‘llanishi natijasida hosil qilingan diskret(uzuq-uzuq)masalaning matematik modeldagi dastlabki masalaga mos kelish shartlari kiradi.
Sonli usullarning yaqinlashishi, diskret masalalarda saqlanish qonunlarining bajarilishi, turg‘unlik, korrektlik kabi talablar birinchi guruhga kiradi. Shulardan ayrimlarini qarab o‘tamiz.
Matematik modeldagi parametrlarning dastlabki qiymatlaridagi xatolikni bartaraf etish mumkin bo‘lmagan xatolik ekanligini yuqorida ko‘rsatgan edik. Bu xatolikni masala yechimiga ko‘rsatadigan ta’sir darajasini bilish katta ahamiyatga ega. Sonli usullarning bunday sezuvchanligini (ta’sirchanligini) turg‘unlik degan tushuncha yordamida tekshirish mumkin.
Agar quyidagi shartlar bajarilsa, masala korrekt qo‘yilgan deyiladi: 1) yechim mavjud; 2) yagona; 3) turg‘un. Ko‘rsatilgan shartlardan birortasi bajarilmasa, masala korrekt qo‘yilmagan deyiladi. Bunday masalalarga sonli usullarni qo‘llash foydasizdir, chunki bunda yetarli darajadagi shartlarni qanoatlantiruvchi sifatli yechimni olish imkoniyati yo‘qdir. Shuni ham aytish kerakki, ayrim korrekt qo‘yilmagan masalalarni yechish usullari ham yaratilgan. Bu usullar dastlabki qo‘yilgan masalani yechishga asoslangandir. Yordamchi masalada qo‘shimcha  parametr qatnashadi. Shunday yo‘l bilan dastlabki masala regulyarlashtiriladi. Agar 0 bo‘lsa, yordamchi masalaning yechimi dastlabki masalaning yechimiga intilishi kerak.
Yuqoridagiga o‘xshash sonli usullarning korrektlik tushunchasi kiritilgan. Agar masaladagi parametrlarning barcha qiymatlarida sonli yechim mavjud, yagona va turg‘un bo‘lsa, u korrekt deyiladi.
Sonli usullar bilan topilgan yechim masalaning xaqiqiy yechimiga yaqin bo‘lishi kerak. Buni sonli usullarning yaqinlashishi tushunchasi yordamida tahlil qilishimiz mumkin. Diskretlashgan masalalar misolida yaqinlashish tushunchasini quyidagicha berishimiz mumkin. Agar diskretlashtirilgan masalaning yechimi diskretlashtirish parametri nolga intilganda dastlabki uzluksiz masalaning yechimiga intilsa, sonli usul yaqinlashadi deyiladi.
Sonli usullar ichida eng ko‘p ishlatiladiganlari ayirmali usullardir. Bu usullar yordamida uzluksiz matematik modellardan diskret modellar hosil qilinadi. Buning uchun masala qaralayotgan soha diskret nuqtalar majmuasi - to‘r bilan almashtiriladi, tenglamadagi, chegaraviy va boshlang‘ich shartlardagi xossalardan chekli ayirmalarga o‘tiladi. Natijada to‘rning tugun nuqtalarida aniqlangan funksiyalarga nisbatan algebraik tenglamalar sistemasi hosil qilinadi.
Ma’lumki, matematik modellar asosida yotuvchi tenglamalar aksariyat hollarda fizika, mexanikadagi saqlanish qonunlari asosida tuziladi. Bu qonunlar matematik modeldagi tenglamalar diskret tenglamalar - chekli ayirmali sxemalar bilan almashtirilganda ham bajarilishi kerak. Bunday chekli ayirmali sxemalarga konservativ sxemalar deyiladi. Konservativ sxemalar tenglamalar yechimini fizik nuqtai nazardan to‘g‘ri olish imkoniyatini beradi. Shuning uchun chekli ayirmali sxemalarning konservativlik sharti masalalar yechishda boshqa shartlar qatori tekshirilishi kerak.
Sonli usullarga qo‘yiladigan talablarning ikkinchi guruhini diskret modelni EHMda o‘tkazish imkoniyatlari tashkil qiladi. Sonli usullar shunday algoritmlarga olib kelishi kerakki, EHMning xotira qurilmasi ular uchun yetarli bo‘lishi kerak va hisob-kitob vaqti iloji boricha kam bo‘lishi kerak.
Sonli usullarga qo‘yiladigan talablarning ikkinchi guruhini diskret modelni EHMda o‘tkazish imkoniyatlari tashkil qiladi. Sonli usullar shunday algoritmlarga olib kelishi kerakki, EHMning xotira qurilmasi ular uchun yetarli bo‘lishi kerak. Hisoblash algoritmlari yetarli samaradorlikka ega bo‘lishi kerak.
Algoritmdagi arifmetik va mantiqiy amallar soni iloji boricha kam bo‘lib, u EHMning xotira qurilmasida kam hajmni egallashi kerak
Yüklə 13,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin