Sо‘rovnoma blok a. Yoshlarning jamiyatda yuz berayotgan islohotlarga daxldorlik hissi


BLOK V: AHOLI BANDLIGI VA ULARNING MEHNATGA MUNOSABATI MASALALARI



Yüklə 97,27 Kb.
səhifə4/9
tarix16.12.2023
ölçüsü97,27 Kb.
#183059
1   2   3   4   5   6   7   8   9
СЎРОВНОМА — лотинчаси

BLOK V: AHOLI BANDLIGI VA ULARNING MEHNATGA MUNOSABATI MASALALARI:
12. Nima deb о‘ylaysiz, aholining qaysi qatlamlari orasida ishsizlik kо‘p uchramoqda? (3 tagacha javobni belgilashingiz mumkin)

        1. Asosan yosh va о‘rta yosh ayollar о‘rtasida

        2. Asosan о‘rta yoshdan yuqori va katta yoshdagi ayollar о‘rtasida

        3. Asosan yosh yigitlar о‘rtasida ishsizlik kо‘p

        4. Asosan о‘rta yosh va undan kattaroq bо‘lgan erkak kishilar о‘rtasida

        5. Nogironligi bor va kasalmand bо‘lib qolgan kishilar о‘rtasida

        6. Oliy ma’lumoti bо‘lmagan aholi orasida

        7. Oliy ma’lumotli kishilar о‘rtasida

        8. Ishsizlik hamma qatlamlar orasida nochorlik va noilojlikdan kо‘payib ketdi

        9. Boshqasi (yozing) ________________________________________________________

13. Sizningcha odamlarning ishsiz bо‘lib qolishlariga nimalar sabab bо‘lishi mumkin? (3 tagacha javobni belgilashingiz mumkin)

              1. Bilim, kasb yо‘qligi

              2. Aholi soni oshib bormoqda, ammo ish joylari kam tashkil etilmoqda

              3. Tashkilot va korxonalarda berilgan oylik-maosh miqdori qanoatlantirmaydi

              4. Shahar transportining ishlashi yomonlashib ketdi, uzoqroq manzilga yetib borish imkoni yо‘q

              5. Sо‘nggi yillarda kо‘pchilik oilalar xonadonlarida xotin-qizlarning ishlashi shart emas, deb hisoblay boshladilar

              6. Aholi orasida sо‘nggi yillarda boqimandalik kayfiyati kuchayib ketdi

              7. Boshqasi (yozing) _____________________________________________________________

14. Ayrim kishilarda “boqimandalik kayfiyati” shakllanib qolishiga nimalar sabab bо‘lishi mumkin, deb о‘ylaysiz? (3 tagacha javobni belgilashingiz mumkin)

  1. Davlat tomonidan beriladigan turli nafaqa va yordam pullariga suyanib yashashga о‘rganib qolish

  2. Mahalla tomonidan doimiy moddiy kо‘mak kо‘rsatish, ammo ish joyi yaratib berilmasligi

  3. Hamon eskicha kayfiyatdagi fikrlash, davlat men uchun majbur degan g‘oya bilan yashash

  4. Ayyorlik va orsizlikning ortib borishi, о‘zidan “bechora inson” obrazini yaratish

  5. Masjid va amru-ma’ruflarda doimiy ravishda kambag‘al va bechoralarga hayr-sadaqa qilish, kо‘mak berish tо‘g‘risida shakllangan qarashlarga ustalik bilan moslashib olish

  6. Faqat ota-onasining nafaqasiga kun kechirishga о‘rganib qolish

  7. Oiladagi qaysidir nogironligi bor shaxsning nafaqasiga yashashga odatlanish

  8. Ayrim insonlarda tabiatan “parazitlik” illati mavjud bо‘ladi, davlat organlari tomonidan aholining bandligi va ishga joylashishini majburiy olib borishni qayta yо‘lga qо‘yish

  9. Sо‘nggi yillarda kо‘pchilik erkaklar о‘z turmush о‘rtog‘ining daromadi hisobiga yashashga moslashib bormoqda

  10. Sо‘nggi yillarda ota-onalar pensiya yoshiga yetib bormasdan, farzandlari hisobiga yashashga о‘rganib qoldilar

  11. Sо‘nggi yillarda xotin-qizlar, ayollar о‘rtasida biror hunar о‘rganmasdan, uyda о‘tirib qolishlik alomatlari kо‘payib ketdi

  12. Aholi orasida mehnat qilmasdan, yengil yо‘l bilan kun о‘tkazish kayfiyati shakllanib qoldi

  13. Boshqasi (yozing) _____________________________________________________________


Yüklə 97,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin