Sotilmasin!


-kun. O`z muammolaringiz orqali yangi



Yüklə 1,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/32
tarix01.01.2022
ölçüsü1,34 Mb.
#50486
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   32
[ @biznes kitob ] Life management

8-kun. O`z muammolaringiz orqali yangi 

cho`qqilarga parvoz qiling 

 

“Sening muammolaring – bu sening yo`ling” 

Geshe Potova 

 

Muammolar  –  bizning  eng  yaqin  do`stlarimiz  hisoblanadi.  Aynan 



ular orqali biz asl muammo qayerda ekanini aniqlashimiz hamda unga 

barham bera olishimiz mumkin. 

 

Muammo bu aslida nima? Muammo – bu sizga yoqmaydigan biron 



voqea yoki holat. Siz shunday bo`lishini yoqtirmaysiz va xohlamaysiz, 

hamda shu ish ro`y beradi, keyin jahlingiz chiqadi va butun dunyodan 

arazlashni boshlaysiz. 

 

Endi 



muammolarni  yechish 

masalasiga  kelsak.  Oldinlari 

muammoni qanday yechardingiz? Misol uchun, siz rahbarsiz. Sizning 

qo`l ostingizda 100ga yaqin inson ishlaydi. Sizning menejeringiz bor. 

Menejeringiz  sizga  nisbatan  norozi  kayfiyatda  yuribdi,  bu  narsa 

to`g`ridan to`g`ri qo`l ostingizdagi xizmatchilar kayfiyatiga ham ta`sir 

ko`rsatadi, bu esa mahsulot sotilmasligining asosiy omili. 

 

Sizda  yagona  yo`l  bor.  O`sha  menejerni  ishdan  olib  tashlash. 



Bunday  vaziyatda  rahbarga  boshqa  fikr  ham  kelmaydi.  Oldinlari  siz 

xuddi  shunday  ish  tutardingiz.  Ammo  muammolar  –  bu  oldingi 

hayotingizda  ekkan  karma  urug`lari  hisoblanadi.  Endi  ushbu 

muammolardan  qanday  qutulish  mumkin?  Eski  uslubni  tashlaymiz. 

Nega?  Chunki,  u  befoyda  uslub.  U  menejer  o`rniga  boshqa  norozi 

menejer keladi va o`sha kalamush poygasi davom etaveradi.  

 

Endi karma yordamida qanday qilib muammoni batamom yo`q qilib 



yuborishingiz  mumkin?  Yaxshilab  o`zingizga  va  oldingi  ekilgan 

karmalarga  e`tibor  qarating.  Yaxshilab  e`tibor  bersangiz,  kimgadur 

yomonlik qilgansiz, kimnidir norozi qilgansiz yoki o`zingiz kimdandir 



27 

 

norozi  bo`lgansiz.  Tezda  muammoni  dumidan  tuting,  so`ng 



muammoni yo`q qilib tashlang.  

 

Ya`ni, siz u menejerga yetarlicha e`tibor qaratmagansiz, unga oylik 



to`lamagansiz  yoki  shunga  o`xshash  qandaydir  voqea  ro`y  bergan. 

Tezda  ildizini  toping,  so`ng  harakatni  o`zgartiring.  Xafa  qilgan 

insoningizdan  kechirim  so`rang,  norozilikni  yig`ishtirib,  o`zingiz 

boshqalarga yordam bering. Eski halal berib turgan karma o`chirilishi 

bilan,  yangi  karma  ekiladi  va  ish  bir  tekisda  ketaveradi.  Menejerni 

oyligini  oshirdingiz,  uning  kayfiyati  yaxshi,  butun  xizmatchilar 

kayfiyati  zo`r,  mahsulotlar  bir deganda  sotilib ketilmoqda. Muammo 

yo`q qilindi, siz ham xursandsiz. 

 

Muammoga  biz beradigan reaksiya bizning avtomatik holatimizga 



aylanib  qolgan,  endilikda  esa  hammasini  o`zgartirishimizga  to`g`ri 

keladi. Muammoni izlab toping, yomon karmani kesib tashlab, o`rniga 

yaxshi karma urug`larini eking va bir umr rohatda yashang.  

 


Yüklə 1,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin