Sharqda o‘rta asr mutafakkirlardan birinchi bo’lib jamiyatning kelib chiqishi va jamiyatning kelib chiqishi va davlatni boshqarishning asosi haqidagi bilimlar tizimini
Abu Nosir Farobiy (873-950) ishlab chiqdi.
U o‘z asarlarida bir qator ijtimoiy masalalarni yoritib berdi: 1) Ijtimoiy hayot haqidagi fan va uning vazifasi; 2) Inson jamoasining vujudga kelishi, tarkibi va turlari; 3) Shahar – davlat jamoasining hayoti va fazilati, davlatning faoliyati, vazifasi va uni boshqarish shakllari;
4) Insonning jamiyatdagi o’rni va vazifasi, insonni baxt-saodatga erishtirishning usul va yo’l-yo’riqlari.
Farobiy jamiyatning kelib chiqishi ustida mulohaza yuritar ekan, zo’ravonlik va majburlash ta’limotini inkor etib, u inson jamoasining kelib chiqishi asosida tabiiy ehtiyoj yotganligi haqidagi nazariyani olg’a suradi.
Farobiy idel (fozil) davlatni kishining sog’lom organizmiga o’xshatadi, inson tanining salomatligini saqlash, uni norma faoliyatini davom ettirish uchun uning a’zolari doimo bir-birlariga bog’liq holda o’zaro yordam berib turadi. Shu kabi davlatning norma faoliyat ko’rsatishida ham uning har bir a’zosining o’z o’rni bo’ladi.
Farobiy idel (fozil) davlatni kishining sog’lom organizmiga o’xshatadi, inson tanining salomatligini saqlash, uni norma faoliyatini davom ettirish uchun uning a’zolari doimo bir-birlariga bog’liq holda o’zaro yordam berib turadi. Shu kabi davlatning norma faoliyat ko’rsatishida ham uning har bir a’zosining o’z o’rni bo’ladi.
Farobiy davlat boshlig’i uchun zarur bo’lgan fazilatlarni ko’rsatar ekan, bu fazilatlarni bir kishida mujassamlashtirish mumkin emasligini aytib o’tadi. Shunday ekan ana shu fazilatlarni o’zida mujassam etgan kishilar davlatni boshqarishlari kerak deydi. Bu bilan Farobiy hokimiyatni taqsimlash g’oyasini ilgari suradi.
Adabiyotlar:
1. Karimov I.A. BMT sammitining ming yillik rivojlanish maqsadlariga bag’ishlangan yalpi majlisdagi nutq.-T.: O’zbekiston, 2010. 2. Karimov I.A. O’zbekiston mustaillikka erishish ostonasida.T.: O’zbekiston, 2011 386 b 3. Karimov I.A. Buyuk va muqaddassan mustaqil vatan. O’zbekiston mustaqilligining 20 yilligiga bag’ishlangan ma’ruza. T.: O’zbekiston, 2011 4. Romanenko Y.M. Bitiye i yestestvo: Ontologiya i metafizika kak tipi filosofskogo znaniy. – M., 2003. 784 s. 5. Falsafa asoslari. Nazarov Q tahriri ostida. –T.: Sharq, 2005 6. Shermuxamedova N.A. Gnoseologiy. –T.O‘FMJ. 2007