9. Sotsiologiya fanida sotsial birliklarning «kvaziguruh» termini bilan ifodalanadigan bir ko’rinishi borki, ayrim sotsiologlar ularni guruhlarning yana bir turi sifatida ifodalaydi. Bunday guruhlarga xos xususiyatlar quyidagilar:
kutilmaganda, stixiyali tarzda shakllanadi;
o’zaro aloqalar beqaror bo’ladi;
o’zaro munosabatlarda xilma-xillikning yo’qligi (ma’lumotni olish yoki uzatish, qarshi Chiqish yoki qo’llab-quvvatlash);
umumiy harakatlarning qisqa muddat davom etishi14.
Kvaziguruhlar qisqa muddat mavjud bo’ladi, keyin yoki tarqalib ketadi, yoki turg’un (barqaror) sotsial guruhga aylanadi.
Kvaziguruhlarning bir necha ko’rinishlari farqlanadi: auditoriya, olomon, sotsial doiralar.
Auditoriya – kommunikator, ya’ni axborotni etkazib beruvchi individ yoki guruh bilan o’zaro bog’langan kishilar yig’indisi. Auditoriya kommunikator bilan bevosita va bilvosita o’zaro aloqaga kirishishi mumkin. Auditoriyaning o’ziga xosligi shundaki, o’zaro ta’sir aksariyat hollarda bir tomonlama amalga oshiriladi, shuningdek, berilayotgan axborotni individlar o’z Shaxsiy xususiyatlari, madaniy me’yor va qadriyatlaridan kelib chiqib turlicha qabul qiladilar. Auditoriyaning bir qismi axborotni o’z madaniy stereotiplariga mos kelmasligiga ko’ra qabul qilmasa, boshqa bir qismi bemalol qabul qiladi. Shunga ko’ra, har qanday auditoriya alohida birliklarga ajralib ketishi ehtimoli bor. Kundalik hayotda turli xildagi auditoriyalar bilan to’qnashamiz. Masalan, ma’ruza tinglashda, gazeta o’qiganda, radio tinglaganda u yoki bu auditoriya a’zosiga aylanamiz.
Olomon – umumiy manfaatlar yuzasidan cheklangan muhitda vaqtinchalik to’plangan kishilar birligi. Xususiyatlari: ta’sirchanlik, anonimlik, kutilmaganda o’z-o’zidan paydo bo’lish, mustahkamlik. Turlari: tasodifiy olomon (avariya yoki taniqli shaxs atrofida odamlarning to’planishi); Shartli olomon (teatr, stadion kabilarda oldindan rejalashtirilgan tomoshani ko’rishga yig’ilganlar); ekspressiv olomon (diskotekada raqs tu Shayotganlar va h.k.); harakatdagi olomon (ekstremal xulq-atvor egalarining bir joyda to’planishi).
Sotsial doiralar kvaziguruhlarning birmuncha barqaror turi hisoblanadi. YA. Shepanskiyning fikriga ko’ra, sotsial doiralar deganda, a’zolari unchalik kuchli bo’lmagan, aloqalar orqali beqaror munosabatlarga kirishadigan mustaqil ittifoqlarni tushunishimiz lozim15. Boshqa bir sotsiologlarning fikriga ko’ra, sotsial doiralar – a’zolari o’rtasida axborot almashinuviga asoslanib tarkib topgan birlikdir.
Turlari: kontakt doiralari (transport, navbat, sport musobaqalarida muntazam ko’rishib turadigan kishilar), kasbiy doiralar (ishchilar, olimlar, san’atkorlar), o’rtoqlar doirasi (vaqti-vaqti bilan muammolarni muhokama qilish uchun yig’ilib turadiganlar, keyinchalik do’stlar guruhiga aylanib ketishi ehtimoli mavjud bo’ladi), statusli sotsial doiralar (aristokratlar, pensionerlar, ayollar, erkaklar).
Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash lozimki, kvaziguruhlarni barqaror sotsial guruhlar Shakllanishi yo’lida tarkib topadigan birliklar sifatida olib qarash lozim.
Dostları ilə paylaş: |