12-mavzu. SOTSIAL GURUHLAR
REJA
«Sotsial guruh» tushunchasining mazmun-mohiyati
Sotsial guruhlarga xos asosiy xususiyatlar
Sotsial guruhlarning hajmiga ko’ra turlari
Rasmiy va norasmiy guruhlar
Birlamchi va ikkilamchi guruhlar
Ichki guruh (inguruh) va tashqi guruh (autguruh)
Referent guruhlar
Sotsial dilemma va guruhiy tafakkur
Kvaziguruh va uning asosiy ko’rinishlari
«Sotsial guruh» tushunchasi sotsiologiya fanining asosiy kategoriyalaridan biri hisoblanadi. Bizni o’rab turgan jamiyat ko’plab sotsial guruhlarning majmuasi sifatida namoyon bo’ladi. Inson butun umri davomida bir necha sotsial guruhlar a’zosi sifatida yashab o’tadi: oila, maktab, mahalla, qarindosh-urug’, do’stlar davrasi va h.k. Hech qanday guruhga a’zo bo’lmay turib yashash yoki jamiyatda o’z o’rniga ega bo’lishni tasavvur etish mumkin emas. Sotsial guruh jamiyat va inson o’rtasida bog’lovchi ko’prik sifatida xizmat qiladi. Demak, « Shaxs-guruh-jamiyat» tamoyili asosida inson ma’lum bir guruh a’zosi sifatida jamiyat hayotida ishtirok etadi va shu jamiyat a’zosi ekanligini anglaydi. Insonning turli guruhlarga a’zoligi uning jamiyatdagi maqomini belgilaydi.
Sotsial guruh jamiyatning poydevori hisoblanadi. Inson sotsial guruhning muhimligini o’zi ko’nikkan birlikni, masalan, o’z oilasini tark etganda, o’quv yurtini tamomlaganda anglaydi, shu guruhni, u bilan uzilgan aloqalarni qo’msay boshlaydi. Sotsial guruhlar insonlar o’zaro ta’sirlashuvi asosida birlashadigan ijtimoiy yacheykalar asosida tashkil topadi: oila, jamoa, millat, irq, klub, korporatsiya va h.k.
Ilk marotaba «sotsial guruh» termini shaxs (individ) va jamiyat tushunchalari kabi mustaqil tushuncha sifatida Arastu tomonidan ishlatilgan. T.Gobbs birinchilardan bo’lib guruhni «umumiy manfaat yoki umumiy ish bilan birlashgan insonlarning ma’lum miqdori» deb ta’riflaydi1. U guruhlarni tartibli va tartibsiz turlarga ajratadi. Tartibli guruhlarni, o’z navbatida, absolyut, mustaqil (faqatgina davlat), qaram (tobe) guruhlarga ajratadi. Qaram guruhlarni siyosiy va xususiy, xususiylarini esa qonuniy va noqonuniy turlarga ajratadi.
XIX asr oxiri – XX asr boshlarida E.Dyurkgeym, G.Tard, G.Zimmel, L.Gumplovich, Ch.Kuli, F.Tyonnis kabilar sotsial guruh nazariyasini yaratishga urindilar. XIX asrning oxirgi 30 yilligida sotsial jamoa va guruhlarni o’rganish bo’yicha sotsial tadqiqotlar amalga oshiriladi. XX asrga kelib tadqiqotlar muntazam olib boriladigan bo’ldi va fundamental ahamiyat kasb etib bordi. Sotsial guruhlarni o’rganishda E.Dyurkgeymning hissasi katta.
Umuman olganda, sotsiologiyada sotsial guruh muammosini o’rganishda 3 xil nuqtai nazardan yondashuvni kuzatish mumkin: funktsionalistik, konfliktli va interaktsionistik. Birinchi yondoshuvda (strukturaviy-funktsionalizm) tadqiqotchilar asosan guruhlarning umumiy maqsadga erishish yo’lidagi rollar va vazifalar taqsimotiga (makrodaraja), keyingi yondoshuvda (konflikt) asosan guruhlarning manfaatlari o’rtasidagi tafovutlarga, oxirgi yondoshuvda (interaktsionizm) esa ular o’rtasidagi kundalik o’zaro munosabatlarga e’tibor ko’proq qaratganligini ko’rishimiz mumkin (mikrodaraja)2.
Shuni ham alohida ta’kidlab o’tish lozimki, sotsial guruh tushunchasiga ijtimoiy fanlarda turlicha ta’rif beriladi. Xususan, sotsial psixologiya va sotsiologiya fanlari ham sotsial guruhga turlicha yondoshadi. Sotsiologiyada hozirgi davrgacha sotsial guruhga berilgan ta’riflar, ularga xos xususiyatlar borasida xilma-xil qarashlar mavjud. Shunday bo’lsada, ko’pchilik sotsiologlar nisbatan turg’un sotsial o’zaro munosabat modellarida bir-biriga bog’langan va umumiy qarashga ega ikki yoki undan ortiq individlar yig’indisini guruh deb yuritadilar. Rollar insonlarni sotsial munosabatlar doirasida birlashtiradi. Bu munosabatlar uzoq muddat davom etsa, ularga guruh xususiyati beriladi. Bu jarayon natijasida quyidagilarni kuzatishimiz mumkin bo’ladi: birinchidan, biz munosabatlarga ma’lum bir chegara doirasida amalga oshiriladigan xatti-harakatlar sifatida qaray boshlaymiz. Shunday qilib, insonlar guruhning «ichida» yoki «tashqarisida» bo’lib qoladilar; ikkinchidan, biz ularni voqelik sifatida qabul qilamiz; uchinchidan, guruh biz uchun o’ziga xos submadaniyat yoki kontrmadaniyat tashuvchisi, ya’ni o’ziga xos me’yor va qadriyatlar yig’indisi hisoblanadi; to’rtinchidan, bizda guruhga nisbatan sodiqlik tuyg’usi paydo bo’ladiki, biz o’zimizni boshqalardan farq qiluvchi yaxlit birlik sifatida tasavvur qilamiz.
Sotsial guruh – ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan umumiy xususiyatga ega insonlar yig’indisidir. Buni umumiy maqsadlar, umumiy manfaatlar, umumiy faoliyat bilan birlashuv sifatida tushunish lozim.
Insonlarning umumiy ijtimoiy ahamiyatga molik xususiyatga ega har qanday yig’indisi sotsial guruh sifatida tushuniladi. Sotsial guruh – alohida inson bilan jamiyat o’rtasidagi ko’prik vazifasini o’taydi. Insonning ko’plab xususiyatlari – tafakkur, nutq, til, o’zini o’zi nazorat qilish va ahloqiy qadriyat kabilar guruhiy faoliyat natijasi hisoblanadi. Inson doimo guruhga ehtiyoj sezadi, chunki kishilar yakka holda o’z hayotini saqlay olmaydi. Ibtidoiy jamiyat davridayoq insonlar sotsial guruh bo’lib faoliyat yuritgan va yashaganlar. Sotsial guruh – insonlarning sotsial tashkillashgan umumiy manfaat, maqsad va faoliyat bilan yig’ilgan birlashmasidir.
Sotsial ijobiy guruh individning sotsial-psixologik rivojlanishiga kuchli ta’sir o’tkazadi. Tug’ilganidan boshlab bu guruhlarga kirgan bola sotsial malaka va mavjud madaniyatning o’zi uchun kerakli jihatlarini o’zlashtiradi. Sotsial guruh ichida individ o’zining qobiliyatlarini namoyon eta oladi. Unda individning qadri, kuchli va zaif tomonlarni anglab boradi.
Shuningdek, sotsial guruh individning nafaqat mavjud imkoniyatlarini namoyon qilishga, balki ularning cheklanishiga ham sababchi bo’lishi mumkin (guruhiy bosim ta’siri “ingibitsiya” deb ataladi). Asotsial bo’lgan birlik shaxsning ijtimoiylashuv jarayonini salbiy tomonga burib, uning taqdirini tubdan o’zgartirib yuborishi mumkin. Asosan endi shakllanayotgan Shaxsga tasodifiy, vaziyatga qarab Shakllanib qoladigan asotsial birliklar xavfli hisoblanadi. Bunday birlikda inson o’z individualligini, o’zligini yo’qotadi.
Sotsial guruhlar asosiy ijtimoiy qadriyatlarga nisbatan turlicha munosabatda bo’lishi mumkin. Ularning faoliyati sotsial yo’naltirilgan (ishlab chiqarish, o’quv, sotsio-madaniy va b.), asotsial – faqatgina shu guruh a’zolarining manfaatlarini qondirishga yo’naltirilgan (xippi, rokerlar va b.) va antisotsial – jinoiy guruhlarga farqlanadi.
Antisotsial guruhning faoliyati esa o’ta qat’iy qonunlarga, xususan jismoniy kuchga tayangan holda amalga oshiriladi. Kriminal, antisotsial guruhlar sotsial ijobiy yo’naltirilgan guruhlarga nisbatan tubdan farq qiladigan tashkilotga ega bo’ladi.
Guruhning asosiy xususiyati – uning hajmida namoyon bo’ladi. Chunki aynan guruhga a’zo bo’lgan kishilarning soni undagi me’yor va qadriyatlar, faoliyat mazmuni, rollar taqsimoti va boshqalarga bevosita ta’sir o’tkazadi.
Guruhning ahamiyati va kuchi uning turg’unligida emas, balki dinamik xususiyatida aks etadi. Guruh hajmi uning tuzilmaviy komponenti sifatida o’zaro munosabatlarga ta’sir o’tkazadi. Guruh qanchalik kichik bo’lsa, individga uning a’zolarini yanada chuqurroq bilish va ular bilan qalin munosabatlarga kirishish imkoniyati beriladi. «Ikki kishi – kompaniya, uch kishi – olomon» degan mashhur ibora ikki va uch kishidan iborat guruhlar o’rtasidagi muhim tafovutni ko’rsatadi. Sotsiologiyada diada va triadalar masalasini ilk marotaba G.Zimmel o’rgangan3. Ikki kishidan iborat guruhlar – diadalar ota-ona va farzand, er-xotin o’rtasidagi munosabatlar kabi nisbatan chuqur va qalin munosabatlarga sharoit yaratadi.
Haqiqatan ham, aksariyat o’zaro aloqalarimiz «yuzma-yuz» munosabatlari asosiga quriladi. Sotsiolog Jon Jeyms rahbarligidagi bir nechta talaba 7405 nafar piyoda, sport maydonidagi o’yinchi, suzuvchi va xaridorlar o’rtasidagi norasmiy o’zaro harakatlarni kuzatadilar. Kuzatish natijalari norasmiy aloqalarning 71% ini ikki kishidan iborat, 21% – uch kishi, 6% – to’rt kishi va 2% igina – besh va undan ortiq kishilardan iborat aloqalarga asoslanganligini ko’rsatdi. Diadalarda katta guruhlardan farqli ravishda hissiyot va emotsiyalar muhim o’rin tutadi4.
Ushbu omil diadalarda munosabatlarning nisbatan nozik Shaklda bo’lishini namoyon qiladi. Unga ko’ra tomonlar o’rtasida beqaror muvozanat mavjud bo’lib, guruh a’zolaridan birortasining boshqasidan ko’ngli qolsa, ular o’rtasidagi munosabatlar tamoman buziladi. Shuningdek, ikki kishidan iborat guruhlardagi mavjud aloqalarda nisbatan kuchli zo’riqish va ba’zida ochiq adovat paydo bo’ladi. Guruhga uchinchi a’zoning qo’shilishi, ya’ni triadaning paydo bo’lishi tom ma’noda ijtimoiy vaziyatni o’zgartirib yuboradi. Bunda guruhning ikki a’zosi uchinchisiga qarshi birlashishi, ya’ni “koalitsiya” ehtimolidagi holatni yaratishi mumkin. O’z navbatida, guruhning bir a’zosi «begonalashuv» holatiga tu Shib qolishi mumkin. Lekin, ayrim holatlarda uchinchi kishi vositachi yoki tinchlik o’rnatuvchi shaxs rolini bajarishi mumkin. “Muammolarni hal qilishda guruhning optimal hajmi qanday bo’lishi kerak?”, degan savol tug’iladi. Kichik guruhlar tadqiqoti shuni ko’rsatadiki, bunday vaziyatda besh kishidan iborat guruh maqsadga muvofiq. Toq sondagi a’zolar soni qiyin ilojsiz vaziyatlarning oldini oladi. Shuningdek, bunday guruhlarda ko’pchilik uch kishi va kamchilik ikki kishiga ajralib ketishi tendentsiyasi vujudga keladi va oqibatda, kamchilik ichida yakkalanib qolish ehtimolining oldini oladi. Besh kishidan iborat guruh o’zaro munosabatlarga kirishganda, uning a’zolari uchun rollar almashinuvi yuqori hisoblanadi. Va nihoyat, besh kishidan iborat guruh o’z emotsiyalarini bildirish va bir-birlari bilan ziddiyatga kirishib qolsa, etarli darajada yuqori, bir-birlarining hissiyot va ehtiyojlariga hurmatsizlik qilishda esa o’ta darajada kichik hisoblanadi. Guruhning hajmi ortgani sayin unda «murosasozlik» kamayib boradi. Bunday guruhlarda insonlar bir-birlariga rasmiy murojaat qila boshlaydilar.
Guruh o’z a’zolari soniga qat’iy cheklovlar ham qo’yishi mumkin. Bu belgiga ko’ra guruhlar yopiq, ochiq, Chegaralangan turlarga bo’linadi. YOpiq guruhlarda a’zolar soni ular mavjud bo’lishining asosiy sharti hisoblanadi va a’zolikka qabul qilishda qat’iy mezonlar qo’yadi. Masalan, ko’plab sport turlari jamoalari, intellektual o’yin jamoasi va h.k. Bunday guruhlarda a’zolar soni o’zgarmas bo’lib, birorta yangi a’zoni qabul qilish zarurati tug’ilsa, guruhning qaysidir eski a’zosidan voz kechishga majbur bo’linadi. Ochiq guruhlar o’z faoliyatida a’zolar soniga muhim jihat sifatida qaramaydi. Unda a’zolikka qabul qilish aniq va qat’iy talablar qo’ymaydi, desa ham bo’ladi. Bunday guruhlarga a’zo bo’lish, yoki ulardan chiqib ketish hammavaqt oson kechadi. Chegaralangan guruhlar a’zolikka qabul qilishda nisbatan qat’iy talablar qo’ysada, faoliyati davomida a’zolari sonini birmuncha o’zgartirishi, vaziyatga qarab ko’payib yoki kamayib turishi mumkin. Bunday guruhlar: ishlab chiqarish korxonalari, talabalar guruhi va h.k.lar kiradi.
Sotsial guruhlar hajmiga ko’ra katta, o’rta va kichik turlarga bo’linadi. Katta sotsial guruh – demografik, sinfiy, milliy, partiyaviy kabi sotsial belgilari bilan ajralib turuvchi miqdori Cheklanmagan insonlar yig’indisini tashkil etadi. Katta guruhlarda madaniy qadriyatlar Shakllanadi, an’analar, mafkura yaratiladi. Katta sotsial guruhlarning o’ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat:
a’zolar sonining ko’pligi;
hududiy cheklanishning yo’qligi;
a’zolar o’rtasidagi aloqalarning asosan ommaviy aloqa vositalari orqali o’rnatilishi;
guruh tuzilishining murakkabligi, aniqroq qilib aytganda, bu guruhlar ko’p rasmiy va norasmiy, uyu Shgan va uyushmagan guruhlarni o’z ichiga oladi5.
Katta guruhlar quyidagi turlarga bo’linadi:
1. Madaniy-tarixiy o’ziga xos xususiyatlarga egaligi bilan farqlanuvchi guruhlar (ellat, xalq, millat).
2. Mulkiy munosabatlar va mehnat taqsimoti asosida farqlanuvchi (turli xil sinflar, qatlamlar).
3. Tarixan shakllangan va jamiyat sotsial munosabatlari tizimida ma’lum o’ringa ega bo’lgan guruhlar ( Shahar, qishloq, kasbiy guruhlar, jinsiy va yoshga oid guruhlar).
4. YAgona maqsadga erishish yo’lida umumiy faoliyat yurituvchi guruhlar (partiya, diniy guruhlar).
O’rta sotsial guruhlar katta sotsial guruhlarga xos ayrim xuususiyatlarga ega bo’lib, hududiy cheklanish bo’yicha ulardan farq qiladi. Bu guruhlarda bevosita aloqaga kirishish imkoniyati yuqori bo’ladi (katta zavod, institut, maktab, harbiy bo’lim jamoasi).
Kichik sotsial guruhlar – bevosita aloqalarga kirishuvchi, umumiy manfaatlar, maqsadlar, shuningdek, guruhli xulq-atvor me’yorlari bilan birlashgan insonlar yig’indisidan iborat bo’ladi. Kichik guruh a’zolari aniq bir miqdoriy tarkibda strukturaviy tashkillashgan, hayotiy faoliyatning sotsial-psixologik mexanizmlariga, guruhiy dinamikaga ega bo’ladi.
Kichik sotsial guruhda boshqaruvchi zveno, ya’ni umumiy manfaatlarni amalga oshiruvchi, faoliyat maqsadlarini yo’lga qo’yuvchi va guruh a’zolarning birgalikdagi faoliyatini tashkillashtiruvchi rahbar mavjud bo’ladi. Rasmiy rahbarlar yoki umumiy tan olingan liderlar, shuningdek, subliderlar, guruhning «aqliy markazini» tashkil etadi; guruhning asosiy qismi esa turlicha guruhiy maqomga ega bo’lgan ijrochilardir. Shuningdek, o’z o’rnini topa olmagan quyi mavqega ega a’zolar ham mavjud bo’lishi mumkin. Kichik guruhlarda shaxslararo munosabatlar, bevosita shaxslaro aloqalar muhim ahamiyat kasb etadi. Kichik guruhning eng jipslashgan yadrosi birlamchi guruhni shakllantiradi.
Insonni bevosita o’rab turuvchi sotsial muhit – mikromuhit sanalib, uning asosi turli xil kichik guruhlardan tashkil topadi. Ular insonning ijtimoiy moslashgan, shuningdek, sotsial me’yorlardan chetga og’uvchi – deviant xulq-atvorni ham Shakllantiruvchi asosiy omillardan biri bo’ladi.
Korxonani rahbarsiz, universitetni rektorsiz, orkestrni dirijyorsiz tasavvur qilish mumkin emas. Umuman olganda boshqaruvsiz insonlar o’z faoliyatlarini yo’naltirishga qiynaladilar. Shunday qilib, guruh doirasida ayrimlar boshqalariga nisbatan ko’proq obro’-e’tiborga ega bo’ladi. Bunday individlarni liderlar deyiladi. Kichik guruhlar lidersiz mavjud bo’la oladi, lekin katta guruhlarda boshqaruvning yo’qligi xaosga olib kelishi mumkin.
Kichik guruhlarga ikki turdagi liderlar xos:
Birinchisi – «mutaxassis-ishlab chiqaruvchi» – mavjud muammolarni baholash va ularni hal qilish ishlarini tashkil etish bilan Shug’ullanadi.
Ikkinchisi – «mutaxassis-psixolog» dan tashkil topib, u Shaxslararo muammolarni yaxshi hal qila oladigan, insonlar o’rtasidagi ziddiyatlarni yum Shatib, guruhda birdamlik ruhining oshishiga imkon yaratadigan faoliyatni shakllantiradi.
Boshqaruvning birinchi turi guruhiy maqsadlarga erishishga yo’naltirilgan – instrumental; ikkinchisi esa guruhda uyg’unlik va birdamlik hissini shakllantirishga yo’naltirilgan – ekspressiv jarayonlardan iborat bo’ladi. Ayrim holatlarda bir inson ushbu ikki rolni ham bajarishi mumkin, aksariyat holatlarda esa bu rollarning har biri alohida rahbarlar tomonidan amalga oshiriladi. Rollarning hech biri boshqasidan ustun bo’la olmaydi, ayrim vaziyatlarda u yoki bu rolning ahamiyati oshishi mumkin. Liderlar insonlarga ta’sir o’tkazishning turlicha usullaridan foydalanadilar.
Sotsial guruhlar rasmiy va norasmiy turlarga bo’linadi. Bu turlanish amerikalik sotsiolog E.Meyo tomonidan taklif qilingan6. Rasmiy guruhlar me’yoriy maqsadlarga ega bo’lib, unga erishish uchun zarur qat’iy tarkibiy tuzilishga ega bo’lishi lozim. Rasmiy guruh – mavjud sotsial institut va sotsial tashkilotlardagi mehnat taqsimoti doirasida aniq natijalarga erishishni maqsad qilib olgan, huquqiy maqomga ega bo’lgan sotsial guruhlardan tashkil topadi. Rasmiy guruhlarga quyidagi belgilar xos: aniq va izchil maqsad, ierarxiyaga asoslangan aniq funktsiyalar, ma’lum qoidalarga muvofiq keladigan huquq va burchlar, a’zolar o’rtasidagi rasmiy munosabatlar, guruh faoliyatini nazorat qiladigan rasmiy institutning mavjud bo’lishi va boshqalar.
Rasmiy guruhlarda guruh maqsadlari, funktsiyalari xatti-harakat qoidalari, hatto a’zolik Shartlari maxsus hujjatlarda (dastur, yo’riqnoma, qonun va boshqalar) qayd etilgan bo’ladi. Rasmiy guruhlarga siyosiy partiyalar, davlat, diniy va boshqa tashkilotlar kiradi. Shuningdek, unga ishlab chiqarish jamoasi, maktab sinfi, sport jamoasi va boshqalarni kiritish mumkin.
Rasmiy guruh – bu, jamiyat sotsial tuzilmasining elementi sanaladi. Uning strukturasi va xatti-harakat Shakllari keng miqyosdagi guruh yoki jamiyat tomonidan belgilanadi. Individ rasmiy guruhga a’zo bo’lar ekan, o’zining Shaxsiy sifatlarini yo’qotadi va sotsial guruh doirasidagi u yoki bu rollarni bajaruvchi kishiga aylanadi.
Rasmiy o’rta va kichik guruhlarning aksariyatini ishlab chiqarish guruhlari, mehnat jamoalari tashkil etadi. Bu guruhlarda faoliyat turi ochiq bo’lib, sotsial aloqalarga to’g’ridan-to’g’ri, doimiy ravishda kiritadi va yangi a’zolar bilan takomillashib, kasaba uyushmalariga birlashib boradi. Bu guruhlarning faoliyat tartibga solingan bo’ladi: ularning faoliyati tartibi aniqlangan, ish natijasini baholash me’zonlari belgilangan bo’ladi. Kasaba guruhlarini shakllantirish bilan tegishli sotsial tashkilotlar Shug’ullanadi.
Sotsium asosan kasbiy mahoratga ega guruhlar vositasida o’zini qayta shakllantiradi. Lekin jamiyatning ehtiyojlari kasbiy faoliyat doirasidan chiqib ketadi. Shuning uchun kasbiy va rasmiy guruhlar doirasida yangi ehtiyojlarga yo’naltirilgan mustaqil faoliyat olib boruvchi guruhlar tashkil topib turadi.
Norasmiy guruhlar rasman belgilangan qat’iy tartibdagi tarkibiy tuzilishga ega bo’lmaydi. Norasmiy guruh a’zolarining o’zaro ta’sirlashuvi tasodifiy bo’lib, shaxsiy munosabatlar, qadriyatlar tizimining umumiyligi bilan belgilanadi. Lekin unda ham ichki guruhiy ierarxiya mavjud bo’ladi. Ayrim sotsiologlar tomonidan bunday guruhlar «sotsial psixologik guruhlar» deb yuritiladi.
Norasmiy guruhlarning paydo bo’lishida vaziyat va umumiy manfaatlar majmui muhim rol o’ynaydi. Shuning uchun ham bu guruhlarni ba’zan, manfaat yuzasidan tuzilgan guruhlar, deb ham yuritiladi. Odamlar ehtiyojlari turli-tuman bo’lganligi sababli norasmiy guruhlar yuzaga keladi.
Norasmiy guruhning rasmiy guruhga nisbatan tarkibi boshqacha tuzilishga ega bo’ladi. Agar rasmiy vaziyatda guruh sotsial strukturaning yuqori organlari yoki jamiyat tomonidan tuzilsa, norasmiy guruhlar esa shaxsiy asosda, ya’ni uni tashkil etadigan individlar tashabbusi bilan tuziladi. Tashabbuskor kishilar bu guruhda faol rol o’ynaydilar va o’z-o’zidan guruhda a’zolarning ehtiyojlarini qondirishga imkoniyat beradigan xatti-harakat tizimi rivojlanadi.
Sotsial guruh a’zolarining o’zaro munosabatlari faoliyat turiga ko’ra birlamchi va ikkilamchi shakllarga bo’linadi. Ilk marotaba birlamchi va ikkilamchi guruh muammosini ishlab chiqish va atamalarini fanga kiritish amerikalik sotsiolog Ch.X.Kuli nomi bilan bog’liq7. Birlamchi guruh – bu bevosita, shaxsiy, yaqin o’zaro munosabatlarga kirishadigan ikki yoki undan ortiq kishilar yig’indisidan tashkil topadi. Birlamchi guruhlarda ekspressiv aloqalar ustun turadi: biz o’z do’stlarimiz, oila a’zolarimiz, sevgan insonlarimizni borligicha qabul qilamiz. Ikkilamchi guruhda ikki yoki undan ortiq kishilar aniq bir amaliy maqsadga erishish yo’lida birlashadilar. Ikkilamchi guruhlarda aloqalarning instrumental turi ustun turadi, ya’ni individlar maqsadga erishish vositasi sifatida qabul qilinadi8.
Misol sifatida sotuvchi va xaridor o’rtasidagi munosabatlarni keltirish mumkin. Ayrim holatlarda ikkilamchi guruhlardan birlamchi guruhlar kelib chiqishi mumkin. Masalan, hamkasblar o’rtasida o’ta yaqin munosabatlar Shakllanishi natijasida ular umumiy muammolar, yutuqlar, hazillar, mish-mishlar bilan bir-biriga bog’lanib qoladi.
Birlamchi guruhlarning paydo bo’lishida bir qator talablar mavjud bo’ladi. Birinchidan, guruh hajmi muhim ahamiyatga ega bo’lib, katta guruhda uning har bir a’zosi bilan yaqin munosabatlarga kirishish ehtimoli past, kichik guruhlarda esa ehtimol oshadi. Ikkinchidan, yaqin aloqalar kishilarning fazilatlariga ko’ra baholash imkonini beradi. Har kuni bir-biri bilan munosabatda bo’ladigan insonlar o’rtasida o’zaro ishonch, g’oyalar almashinuvi va hissiyot paydo bo’ladi. Uchinchidan, bir-biri bilan tez-tez va muntazam ko’rishib turadigan insonlar o’rtasida birlamchi guruh paydo bo’lishi ehtimoli oshadi.
Ko’pincha bizning boshqalar bilan o’zaro aloqalarimiz ma’lum bir vaqt o’tib yaqinlashadi, bu esa o’z navbatida munosabatlarda muntazam muloqot, umumiy ko’nikma va qiziqishlar paydo bo’lishiga olib keladi. Sotsial guruhlarda «birlamchi» atamasi o’ta muhim va echilishi zarur bo’lgan muammo va masalalarni belgilash uchun qo’llaniladi. Haqiqatan ham, bu tushuncha aynan birlamchi guruhlarga xos, Chunchi ular jamiyatda insonlarning o’zaro munosabatlari asosini tashkil etadi.
Birlamchi guruhlar Shaxsning ijtimoiylashuvi jarayonida muhim o’rin tutib, aynan uning doirasida go’dak va yosh bolalar o’zlari tug’ilgan, yashayotgan jamiyat asoslarini anglaydilar. Bunday guruhlar keyinchalik sotsial hayot uchun zarur bo’lgan me’yor va tamoyillarni qabul qilishimizda o’ziga xos “o’yin maydoni”, desak bo’ladi. Sotsiologlar birlamchi guruhlarni alohida olingan insonlarni jamiyat bilan bog’lovchi ko’prik sifatida olib qaraydilar. Chunki, aynan ularning yordamida individda umumiylik hissi rivojlantiriladi.
Shuningdek, birlamchi guruhlar fundamental ahamiyat kasb etib, ular insondagi asosiy Shaxsiy manfaatlarni aksariyat qismi qondiriladigan muhitni ta’minlaydi. Bu guruhlar doirasida biz hamfikrlilik, sevgi-muhabbat, bexatarlik, umumiy farovonlik va baxt-saodatni his qilamiz. Tabiiyki, birlamchi guruhlardagi o’zaro aloqalarning mustahkamligi guruhning funktsionallashuviga o’z ta’sirini o’tkazadi.
Birlamchi guruhlar jamiyatda sotsial nazoratning kuchli vositasi bo’lib xizmat qiladi. Bu guruh a’zolari sotsiumda hayotimiz uchun zarur bo’lgan ne’matlarni taqsimlaydi. Agar individ sotsiumdagi ishonchni oqlamasa, ma’lum bir qat’iy harakatlar bilan guruh a’zolari uni umumiy qabul qilingan me’yorlarga bo’ysundiradi. Masalan, ayrim diniy jamoalarda itoatsizlarga nisbatan «boykot» e’lon qilinadi (tartibbuzar jamoadan haydalmagan holda u bilan muloqotga kirishish taqiqlanadi). YAna bir muhim jihat borki, birlamchi guruhlar sotsial voqelikni belgilaydi. Turli xil vaziyatlarni o’ziga xos tarzda talqin qilib, guruh a’zolaridan Shu guruhda ishlab chiqilgan tasavvurlarga mos xulq-atvorga erishadi. Demak, birlamchi guruhlar sotsial me’yorlarning tashuvchisi bo’lish bilan bir qatorda ularni tarqatuvchisi rolini ham bajaradi.
Bizga nafaqat o’zimiz mansub bo’lgan guruhlar, balki biz a’zo bo’lmagan guruhlar ham kuchli ta’sir o’tkazadi. Shundan kelib chiqib, sotsiologlar ichki guruh (inguruh) va tashqi guruh (autguruh) o’rtasiga chegara qo’yishni lozim topdilar. Bu tashabbus sotsiolog U.Samnerga nomi bilan bog’liq9. Ichki guruh – bu, individ o’zini mansub deb bilgan va a’zo bo’lgan guruh tushuniladi. Tashqi guruh esa buning aksi bo’lib, unda individ a’zo bo’lmagan guruh Shakli tushuniladi. Bu ikki guruh o’rtasidagi tafovutni «biz» va «ular» olmoshlari bilan belgilash mumkin. Demak, ichki guruhlarni «bizning guruh», tashqi guruhlarni «ularning guruhi» sifatida tavsiflash mumkin bo’ladi. Ichki va tashqi guruh tushunchasi ular Chegaralarining muhimligini ko’rsatib, bunda o’zaro ta’sir qaerdan boshlanadi va qaerda tugaydi?, - degan savolga javob izlanadi. Guruh Chegaralari jismoniy to’siq bo’lmay, sotsial o’zaro munosabatlar oqimidagi uzilishlar hisoblanadi. Ayrim Chegaralar hududiy tamoyillarga asoslanadi, masalan, kvartal, tuman, mamlakat. Boshqa chegaralar sotsial tafovutlar bilan bog’liq, masalan, etnik, diniy, siyosiy, kasbiy, tilga oid, urug’-aymoq, sinflar. Chegaralar «begonalarning» guruh muhitiga kirishini oldini oladi va bir vaqtning o’zida guruh a’zolarini boshqa raqobatchi guruhlar bilan o’zaro harakatga kirishishi ehtimolini oldini olish maqsadida bu muhitda u Shlab turadi.
Amerikalik psixolog M. Sherif va uning yordamchilari tomonidan o’tkazilgan tajriba (1961) shuni ko’rsatdiki, ma’lum bir guruhga mansublilik hissi ortgani sayin raqobatchilik elementlari mavjud bo’ladigan vaziyatlarda tashqi guruhlarga nisbatan ziddiyat kuchayadi10. M. Sherif olib borgan tadqiqot ob’ektlari o’rta sinfga mansub osoyishta oilalardan bo’lgan ijtimoiy moslashgan, sog’lom 11-12 yoshli bolalar bo’lgan. Tajriba yozgi lagerda olib borilgan bo’lib, u erda o’g’il bolalarni ikki guruhga ajratilgan. Lagerdagi hayotning birinchi haftasida bolalar bir-birlari bilan tanishdilar, guruhning yozilmagan qonunlarini ishlab chiqdilar, majburiyatlar va rollarni taqsimladilar. Ikkinchi haftada tajriba o’tkazayotganlar ikki guruhni raqobatga asoslangan turli tadbirlarda to’qnashtirdilar: beysbol, qo’l to’pi turniri, harbiy o’yin, xazinani qidirish va h.k. Musobaqalar sportga xos do’stona kayfiyatda boshlangan bo’lsada, bu uzoqqa cho’zilmadi. Uchinchi hafta integratsiya fazasi bo’lib, unda M. Sherif ikkala guruh o’smirlarini birgalikdagi ovqat tanovuli, kinofilmlarni tomosha qilish va hazil-mutoyibada bir-biri bilan muntazam birlashtirdi. Lekin, bu vaziyat ikki guruh o’rtasidagi tanglikni yum Shatish o’rniga raqobatchilik hissini namoyon qilish, bir-birining ustidan kulish va janjal uchun bahona bo’ldi. Shunda tajriba o’tkazayotganlar ikki guruhni bir maqsadga erishish uchun o’zaro kelishib ish tutishga majbur qiladigan kutilmagan va tabiiy vaziyatlarga (avariya holatidagi lager vodoprovodini remont qilish) qo’ydilar. Musobaqalar bolalarda guruhiy chegaralar to’g’risidagi tasavvurlarini yanada kuchaytirgan bo’lsa, umumiy maqsadga erishish yo’lidagi ish adovat hissini va guruhlararo to’siqlarni yum Shatdi, hamkorlik ehtimolini oshirdi.
M. Sherif, shuningdek, sotsiologiya fanida sotsial guruhlarning a’zoli (bevosita a’zo bo’lgan) va referent (individ a’zo bo’lmagan, lekin o’z xatti-harakatlarini ushbu guruh me’yor va qadriyatlari bilan tartibga soladigan) guruhlarga turlanishini asoslab bergan.
Referent guruh (lot. referentis – mansub bo’lish, xabar beruvchi) yoki etalon guruhi inson tomonidan me’yorlari nisbatan qadrliroq tan olinadigan guruhdir. Masalan, mutaxassis hurmatga sazovor hamkasblari guruhiga tayanadi, sportchi – o’zi tanigan taniqli rekordsmenlarning me’yorlariga va h.k.. Referent guruhlar – individ o’z qarashlari, hissiyoti va harakatlarini baholash va shakllantirishda asoslanadigan ijtimoiy birlikni tashkil etadi. Individlar o’z ustanovkalari, e’tiqodini shakllantirish va xatti-harakatlarini amalga oshirishda o’zlarining ustanovka, e’tiqod va xatti-harakatda taqlid qilishga loyiq deb bilgan boshqa bir insonlar yoki guruhlar bilan taqqoslaydilar.
«Referent guruh» tushunchasi to’rt xil ma’noda qo’llaniladi:
Individ xatti-harakati uchun namuna, etalon bo’lib xizmat qiladigan guruh.
Individ o’z xatti-harakatlarini yo’naltirgan guruh.
Individ a’zo bo’lishga intilayotgan guruh.
A’zolarining qadriyat va fikrlari bevosita shu guruh a’zosi bo’lmagan kishi uchun o’ziga xos taqqoslash o’lchovi, sotsial «o’lchov doirasi» sifatida xizmat qiladigan guruh11.
Real hayotda «referent guruh» nazariyasi shaxsning turli sotsial muhitlarga moslashuv jarayonida, sotsial harakatlarni o’rganishda qo’llaniladi.
Referent guruhlar o’z mavjudligi va tabiatiga ko’ra: real va ideal; funktsionallashuviga ko’ra: normativ va qiyosiy; guruh me’yorlarining Shaxs tomonidan qo’llab-quvvatlanishi yoki rad etilishiga ko’ra: ijobiy va salbiy turlarga bo’linadi.
Real referent guruh – Shaxsga qulay sotsial me’yor va qadriyatlarni egallashi uchun etalon bo’lib xizmat qiladigan kishilar birligi hisoblanadi. Ideal referent guruh – bu, ma’lum bir guruh qadriyatli va me’yoriy yo’l-yo’riqlarining inson ongida aks etishidir. Shaxs bu guruhga o’z tasavvurlari va harakatlari bilan moslashishga harakat qiladi. Demak, real referent guruh sotsial voqelikdagi hodisa bo’lsa, ideal referent guruh individ ongining mahsuli hisoblanadi.
Referent guruhlar ham me’yoriy, ham qiyosiy funktsiyalarni bajaradi. Biz o’zimizni ma’lum bir guruhning to’la huquqli a’zosi sifatida ko’rish istagida (yoki biror guruhga a’zolikka intilishda), guruhiy standartlar va tamoyillarni qabul qilamiz. Masalan, bir maktabdan boshqa bir maktabga qabul qilingan o’quvchi boshqalardan ajralib qolmaslik uchun bu muhitdagi barcha me’yor, qoida va standartlarni tezroq o’zlashtirishga harakat qiladi. Individning xulq-atvori uning aniq bir guruhga mansubligini ko’rsatadi.
Shuningdek, biz o’z referent guruhimiz standartlaridan o’zimizni tashqi ko’rinishimiz, intellekt, sog’lik, jamiyatdagi o’rnimiz va hayotiy darajamizni etalon tarzda baholashda foydalanamiz. Biz mansub bo’lgan guruh referent guruhga mos kelmasa, bizda nisbiy deprivatsiya – biz egalik qilayogan narsalar (aniq bir guruhga mansubligimizni ko’rsatuvchi shart-sharoitlar) bilan egalik qilishni xohlagan narsalar (referent guruhga xos holat) o’rtasidagi keskin tafovutdan qoniqmaslik hissi paydo bo’lishi mumkin. Masalan, ofis xizmatchisi o’zini xizmat lavozimi ko’tarilgan hamkasblari bilan solishtirganda buni his qiladi. Nisbiy deprivatsiya hissi ko’pincha sotsial begonalashuvga olib keladi va jamoaviy chiqishlar, inqilobiy sotsial kayfiyatlarga sabab bo’lishi mumkin.
Barcha referent guruhlar ham ijobiy bo’lavermasligini unutmasligimiz lozim. Ijtimoiy hayotda salbiy referent guruhlar ham mavjudki, biz o’zimizni boshqalar bilan taqqoslaganimizda ulardan foydalanamiz, ya’ni bu guruhga mansub emasligimizni ko’rsatishga harakat qilish maqsadida a’zolarining harakatlari bilan o’z harakatlarimizni taqqoslaymiz. Salbiy referent guruh tomonidan biz o’z xatti-harakatlarimizni rad etilishi va qoralanishini istaymiz. Biz ilgari a’zo bo’lgan, keyinchalik esa boshqasiga o’tib ketgan guruhimiz ko’pincha salbiy referent guruhni tashkil etadi.
Sotsial guruhlar haqida gapirganimizda bu guruhlarda uchrab turadigan sotsial dilemmalarga ham murojaat qilishimiz lozim bo’ladi. Sotsial dilemma – bu guruh a’zolarining o’z Shaxsiy ehtiyojlarini maksimal darajada qondirish bilan jamoa farovonligining maksimal darajada oshishi o’rtasida ziddiyatga duch keladigan vaziyat tushuniladi. Sotsial dilemmalar ko’pgina hayotiy vaziyatlarda uchraydi. Uru Shning hal qiluvchi bosqichida handaqda turib qolgan askarning oldida qanday tanlov borligini ko’rib chiqamiz. Har bir askar handaqda qolib, hayotini saqlab qolishni ma’qul ko’radi, lekin askarlarning hammasi shunday xulosaga kelsa, jangda yutqazadilar va halok bo’ladilar.
Aksariyat sotsial dilemmalarda guruhning umumiy manfaati uchun harakat qilishni istaydigan bir a’zosi bo’ladi. Qanday sotsial mexanizmlar individda egoistik qarashlardan qochib, jamoaviylik ruhida harakat qilish istagini uyg’otadi? Birinchi navbatda, bu – nazorat mexanizmi bo’lib, individning umumiy farovonlikka salbiy ta’sir o’tkazadigan harakatlardan cheklaydi. Ko’pincha bu vazifani davlat bajaradi. Guruhiy me’yorlar ham ko’pincha bu maqsadga norasmiy sanktsiyalar orqali erishadi, shuningdek, insonlarni kelishib harakat qilishga yo’naltiradigan boshqa bir vositalar ham bor. Bular ichida guruh chegaralarini qat’iy belgilash orqali kuchli guruhiy mansublilik hissini rivojlantiruvchi mexanizmlar ham bor. Bundan tashqari, agarda individlar boshqalar bilan hamkorligi rag’batlantirilishini (masalan, foydani teng taqsimlash va b.) his qilsalar, egoistik kayfiyatga unchalik berilmaydilar. Guruhiy tafakkur ham yana bir strategiya hisoblanadi, lekin u halokatli oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Guruhiy tafakkur guruh doirasiga xos va guruh a’zolarining qarashlariga ta’sir o’tkazuvchi kuchli sotsial bosimning mavjudligini ko’rsatadi. Bu bosim xulq-atvorimizga ta’sir o’tkazsada, biz uni har doim ham his qilmaymiz. M. Sherif ilk marotaba bu holatni optik yolg’on (ko’z aldanishi) misolida namoyish etdi12. Qorong’u xonadagi kichkina yorug’ dog’ni ko’rgan insonlarga u pirpirab turgandek tuyuladi.
Lekin, bu borada fikrlar farqlanadi. M. Sherif bu dog’ni har bir odamga alohida ko’rsatib, uning javoblarini yozib oladi. Keyin turlicha javob bergan odamlarni bir guruhga birlashtirib yana shu dog’ni ko’rsatadi, javoblarini og’zaki bildirishlarini so’raydi. Bu vaziyatda odamlarning javoblari guruh standartlariga mos ravishda o’zgarib boradi. Keyinchalik, sherif yana bu odamlar bilan alohida-alohida gaplashganda, ular guruh standartiga muvofiq javoblarni berib, o’z fikrlariga qaytmadilar. Shuni qayd etib o’tish lozimki, ishtirokchilarning ko’pchiligi bu fikrga mustaqil holda kelganliklarini va guruh bahosi ularga hech qanday ta’sir o’tkazmaganligini ta’kidlaydilar.
YAna bir misol: Solomon E Sh o’z tadqiqotida xona markazida joylashgan ikki dasta o’yin xartasidan terilgan bir xil uzunlikdagi to’g’ri Chiziqni taqqoslashni so’raydi. U to’qqizta a’zodan iborat guruhning bir necha a’zolaridan og’zaki javob berishlarini so’raydi. E Sh tajribaning bir nechta ishtirokchilari bilan oldindan kelishib olgan edi, va ularning hammasi bir necha testlarga noto’g’ri javob berdilar. To’g’ri javob ko’rinib turgan bo’lishiga qaramay, ishtirokchilarning uchdan bir qismi ko’pchilikning noto’g’ri fikrini yoqlab javob berdilar. Har bir tajribada barcha ishtirokchilarning to’rtdan uch qismining fikri bir-biriga mos keldi. Shunday qilib, E Sh ayrim individlarning ko’zlari yaqqol ko’rib turgan haqiqatga zid bo’lsada, guruh fikrini qo’llab-quvvatlashini namoyish etdi. Individlar guruhga to’liq tobe bo’lib qolganlarida, o’z mustaqilligidan voz kechishga ham tayyor bo’lib qoladilar. Bularning barchasi guruhlarning, asosan bizning Shaxsimiz Shakllanadigan va biz har kuni faoliyat yuritadigan guruhlarning hayotimizdagi hal qiluvchi rolini namoyon etadi. Bunday guruhlar totalitar institutlar sifatida funktsionallashishi mumkin13.
Dostları ilə paylaş: |