Sotsial munosabatlar


Sotsial- demokratik munosabatlar



Yüklə 25,08 Kb.
səhifə6/6
tarix02.01.2022
ölçüsü25,08 Kb.
#45889
1   2   3   4   5   6
Sotsial munosabatlar

Sotsial- demokratik munosabatlar

Sotsiologiyada jamiyat ijtimoiy tarkibiy tuzilishining ijtimoiy demografik munosabatlari ham muhim o'rin tutadi. Bu munosabatlar, asosan, aholining jinsiy tuzilishi, yoshi, oilaviy va genetik jihatlarini o'z ichiga oladi.

Ijtimoiy-demografik tarkibga statistik jihatdan o'rganiladigan aholi o'rtasida tug'ilish, o'lim, nikoh, oilaviy qo'ydi-chiqdilar, shahar va qishloq aholisining migrasiyasi, hududiy migrasiya kabilar kiradi.


  • Ijtimoiy-demografik munosabatlarni aniqlashda mamlakat miqyosida o'tkaziladigan aholini ro'yxatga olish muhim o'rin tutadi.

  • Aholining ro'yxatga olinishi ayniqsa hozirda, bozor munosabatlariga o'tish davrida yuzaga kelayotgan ko'plab ijtimoiy-iqtisodiy, maishiy turmush sohalaridagi muammolarni hal etishda juda katta rol o'ynaydi. Ayniqsa, uning shahar muammolarini hal etishdagi ahamiyati katta

Keyinchalik  sotsial  munosabatlarni  ham  keng,  ham  tor  ma'noda talqin  qilish  jarayonlari  takomillashib  bordi.  Albatga  yuqorida  keltirilgan ta'riflar  bu  munosabatlarni  materializm  ta'limoti  metodologiyasi  asosida shakllangan  ko‗rinishidir.  Sotsial  munosabatlarga  berilgan  ta'riflar  birbirlaridan  shakl  jihatidan  farqlansalar  ham  lekin  mazmun  jihatidan  birbirlaridan  deyarli  farqlari  yo‗q,  deb  ta'kidlansa  mubolag‗a  bo‗lmaydi. Chunki  ularning  asosini  materialistik  dialektika  metodologiyasi  tashkil qiladi.  Shuning  uchun  sobiq  Ittifoq  adabiyotida  sotsial  munosabatlar muammosi  tarixiy  materializmning  qonun  va  kategoriyalaridan  kelib chiqib yoritilgan haqiqiy sotsiologik muammo sifatida sotsial munosabatlar tahlil  qilinmagan.  Shuning  uchun  sotsiologiya  mustaqil  fan  sifatida  tan olinmay  unga  faqat  sotsial  muammolarni,  falsafiy  tadqiqotlarining xulosalarini  o‗zining  emperik  tadqiqotlari  bilan  asoslash  vazifalari yuklatilgan  edi.  Demak  yuqorida  ko‗rsatilgan  sabablar  tufayli  ijtimoiy jarayonlarni o‗rganish, xususan sotsial munosabatlar muammosi ham faqat falsafiy ruhda olib borilgan. Sotsial munosabatlarni o‗rganishning yana bir kamchiligi  shundaki  muammoga  faqat  bir  yoqlama,  moddiylik,  ya'ni materialistik prinsiplari asosida yondashilgan. Buning  natijasida  esa  tadqiqotlar  sayoz  va  bir  yoqlama  natijalarni berdi.  Negaki  bunday  metodologiya  ijtimoiy  jarayonlarni  o‗rganishda ob'ektiv shartsharoitni birlamchi o‗ringa qo‗yadi, sub'ektiv omil esa unga aktiv ta'sir ko‗rsatadi va u ikkilamchi vaziyatdadir. Bu  yo‗nalishga  qaramaqarshilik  yondashuvda  boshqa  ko‗pgina ta'limotlar  va  yo‗nalishlar  ijtimoiy  olamni  o‗z  uslub  va  metodologiyasi bilan  o‗rganadilar.  Jumladan  sotsial  munosabatlar  masalalari  g‗arb mutaffakirlari  tomonidan  ham  o‗z  metod  va  metodologiyalari  jihatidan keng  tadqiq  qilingan.  O.  Kont  o‗zining  pozitivistik  ta'limotida  sotsial munosabatlar  muammolarini  xuddi  biologik  hodisalar  metodi  bilan o‗rganish  prinsiplarini  keng  targ‗ib  qiladi.  Pozitivistik  —  naturalistik yo‗nalishning  ashaddiy  raqibi  bo‗lgan  fenomenologik  sotsiologiya  sotsial hayot va sotsial munosabatlarni bunday uslubda talqin qilganligi uchun O. Kont va uning izdoshlarini keskin tanqid qiladi. Naturalizmning bu jiddiy kamchilik  va  jiddiy  hatoliklarini  bartaraf  etish  uchun  fenomenologik sotsiologiya inson ongining faolligi muammo echimining asosiy omili deb isbotlashga intiladi. Bu yo‗nalish vakillarning fikricha faqatgina insonning tafakkuri tufayli sotsial voqelikni va sotsial munosabatlarni, konstruksiyalash  (yaratish)  mumkin  bo‗ladi.  Chunki  sotsial  real  va  sotsial munosabatlar  insonning  interpretatsiy  faoliyat  orqaligina  vujudga  keladi. Fenomenologik  sotsiologiyaning  taniqli  vakillaridai  biri  D.  Sylverman 

yuqoridagi  g‗oyalarning  asoslash  uchun  pozitivistik  sotsiologiya 


nazariyasini tanqid qiladi. 
Albatta,  bu  ijtimoiy  fikrlar  vujudga  kelgandan  beri  ancha  vaqtlar 
o‗tdi, yangi jug‗rofiy — siyosiy makonlar paydo bo‗ldilar eng muhimi esa 
totalitar  tuzumi  barham  topib  yangi  davlatlar  vujudga  kelishdi,  yangi 
jamiyatda  bir  partiyaviylik  hukumdorligi  emirildi  va  mustaqil  suveren 
davlatlar  bo‗ldilar.  Endi  esa  jamiyatdagi  jarayonlarni,  jumladan  sotsial 
munosabatlar  muammolarini  keng  plyuralistik  prinsip  orqali  tadqiq  qilish 
davri  keldi.  Bu  prinsip  orqali,  sotsial  munosabatlarni  muammo  va 
vazifalarini  turlicha  tahlil  qilish  imkoniyati  tug‗iladi.  Ushbu  ijobiy 
imkoniyatlarning  hosili  sifatida  respublikamizda  sotsial  munosabatlar 
muammolari  jahon  ilmiy  tafakkurining  har  hil  yo‗nalishlarini  natijalari 
asosida  tadqiq  qilinayotganligi  ajratib  ko‗rsatish  mumkin.  Hulosa  qilib 
aytganda  sotsial  munosabatlar  muammosini  yangi,  yuqori  ilmiy  darajada 
tadqiq  qilish  imkoniyatlari  vujudga  keldi.  Endi  bu  muammoni  konkret 
sotsiologik  tadqiqot  bilan  o‗rganish  joiz.  Chunki  sotsiologiya  nafaqat  bu 
muammoni,  balki  butun  ijtimoiy  hayot  jarayonlarini  keng  qamrovda 
kompleks xarakterda va amaliy natijalar asosida chuqur tadqiqot qiladi. 
 
BIRDAMLIK VA KOOPERATSIYA  JAMIYATNING 
BARQARORLIGINI ASOSIY OMILI SIFATIDA 
 
Sotsial  birdamlik  tushunchasi  sotsial  munosabatlar  tizimida  muhim 
o‗rin  tutadi.  Chunki  birdamlik  —  bu  ko‗pgina  ma'naviy  omillarning 
majmuasidan  tashkil  topgan  sotsiologik  kategoriya  bo‗lib,  u  ijtimoiy 
hayotda 
faoliyat 
ko‗rsatayotgan 
insonlarning 
ijtimoiy 
taraqqiyot 
masalalarini  hal  qilishlaridagi  hamkorligining  ko‗rinishidir.  Avvalom  bor 
shuni  ta'kidlab  o‗tishimiz  joizki  sotsiologiya  faniga  bu  termin  sotsial 
jipslashuvni  bildiradigan  tushuncha  sifatida  birinchi  bo‗lib  O.  Kont 
tomonidan  kiritilgan  edi.  Bu  muammoga  ko‗pgina  mutafakkirlar 
o‗zlarining  keng  e'tiborlarini  qaratganlar.  Ayniqsa  E.  Dyurkgeym,  G. 
Spenserlar  bu  muammoni  chuqur  tahlil  qilganlar,  lekin  ular  o‗z 
tadqiqotlarini  turli  xil  yo‗nalishlarda  olib  bordilar.  E.  Dyurkgeymning 
fikricha sotsial birdamlikning bu ahloqiy prinsip va oliy universal qadriyat 
bo‗lib,  u  jamiyatning  har  bir  a'zosi  tomonidan  tan  olinadi.  O.  Kont  va  G. 
Spenserlarning  tadqiqotlarida  sotsial  birdamlikni  asosini  iqtisodiy 
manfaatlar  tashkil  qilishi  markaziy  o‗rin  egallaydi.  G.  Spenser  o‗zining 
birdamlik  ta'limotida  majburiy  va  ko‗ngilli  birdamlikni  ajratib  ko‗rsatadi. 
Uning fikricha kishilik jamiyati o‗zining rivojlanish yo‗lida 2 ta harbiy va 

 
79 


sanoat davrlari bo‗linadi. Harbiy turdagi jamiyat ierarxik tartibli jamiyat va 
kuchli  markazlashgan  nazorat  bilan  xarakterlanadi.  Butun  hayot  bu  yerda 
intizomga  asoslangan.  Sanoat  turidagi  jamiyat  esa  osoyishta  ijtimoiy 
hamkorlikning erkin shakllarini ifoda etadi. Muammoni xuddi 2 ta jihatga 
ajratib  tahlil  qilishni  D.  Dyurkgeymning  ham  ilmiy  faoliyatida  ko‗rish 
mumkin.  U  o‗z  ta'limotini  mexanik  va  organik  birdamlik  ajratadi. 
Rivojlanmagan  va  eski  jamiyatlarda  hukmronlik  qiladigan  birdamlikni 
Dyurkgeym mexanik birdamlik deb ataydi. 
Mexanik  birdamlik  —  bu  «jamoa  turidagi»  birdamlik  bo‗lib,  u  bu 
jamoadagi  individlarning  o‗xshashliklari  bilan  belgilanadi  va  ular 
tomonidan  ijtimoiy  vazifalar  bir  xil  turda  bajariladi»  Jamiyatda  ijtimoiy 
mehnatning  taqsimlanishi  tufayli  individlar  maxsus  vazifalarni  bajaradilar 
va  bu  hislatlar  sababli  jamiyat  jonli  organizmni  eslatadi.  Shu  jamiyatda 
vujudga  kelgan  yangi  turdagi  birdamlikni  Dyurkgeym  organik  birdamlik 
deb  ataydi.  Mehnatning  taqsimlanishi  individlarda  o‗zlariga  xos 
qobiliyatlarning  rivojlanishiga  omil  bo‗ladi.  Endi  har  bir  individlar  bir-
birlariga bog‗liq bo‗ladilar va ular sotsial munosabatlarning yagona tizimi 
orqali birdamlik tuyg‗ulariga erishadilar. 
Ko‗p  G‗arb  olimlari  ijtimoiy  mulkka  asoslangan  kooperatsiyaning 
sermahsulligini  inkor  etib  keladilar.Ularning  fikricha  butun  jamiyat  bilan 
ishlab chiqarish vositalaridan foydalanishning iloji yo‗qdir. Shuning uchun 
ularni ya'ni bu vositalarni gurular mulki qilib berishni taklif qiladilar. Agar 
ishlab  chiqarish  vositalari  ijtimoiy  mulk  xususiyatiga  ega  bo‗lsa 
«ma'muriyat»  xalqdan  ajralib  qoladi  va  shu  sabab  orqali  byurokrat 
boshqaruvchilar  tashkiloti  vujudga  kelishi  mumkin.  O‗z-o‗zidan  tabiiyki 
bu  jarayonlar  tufayli  ishchilar  o‗zlarining  mehnatlaridan  manfaatdorlikni 
his qilmaydilar. 
Mazkur  tahminlarning  aksariyati  o‗z  isbotlarini  topdilar.  Ayniqsa 
mustamlakachilik  davrida  bizning  diyorda  sohta  birdamlik  asosida 
kooperatsiyalashtirish  ko‗plab  salbiy  oqibatlarni  keltirib  chiqardi. 
Mehnatning ijtimoiy taqsimoti va kooperatsiya niqobi ostida bizning xudud 
hom-ashyo etishtiradigan respublikaga aylandi. Jamiyatimizda tub ma'noda 
birlashma jarayoni faoliyat ko‗rsatmadi. 
 
Yüklə 25,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin