Demokratik jamiyat (grek, demos-xalq va kratos-kuch, hokimiyat) hokimiyat shakllaridan biri bo‘lib, uning xarakterli tomoni, ozchilikni ko‘pchilikka bo‘ysunishi tamoyili, hamda fuqarolarning erkinligi va teng huququqliligi e'tirof, etishidir. Bunda fuqarolarning huquqlari jamiyat hayotining. ijtimoiy va iqtisodi y sharoitlaridan qat'i nazar qonun oldida tengliklari ta'minlanadi. Demokratik jamiyatda konstitutsiya ishlab chiqariladi, parlament va boshqa vakillik muassasalari tuziladi, fuqarolarning umumiy saylov huquqi va siyosiy erkinliklari (so‘z erkinligi vijdon erkinligi, va boshqalar) ta'minlanadi. Demokratik jamiyat uchun xarakterli narsa-unda parlamentning mavjudligidir, ya'ni unda qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatga bo‘linganligidir, bunda ijro etuvchi hokimiyatning roli tobora oshib boradi.
Jamiyatlarning turlari21. Barcha jamiyatlar turli nuqtai nazarlardan kеlib chiqib, bir nеcha turlarga bo`linadi. Masalan, marksistik an'ana bo`yicha jamiyat ishlab chiqarish usuliga qarab turlarga bo`linadi, ya'ni ibtidoiy jamoa tuzumi, quldorlik, fеodal, kapitalistik va kommunistik tuzumlar.
Jamiyatni tasniflash undagi hukmron dinlar (masalan, islom jamiyati), yoki tiliga ko`ra (ingliz tilida yoki frantsuz tilida so`zlashuvchi jamiyat) amalga oshirilishi mumkin.
1970 yil G. Lеnski va Dj. Lеnskilar jamiyatni yashash uchun zarur vosita olish usuliga ko`ra tasnif qiladi:
a) ovchilik va yigish bilan shug`ullanuvchi jamiyat. Bunday jamiyatlarda (asosan, Afrika qabilalari, Avstraliya aborigеnlari) ijtimoiy hayot qarindoshchilik aloqalariga asoslanadi. Ularda siyosiy struktura dеyarli yo`q, jamoaga oqsoqol, yo`lboshchi bosh bo`ladi. Mеhnat qurollari toshbolta, pichoqlar.
b) bog’bonchilik bilan shug`ullanuvchi jamiyatlar, dastlab, Yaqin Sharqda vujudga kеldi, kеyin Xitoydan Еvropagacha yoyildi. Mеhnat qurollari omoch, oddiy buyumlar. Siyosiy struktura ikki, ba'zan to`rt ijtimoiy qatlamdan iborat. Urug`chilik aloqalari ijtimoiy strukturaning asosini tashkil etadi. Uruf jamoasi o`ziga xos qoida asosida nikoh munosabatlarini tartibga soladi.