Sotsiologiyaa


Sotsiologiya fanining kategoriyalari, ilmiy atamalari



Yüklə 4,54 Mb.
səhifə72/279
tarix24.12.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#192352
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   279
SOTSIOLOGIYA

Sotsiologiya fanining kategoriyalari, ilmiy atamalari.
Bular:
-ijtimoiy munosabatlar
-stratalar
-jamoalar
-madaniyat
-tendensiya
-jamoatchilik fikri
-shaxs va boshqalar
Bu ilmiy atamalardan tashqari sotsiologiya fanining o`ziga xos fan mohiyatini ochib beruvchi kategoriyalaridan ham keng foydalaniladi.
Bular:
Anketa
Intervyu
Kuzatish
Eksperiment
Xujjat
Test
Sotsiologik tadqiqot va boshqalar

I.3.Sotsiologiyaning fanlar tizimidagi tutgan o`ziga xos o`rni va boshqa fanlar bilan o`zaro bog`liqligi.
Sotsiologiya fani birinchi guruhga bog’liq bo’lgan, bevosita siyosatning o’zini o’rganuvchi fanlar: 1) Siyosat falsafasi, 2) Siyosiy institutlar to’g’risidagi ta`limot. 3) Xalqaro siyosat nazariyasi, 4 ) Siyosiy tarix kabi fanlar bilan uzviy aloqada faoliyat yuritadi. Shuningdek, Sotsiologiya fani ikkinchi guruhdagi siyosatga yondosh fanlar bilan ham bevosita bog’liq. Ular: 1) Siyosiy sotsiologiya. 2) Siyosiy psixologiya. 3) Siyosiy antropologiya. 4) Siyosiy geografiya. 5) Siyosiy astrologiya fanlari bilan chambarchas bog’lanib ketgan. Masalan, Siyosiy sotsiologiya - siyosat va jamiyat, ijtimoiy tuzum va institutlar, jarayonlar o’rtasidagi o’zaro aloqadorlik to’g’risidagi fan bo’lib, u bevosita sotsiologiya bilan jamiyat rivojlanishi qonuniyatlarini birgalikda tahlil qilishda muhim ahamiyatga ega.
Sotsiologiya va siyosatshunoslik: Sotsiologiya fani siyosatshunoslik fani bilan uzviy aloqada bo`ladi. Sotsiologiya siyosatshunoslik uchun jamiyatda mavjud bo`lgan guruhlar o`rtasidagi munosabatlarga doir ko`plab ma`lumotlarni tayorlaydi va ynga etkazib beradi. Sotsiologiya o`zining 2 yo`nalishi orqali siyosatshunoslik fani bilan yanada bog`lanadi:
a)Sotsiologiya va siyosat
b)Sotsiologiya va siyosiy munosabat
Siyosiy sotsiologiya tushunchasi bizga ijtimoiy siyosatni, ijtimoiy hayotning siyosiy oqimini, ichki siyosatining ijtimoiy yo`nalganligini anglatadi. Sotsiologiya sistemasida siyosat sotsiologiyasi, davlat sotsiologiyasi , hokimiyat sotsiologiyasi , siyosiy munosabatlar sotsiologiyasi kabi yirik predmetlarning alohida predmeti sifatida mavjudligi bejiz emas.
Sotsiologiya va siyosatshunoslik fani ham siyosatning ijtimoiy muhitga qiladigan ta`sirini o`rganadi. Ammo siyosatshunoslik fanidan sotsiologiyaning farqi siyosiy sotsiologiya jamiyat a`zolarining ijtimoiy hayotida yuz beradigan o`zgarishlarga qanday munosabatda bo`lishini hamda mehnat jamoalari, aholi turli qatlamlarinig fikr mulohazalarini umumlashtirish asosida xulosalar qiladi.Siyosiy sotsiologiyada qilingan xulosalar asosida amaliy ko`rsatkichlarga, matematik hisob – kitoblaga asoslanadi.
Ijtimoiy va gumanitar fanlar tizimida sotsiologiya alohida o’rinni egallaydi. Bu bir nechta holatlar bilan belgilanadi:

  1. U jamiyat haqidagi, uning hodisalari va jarayonlari haqidagi fan hisoblanadi.

  2. U o’z ichiga umumiy sotsiologik nazariyalarni yoki hamma ijtimoiy- gumanitar fanlarning nazariya va metodologiyasi hisoblangan jamiyat nazariyasini oladi.

  3. U jamiyat va inson hayotiy faoliyatining turli tomonlarini o’rganuvchi ijtimoiy-gumanitar va sotsial sohani o’z ichiga oladi. Ya`ni, sotsiologiya - hayotning u yoki bu sohasini tadqiq etuvchi qonuniyatlardir.

  4. Inson va uning faoliyati, texnik va uslubiy jihatdan o’tkazilgan sotsiologik tadqiqotlar, gumanitar va ijtimoiy fanlar tomonidan zaruriy jihatdan o’rganiladi va hisobga olinadi.

Falsafa, iqtisodiyot, tarix, siyosatshunoslik, psixologiya fanlari sotsiologiyaning shakllanishiga samarali ta`sir ko’rsatadi.

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   279




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin