5-rasm. Ikki pog‘onali vakuumli shnek-press
ELM liniyasida atir sovun asosiga ishlov berish texnologik chizmasi (6-rasm). Atir sovun asosi (1) sovun yig‘gichdan (2) ta’minlovchi nasos yordamida (3) filtr orqali (4) ta’minlovchi idishga haydaladi. U yerdan (5) me’yorlovchi nasos orqali (6) issiqlik almashuv kolonkasiga yuboriladi. Bu yerda 80-85 0C dan 120-1600C gacha isitiladi. Qizdirilgan sovun 0,5 MPa bosim ostida (7) vakuum-quritish kamerasiga kelib tushib, forsunkalar orqali purkaladi. Kameradagi qoldiq bosim 15-40 mm sim.ust. ga teng. Sovun qirindisi vakuum ostida ishlaydigan (8) ikkilamchi shnek-pressga kelib tushadi. U yerda sovunli kirindi ikki marta zichlanadi, plastiklanadi quritiladi, panjaradan siqilib chiqib, pichoqlar yordamida mayda donalarga kesiladi. Sovunli vermishel (19) bunkerga yuboriladi.
Bug‘ gazli aralashma birinchi siklonga borib tushadi, u yerda markazdan qochma kuch ta’sirida va tezlik farqida sovunli chang ajralib, siklonning pastki qismiga o‘tirib qoladi va (11) shnek-press yordamida chiqarib yuboriladi. So‘ngra bug‘ gazli aralashma (12) nazorat sikloniga uzatilib, u yerdan (13) barometrik sovutgichga yuboriladi. Sovutgichda 14-160C li sovuk suv bilan aralashadi. Suv barometrik quvur orqali (15) quduqqa oqib tushadi. Kondensatsiyalanmagan gazlar va havo (17) vakuum-nasos yordamida, (14) tomchi ajratgich va (16) tutgich orqali so‘rib olinadi.
Sovunli kirindi (19) bunkerdan (20) shlyuzli zatvor orqali (21) aralashtirgich shnek-pressga kelib tushadi. U yerda hid beruvchi moddalar, bo‘yoqlar bilan yaxshilab aralashib, zichlanadi, panjaradan siqilgandan so‘ng pichoq bilan kesilib, vermishel hosil bo‘ladi. Vermishel (22) transporter orqali (23) ikki pog‘onali vakuum shnek-pressga uzatiladi. U yerda oxirgi ishlov beriladi va u yerdan to‘rt qirrali brusok holida siqib chiqariladi.
Dostları ilə paylaş: |