Soxibaxon ped texnologiya doc



Yüklə 5,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/122
tarix16.12.2023
ölçüsü5,2 Kb.
#182216
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   122
Pedagogik texnologiya O\'quv qo\'llanma Mirhayitova Soxibaxon

Hamkorlik pedagogikasi
XX asrning 80-yillarida rivojlana boshladi va
ta`limdagi ko`pgina innovatsion jarayyonlarni hayotga chorladi. “Hamkorlik
pedagogikasi” texnologiya negizida taniqli rus va chet el pedagoglarning tajribasi
yotadi. Ular:
- K.D.Ushinskiy, N.I.Piragov, L.N.Tolstoy, V.A.Suxomlinskiy
- J.J.Russo, Ya.Korchak, K.Rodjers, E.Bern, S.T.Shatskiy
Hamkorlik pedagogikasi 4 ta asosiy yo`nalish bo`yicha amalga oshiriladi.
Shalva Aleksandrovich Amonashvili taniqli pedagog olim, amaliyotchi va
“Hamkorlik pedagogikasining” asoschisi. Shalva Aleksandrovich Amonashvili
7-rasm. “Hamkorlik pedagogikasi”ning asosiy yo`nalishlari


95
o`zining eksprimental maktabida hamkorlik pedagogikasini, shaxsiy yondashuvni, til
va matematika o`qitishning ajoyib metodikasini ishlab chiqdi va hayotga tadbiq etdi.
Sh.A.Amonashvilining asosiy maqsadlari:
-
bolaning shaxsiy xislatlarini namoyon qilish orqali unda olijanob insonning
shakllanishi, rivojlanishi va tarbiyalanishiga imkon tug`dirmoq;
-
bolaning qalbi va yuragini ulug`lamoq;
-
boladagi bilishga bo`lgan kuchlarni rivojlantirish va shakllantirish;
-
keng va chuqur bilim hamda malaka olish uchun sharoit tug`dirmoq;
-
ideal tarbiya-bu o`z-o`zini tarbiyalamoq
Sh.A.Amonashvili o`zining texnologiyasini amalga oshirish uchun quyidagi metodika
va metodik usullardan foydalandi:
-
insonparvarlik
-
shaxsiy yondoshuv
-
muloqot maxorati
-
oila pedagogikasining qo`shimcha imkoniyati
-
o`quv faoliyati
Sh.A.Amonashvili texnologiyasida bola faoliyatini baholash alohida ahamiyatga
ega. Baholardan foydalanish o`ta cheklangan. Miqdoriy baholashdan ko`ra sifatli
baholashga urg`u beriladi, ya`ni tavsif, natijalar paketi, o`z-o`zini baholash.

Yüklə 5,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin