Soxibaxon ped texnologiya doc



Yüklə 5,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/121
tarix27.09.2023
ölçüsü5,19 Mb.
#149409
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   121
Pedagogik texnologiya O\'quv qo\'llanma Mirhayitova Soxibaxon

fiziologik asosi
ta`lim oluvchilar-ning turli
yoshdagi fiziologik xususiyatlarini hisobga olishdan iborat. Bunda o’gil va qiz
bolalar fiziologiyasidagi farqlar aloxida xisobga olinishi lozim. Pedagogik
texnologiya jarayonida fiziologik talablarni hisobga olish sog’lom avlodnivoyaga
etkazishning zaruriy sharti hisoblanadi.
Pedagogik texnologiyaning
gigienik asosi
ta’lim-tarbiya jarayonida
salomatlikni saqlash talablariga rioya qilishdan iborat. Bunda turli zararli va ortiqcha
ta’sirlarni bartaraf qilish, o’quv sharoiti: yoritilganlik, harorat, havoning toza-ligi,
ta`lim oluvchining va o’qituvchining ish o’rni, jihozlar, o’quv nagruzkalarining
me’yorlari, didaktik vositalarning qulayligi, sifati va shu kabilar tibbiyot,


15
fiziologiya, ergonomika, ekologiya talablariga, insonparvarlik va xalqparvarlik
g’oyalariga muvofiq bo’lgan ilmiy asoslarda belgilab boriladi.
Bu talab va me’yorlarga rioya qilish pedagogik texnologiyani amaliyotga tatbiq
etish imkoniyatini yaratadi. Bu masalalarni o’rganish bilan maktab gigienasi fani
shug’ullanadi.
Pedagogik texnologiyaning
mafkuraviy asosi
uning milliy istiqlol g’oyasi va
mafkurasi tamoyillarini o’zida mujassam etishi va ularni amalga oshirishga
yo’naltirilgan bo’lishidan iborat. Bunda barkamol insonni shakllantirishda
mafkuraviy tarbiyaning fidoyi, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvori bilan
boshqalarga ibrat bo’ladigan, bilimli, ma’rifatli, ijtimoiy faol insonni voyaga
etkazishdan iborat asosiy vazifalarni amalga oshirib borishi har bir pedagogik
texnologiya uchun dolzarb masalalardan hisoblanadi.
Pedagogik texnologiyaning
huquqiy-me’yoriy asosi
ta’lim-tarbiya
jarayonini tashkil qilish va amalga oshirishga doir qonunyy va me’yoriy hujjatlar
bilan belgilanadi. Bular O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi,
„Ta’lim
to’g’risida"gi qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Davlat ta’lim standartlari,
o’quv reja va dasturlar, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining ta’lim-tarbiya
sohasiga tegishli Farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Xalq ta’limi
vazirliginingqaror va buyro`qdari, ular asososida tayyorlanib, o’rnatilgan tartibda
tasdiqlangan nizomlar, ustavlar va boshqa me’yoriy hujjatlar hisoblanadi. Pedagogik
texnologiya jarayoni ishtirokchilari ushbu huquqiy-me’yoriy asoslarni tegishli
darajada bilishlari va amalga oshirib borishlari lozim.
Pedagogik texnologiyaning iqtisodiy asosi ta’lim menejmenti xulosalari va
marketing tadbikotlari natijalariga muvofik belgilanadi. Pedagogik texnologiya
ijtimoiy soxadagi faoliyat bulgani sababli uning iqtisodiy samarasi o`ziga xos
tartiblarda aniqlanadi va ta’minot masalalari xal kilib boriladi. Pedagogik
texnologiya iqtisodiy asosining mustaxkam bo`lishi uni amaliyotda davom ettirish
uchun zaruriy shart xisoblanadi.
Pedagogik texnologiyaning

Yüklə 5,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin