Soxibaxon ped texnologiya doc



Yüklə 5,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə116/121
tarix27.09.2023
ölçüsü5,19 Mb.
#149409
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   121
Pedagogik texnologiya O\'quv qo\'llanma Mirhayitova Soxibaxon

4-vaziyat
. O’rta guruh bolalari kechqurun aylanishga to’planadilar. SHohruh va
Maftunalarning kiyim-kechak javonchalari yonma-yon joylashgan. Bu ikki bola
urishadilar, bir-birlariga xalaqit qiladilar. Vaziyatni yengillashtirish maqsadida
tarbiyachi, bolalarga qulay bo’lishini ko’zlab stulchalarni uzoqlashtiradi, lekin bolalar
tortishuvni davom ettiradilar.
Keysga savol- vazifa:
Nima qilish kerak?
1-variant
. SHohruhga haqiqiy janob sifatida qizchaga joyni berishni taklif etish.
Unga haqiqiy erkaklar o’zlarini xuddi shunday tutadilar, deb aytish.
2-variant
. Maftunaga urishmaslikni, o’zining narsalarini olib boshqa joyga
o’tishni taklif etish.
3-variant
.
Agar bolalar javonchalar uchun doimo urishayotgan bo’lsalar, u
javonchalarining joyini “almashtirib qo’yish”ga harakat qilib ko’rish.
5-vaziyat
. Bog’cha bolalari ota-onalarini bolalar maydonchasida kutib oladilar.
Ota-onalar kelgunlariga qadar bolalar “Quvlash-machoq” o’ynaydilar. SHohruh va
Muxlisa yugurish mobaynida to’qnashib ketadilar va bir-birlariga tashlanishadilar.
Muxlisa yig’lab tarbiyachi oldiga keladi va SHohruh itarib yuborganini aytadi.
Keysga savol- vazifa:
Bu vaziyatda qanday yo’l tutish kerak?
1-variant
. Bolalarga avvaldan o’yin qoidalarini, shuningdek, o’yin mobaynida
rioya etiladigan xavfsizlik qoidalarini tushuntirish lozim. Yugurayotgan bolalar
oldilariga qarab yugurishlari va boshqa bolalar bilan to’qnashib ketmasliklari uchun
ulardan o’zlarini olib qochishlarini aytish kerak.
2-variant
. Agar to’qnashuv sodir bo’lgan bo’lsa, aybni boshqaga to’nkash kerak
emas. Ikkalangiz aybdorsiz, chunki oldingizga qaramagansiz, deb o’yinni to’xtatish va
bolalarni tinchlantirish lozim.


192
3-variant
.
Bu holat qanday sodir bo’lganligini aniqlash uchun o’ynayotgan
boshqa bolalarga murojaat qilish zarur. Bolalarni tinchlantirish va yupatish, so’ngra
yugurish mobaynida rioya etila-digan o’yin xavfsizligini eslatish kerak.

Yüklə 5,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin