155
5.36- rasmda ko‘rsatilgan kommutatsiya sxemaning oddiy tuzilmasini
ko‘rib chiqamiz.
5.36- rasm. V- F kommutatsiya sxemasi
Sxema faqat ikki zvenodan: vaqt va fazo kommutatsiyasi zvenolaridan
iborat. Vaqt kommutatsiyasi zvenosining asosiy funksiyasi, bu talab
qilingan chiquvchi kanalga mos keluvchi vaqt oralig‘ining vaqti kelgunga
qadar, kiruvchi kanallarga mos keluvchi vaqt oraliqlari davomida keluvchi
axborotni ushlab qolishni ta’minlashdir. Bu paytda axborotni ushlab qolish
mos chiquvchi trakt- ga fazoviy kommutatsiya zvenosi orqali o‘tadi.
Ushbu misolda 1- trakt bo‘yicha 3- vaqt oralig‘i davomida kelayotgan
axborot- ni ushlab qolish vaqti, 17- vaqt oralig‘i kelmagunga qadar davom
etadi. Teskari ulanishda N - trakt bo‘yicha 17- vaqt oralig‘i davomida
kelayotgan axborot navbat- dagi davrning 3 - vaqt oralig‘i kelmagunga
qadar ushlab qolinadi.
Shuni ta’kidlash lozimki, vaqt kommutatsiyasining zvenosi axborotni
bitta vaqt oralig‘idan to‘la davrgacha bo‘lgan diapozonda ushlab qolishi
mumkin.
Fazoviy kommutatsiya zvenosini unga mos ravishda boshqaruvchi
xotira (BX) boshqaradi, u davrning har bir vaqt oralig‘i davomida vaqt
yaratilishi lozim bo‘lgan kommutatsiya zvenosining konfiguratsiyasini
(shaklini) aniqlash uchun zarur bo‘lgan axborotdan iborat. Zarur
boshqaruvchi axborot vaqt bo‘yicha ajratilgan analogli kommutatsiya
VK-XQ
VK-XQ
VK-XQ
1
2
N
Dostları ilə paylaş: