204
RSA ikki polka ko‘rinishida, ya’ni RSP va RSB ko‘rinishida
chiqariladi. RSB variantida, hamma RSA, DRV va ASL bitta polkada
o‘rnatiladi
RIM da AL polkasi, uzatish tizimi, abonent krossi, akkumulyator
batareyasi, elektr manba ta’minotining birlamchi bloki va boshqa
yordamchi qurilmalar joylashadi. U oddiy chaqiriqqa ishlov beradi,
ma’lumotlar uzatish, 2B+D va h.k. xizmatlarni bera oladi.
RIM ga AL elektrik interfeysi orqali ulanadi. Tarmoqqa esa, optik
interfeys orqali ulanadi. RIM optik signalga ishlov beradi, hamda
abonentlarga xizmat ko‘rsatish uchun interfeys beradi.
RIM ning funksiyalari: optik - elektrik va elektrik - optik o‘zgartirish,
multipleksorlash/demultipleksorlash, protokollarga ishlov berish, texnik
xizmat ko‘rsatish va h.k. lardir.
RIM bera oladigan interfeyslar:
-
analog abonent liniya (AL) interfeysi ASL;
-
raqamli abonent liniya (AL) interfeysi DSL (2B+D);
-
ma’lumotlar uzatish tarmog‘i DDN abonent interfeyslari
V.24/V.35 (DTU);
-
30B+D/E1 interfeyslari (RSP) (liniyalarni ijaraga olish);
-
DDN abonenti sub tezlikli interfeysi (SRX);
-
tonal chastotali 2/4 simli liniya interfeysi (VFB);
-
atrof muhit va qurilma parametrlari monitoringi platasi (YeSC).
RIM bino ichida va tashqarisida ishlatish uchun bajarilgan bo‘lishi
mumkin.
RIM abonenti ulash imkoni tizimni yoyish jarayonini tezlashtiradi.
Uni o‘rnatishni tezroq, ishonchliroq, tejamliroq qiladi va o‘rnatish vaqtini
kamaytiradi. Bu atrof muhit yomon bo‘lgan sharoitda o‘rnatish uchun
ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: