7.6.1. Muvaffaqiyatli bog‘lanishni o‘rnatish algoritmi
Muvaffaqiyat bilan tugaydigan bog‘lanishlarni o‘rnatish algoritmiga
7.12 - rasmda keltirilgan misolni ko‘rib chiqamiz.
1) Chaqiruvchi abonent trubkani ko‘taradi va ATSdan «Stansiya
javobi» akustik signal javobini eshitadi.
2) Chaqiruvchi abonent chaqiriluvchi abonentning telefon nomerini
(impulsli terishda) teradi. ATS 7- son UKS Softswitch1 protokolining
moduliga boshlang‘ich adresli xabar IAM uzatiladi. U adresat nomerining
raqamini (yo barchasini yoki marshrutlash uchun zarur bo‘lgan miqdorda)
o‘z ichiga oladi. Unda o‘rnatiladigan bog‘lanishlarning xarakteri (aks -
sado ajratgich bo‘lganda yoki bo‘lmaganda, yo‘ldoshli kanalning
bog‘lanishida mavjudligi va boshqalar), bog‘lanishning xarakteri
to‘g‘risidagi axborot va unga qo‘yiladigan spetsifik talablar (masalan,
244
axborotni to‘g‘ridan - to‘g‘ri uzatish zarurligi va ushbu uzatish usuli),
chaqiruvchi tomon toifasi va boshqalar uzatiladi.
Bundan tashqari, IAM adresli xabar majburiy parametr – chaqiruvchi
abonent raqamini o‘z ichiga oladi (o‘zgaruvchan uzunligi 4 - 12 bayt).
Chaqiriluvchi abonent nomeri raqamining tahlili keyingi yo‘nalishni
belgilaydi. IAM xabardagi qolgan axborotning tahlili axborotni etkazib
berish vositasining tavsifi tanlanishini belgilaydi, masalan, kanal 64 Kbit.
Chaqiruvchi abonent nomeri to‘lovni keyinchalik hisoblash uchun
o‘zaro hisob kitob serverlaridan foydalaniladi. Softswitch1 MGC
boshqarish qurilmasi adresli axborotni E.164 IP - adresga o‘zgartirish va
chaqiruvni marshrutlash amalga oshiriladi.
Izoh. Softswitch1 yoki Softswitch2 tushunchasi ostida tegishli server
tushuniladi.
245
Н.323 terminali
Dostları ilə paylaş: |