So’z boshi



Yüklə 1,84 Mb.
səhifə11/27
tarix07.01.2024
ölçüsü1,84 Mb.
#201218
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   27
Yunon rum kurashi uslubiy qo\'llanma

0 ’z-o ’ini tekshirish uchun savollar:

  1. Yunon-rum kurashida tasniflash, tizimlashtirish va atamalar nima uchun zarur?

  2. Yunon-rum kurashida tasniflash deganda nimani tushunasiz?

  3. Yunon-rum kurashida tizimlashtirish deganda nimani tushunasiz?

  4. Yunon-rum kurashida atamalar deganda nimani tushunasiz?

Yunon-rum kurashida asosiy texnik usullaming tasnitiy sxemasi yordamida nimani o’rganish mumkin?

  1. Tik turgan holatdagi texnik usullar qanday guruhlarga ajratiladi?

  2. Parter holatdagi texnik usullar qanday guruhlarga ajratiladi?

  3. Usul, himoya, qarshi usul va kombinatsiyalarga t i ’rif bering.

Foydalanilgan adabiyotlar ro 'yxati:
Атаев А.К. Средства и методи подготовки подростков и юношей по борьбе кураш. Т , 1982.
Галковский Н.М.. Катулин А.З., Чионов Н.Г. Борьба классическая и вольная. М., 1952.
Галковский Н.М., Керимов Ф.А. Вольная борьба. Т., 1987.
Кожарский В.П., Сорокин Н.Н. Техника классической борьбн. М., ФиС, 1978.
Купцов А.П. Эволюция и применение классификации, систематики и терминологии спортивной борьби. М., 1980.
Петров Р., Добрев Д., Берберов Н., Макавеев О. Свободна и классическа борьба. София, 1977.
Спортивная борьба. Учебник для ИФК. Под рец. Н.М. Галковского и А.З. Кат}'лина. М., 1968.
Спортивная борьба. Учебник для ИФК. Под ред. А.П. Купцова. М., 1978. Тастанов Н., Абдиев А„ Боймуродов И. Греко-римская борьба. Т., 2007.


YUNON-RUM KU R SH IDA G IASO SIY HOLATLAR
Yunon-rum kurashida bellashuv tik turgan holatda va parter holatida olib boriladi. Mazkur holatda kurashchilar har xil hujum, himoya va qarshi hujum harakatlarim amalga oshirishlari mumkin.
Tik turgan holatda - frontal. o’ng va chap tomonlama turish mumkin hamda
ularning har biri yuqori. o’rta, past holatga bo’linadi. Kurashchilar ko’pincha o’rta va yuqori holatdagi tik turishda bellashuvni olib borishadi.
0 ’ng tomonlama tik turish holatida kurashchining o’ng oyog’i chap oyog’iga
nisbatan oldinda bo’ladi (1-rasm). Chap tomonlama tik turishda uning aksi. ya’ni chap oyoi o’ng oyoiga nisbatan oldinda bo’ladi. Frontal tik turish holatida - kurashchining oyoqlari raqibga nisbatan bir chiziqda bo’ladi (2-rasm).

Kurashchining yuqori holatdagi tik turishi - umurtqa poonasini bukmasdan, boshni yuqori ko’tarib va raqib ustidan nazorat qilib, faqatgina oyoqning tizza qismi bukilishi mumkin va qo’llaming harxil harakati ko’zga tashlanadi.


Kurashchining o’rta holatdagi tik turishi - umurtqa poonasi sezilarsiz darajada bukilib, boshni raqibga qaratib, oyoqning tizza qismini bukib va qo’llar bilan har xil harakatlar ko’zga tashlanadi.
Kurashchining past holatdagi tik turishi - umurtqa poonasi sezilarli darajada bukilib, boshni raqibga qaratib, oyoqning tizza qismini bukib va qo’llar bilan har xil harakatlar ko’zga tashlanadi (3-rasm).
Tik turgan holatda quyidagi masofalar mavjud - uzoq (3-rasm), ushlamasdan (4' rasm), o’rta (2-rasm) va yaqin (1-rasm)

Kurashchi har qanday tik turish holatida bo’lgar taqdirda ham o’ziga qulay vaziyatni tanlab, o’zining og’irlik markazini nazorat qilib, oyoq va qo’llar bilan oldiga qo’ygan vazifalarni bajarish uchun harakatlarni aniq bajarishi maqsadga muvofiqdir.


Kurashchi har xil harakatlar ta’sirida, ya’ni gilam bo’yi harakatlanib, oldinga, orqaga va yon tornonlarga harakatlanib, shu bilan bir qatorda raqibning ta’sirida muvozanatini doimiy ravishda yo’qotishi va tiklashi mumkin. Yo’qotilgan muvozanatni raqib o’z foydasiga qo’llamaslik uchun kurashchi gilam bo’yi to’g’ri harakatlanishi lozim. Mazkur harakatlarni shug’ulla-nuvchilarga boshlang’ich davrda, ya’ni bazaviy bilimlami berish davrida o’rgalish zarur. Namuna uchun - oyoqlar bilan qadam tashlab oldinga, orqaga, yon tomonlarga harakatlanish. Bu harakatlarni raqib bilan va raqibsiz, qarshiliksiz va qarshilik bilan amalga oshirish mumkin.
Bellashuv tik turgan holatdan yotgan holatda davom etishi niumkin. Mazkur holatdagi betlashuv - parter holatidagi bellashuv deb ataladi. Parter holati - kurashchimng qo’ Uar va tizzalar bilan gilamga tiralib, yoki qoMlar bilan tiralib va qorinda yotishdir. Shu sababdan parter holati ikkiga bo’linadi - yuqori (5-rasm) va past (6-rasm). Parter holatida asosan past holatda beila;huv olib boriladi. Bellashuv
paytida kurashchiga ogohlantirish yoki salbiy baho berilganda yuqori parter holatida turadi va hakamning xushtagidan keyin mazkur holatdan yuqoriga tik turishi yoki pastki parterga turishi mumkin.

Kurashchining xavfli holati - kurashchining ikki kuragi bcryicha o’tkazilgan vizual chiziq gilamga nisbatan 90° dan kam burchak hosil qilgan holat. Xavfli holatdan chiqish uchun kurashchi ko’prik yoki yarim ko’prik holatida turishi mumkin. Ko’prik holatida kurashchining ikki tovoni, peshonasi va qo’llari gilamga teskari tiralib turadi (7-rasm). Yarim ko’prik holatida kurashchi yuqoridagidek holatda, iekin bunda yuzi bilan bir tomonga qarab, yuzi bilan qaragan tomondagi yelkasi va yonboshi gilamga tegib turadi (8-rasm).





Yüklə 1,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin