So’z boshi



Yüklə 1,84 Mb.
səhifə2/27
tarix07.01.2024
ölçüsü1,84 Mb.
#201218
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Yunon rum kurashi uslubiy qo\'llanma

YUNOIN-RUM KURASHINING PAYDO BO’LISHI VA RIVOJLANISHI
Yunon-rum kurashi eng qadimgi sport turlaridan biri bo'lib juda qiziqarli va yorqin tarixga ega. Qadimgi inson ko'p ming yillar davomida yashash uchun kurashishda hujum va himoyalanish harakatlaridan to zamonaviy kurash turlari visullariga yaqin bo’lgan, moslashtirilgan harakatlargacha qiyin yo’lni bosib o’tgan.
O'troq hayot boshlanishi bilan xalqlarning jismoniy tarbiyasida jangovor tayyorgarlikka xos bo’lgan va birinchi navbatda har xil yakkakurash turlari oldingi qatorga qo’yilgan. Qadimgi insonning muntazam yashash joylarida ov qilish sahnalari bilan bii qatorda kurashayotgan kishilaming tasviri paydo bo’la boshladi. Misr ehromlari devorlarida ko’rinishiga qaraganda mukammal texnikaga ega bo’lgan kurashchilaming tasvirlari topilgan. Taxminan е.а. 2800 yilda tayyorlangan bronzali haykal belbog’li kurashning eng qadimgi yodgorligi hisoblanadi. Uning asosida raqibni chirmab olishning og’riq beruvchi usul yotadi.
Qadimgi Hindistonda har xil yakkakurash turlari keng tarqalgan. Mahalliy aholi sog'lomlashtirish gimnastika, raqs va qurolsiz o’z-o’zini himoya qilish sohasida qimmatbaho an’analarni ehtiyotlik bilan saqlab kelgan. Qadimiy hind qo’lyozmalarida betlashuv va yakkakurashning shunday shakllari haqida ta’kidlanadiki, bunday bellashuvlaming uslubi raqibga qo’l yoki oyoq bilan qulatuvchi qattiq zarba berish. shuningdek. bo’g’ish usullarini qo’llash bilan tavsiflanadi.
Qadimgi Xitoyda jismoniy tarbiyaning birinchi paydo bo’lishi е.а. 3 ming yillikning boshiga to’g’ri keladi. Taxminan е.а. 2698 yilda “K.UNFL1” deb nomlangan kitob yozilgan, unda birinchi bor xalqlar o’rtasida keng tarqalgan davolovchi gimnastika. massaj, kasalliklardan forih etuvchi raqslar, shuningdek, jangovor raqslaming tasnifiy ta’riflari tizimlashtirilgan.
Shuni ta'kidlash muhimki, qadimgi Xitoy jamiyati, o'sha davming falsafiv qarashlariga asoslanib. o’sib kelayotgan avlodning axloqiv tarbiyasiga, yoshlaming irodasi hamda xarakterini shakllantirishga katta e’tibor qaratgan. Agar bellashuv jarayonida biron-bir kurashchi qo’pollik qilsa yoki qoida buzsa. unda hakamlar va tomoshabinlar bu kurashchini “svao szan” deb qoralaganlar. Bu so’z jamiyatning yuqori darajada nafratlanishini anglatidi.
Hamma davrlar hamda xalqlarning dostonlari kurashning jismoniy tarbiyaning muhim elementi. jismoniv mashqlarning eng ommabop xalq turlari sifatida keng tarqalganligi to"g’risida guvohlik beradi.
Jismoniy tarbiya va kurashning rivojlanishida qadimgi Yunoniston alohida o’rin tutadi. Eramizdan avvalgi IX-VIII asrlarda qadimgi Yunonistonda jismoniy tarbiva tizimi yaratildi va u hozircha o’z ahamiyatini yo’qotmagan. Maxsus maktablarda tajribali o’qituvchilar kurash, shuningdek, qisqa masofalarga yugurish, uzunlikka sakrash, nayza va disk uloqtirishlardan tashkil topgan dastur bo’yicha bolalar tayyorgarligiga alohida e’tibor berganlar. Shu bilan birga shug’ullanuvchilar qo'l jangini olib borish. toshlar uloqtirish malakasini egallab bcrganlar.
Qadimgi Yunonistondagi kurash texnikasi va uning rivojlanishi to’g'risida ko’p
sonli haykallar, anifbralar hamda vazalardagi tasvlrlar, qadimiy shoirlar asarlari, tarixchilar, faylasutlar - Gomer, Pindar, Platon va boshqalarning ishlari guvohlik beradi. Masalan, Gomerning •‘Iliada”sida (eramizdan avvalgi IX-VIII asrlar) Ayaks va Odissey o’rtasidagi bellashuv shundav bayon etiladi: “Kurashchilar belbog’larini taqib, maydon o’itasiga chiqdilar hamda qo’llari bilan mahkam chirmashib, bir-birlarini o’rab oldilar. Kuchli quchoqlashish ostida qahramonlarning gavdalari qirsilladi. zo’riqdi va ulardan ter quyila boshladi. Kurashchilar gavdasidan qonlar chizib chiqa boshladi, lekin ular bellashishni davom ettiraverdilar”.
Kurashning boshqa jismoniy mashqlar bilan bir qatorda san’atga tenglashtirilishi o’sha davrning o’ziga xos xususiyati edi. Kurash bilan o’sha davrning yirik vakillari - olimlar, shoirlar,davlat arboblari, sarkardalar shug’ullanganlar.
Qadimgi Yunoniston Olimpiya o’yinlari vataniga aylandi (eramizdan avvalgi 766 y.). Birinchi Oliinpiya o’yin!ari dasturiga kurash mustaqil sport turi (eramizdan awalgi 708 y.), shuningdek, maxsus beshkurashning tarkibiy qismi sifatida (eramizdan avvalgi 708 y. dan boshlab) kiritilgan.
O’sha davrdagi ko’pgina taniqli arboblar —matematik Pifagor, faylasuflar Evripid va Platon, Pindar hamda boshqalar Olimpiya o’yinlari g’oliblari bo’lishgan.
Yunonlarning har tomonlama jismoniy tarbiyalash tizimi o’rnini qadimgi Rimdagi aniq ifodalangan harbiy-jismoniy tarbiya egalladi. Bunda jangovor o’yinlar va safdagi tayyorgarlikka katta e'tibor qaratildi. Gladiatorlar jangi va jangovor aravachalarda musobaqalashish kabi lomoshabop o’yinlar katta o’rinni egallay boshladi. Yevropada feodal tuzumiing rivojlanish davrida (XI-XV asrlar) ritsarlar jismoniy tarbiyasi tizimi paydo bo’ldi. Har xil yakkakurash turlari (jumladan qurolsiz) uning ajralmas qismiga aylandi.
Talxofferning (1443-1467) kurash bo’yicha birinchi kitoblaridan biridagi o’quv
rasmlarida tasvirlangan harakatlar va qurolsiz o’z-o’zini himoya qilish usullari (ular Yaponiya samuraylarining “djiu-djitsu” kurashi texnikasini eslatadi) shu haqda dalolat beradiki, XV asrdan boshlab ritsarlaming juftlik harbiy mashqlari oddiy xalqning bizning kunlarimizgacha saijlanib qolgan an’anaviy kurash shakllaridan muhim daraiada farq qilgan. o’ rta asrlar yilnomasi. qo’lyozmalaridan ma’lumki, hamma yarmarkalar, to’ylar. diniy bayramlarda boshqa ko’ngilochar tomoshalar bilan bir qatorda albatta kurash musobaqalari o’tkazilgan.
Yunonlar jismoniv tarbiya tizimiga qaytish "Uyg’onish’’ davriga xosdir. Ushbu
davraing ideali - bu har tonwnlama rivojlangan, hayotning hamma sohalarida yuqori natijalarga erisha oladigan inson obrazidir. Buning natijasida italiyalik va nemis insonparvarlari yunonlar gimnastikasiga yana bir bor murojaat qilganlar. Italiyalik vrach X.Merkurialis o’zining “Gimnastika san'ati to’g’risida” deb nomlangan olti jildlik kitobida (1569 y.) qadimiy gimnastika ta'riflni bayon etgan. Shu davming o’zida Fabian fon Auersvaldning “Kurash san’ati” (1539 y.) kitobi paydo bo’ldi.
XVIII-XIX asrlarda milliylik xususiyati yorqin ifodalangan jismoniy tarbiya tizimlari yuzaga kela boshladi. Ulardan nemis jismoniy tarbiya tizimi Guni-Muts (1759- 1838). Vits (1763-1836) va Yan (1778-1852), shved jismoniy tarbiya tizimi - Ling (1776-1839), chex jismoniy tarbiya tizim i- Tirsh (1832-1884), daniya jismoniy tarbiya tizimi - Naxtegall (1777-1847), fransuz jismoniy tarbiya tizimi - F.Amoros (1770- 1847) va boshqalar tomonidan yaratilgan. Hamma milliy tizimlar tamoyillari va maqsadlari turlieha bo’lishiga qaramasdan, boshqa jismoniy mashqlar bilan bir qatorda xalq orasida eng ommabop bo’lgan kurash, qilichbozlik, yugurish, suzish, o’yinlarni o’z ichiga olgan.
XIX asrlarda Yevropada, ayniqsa, Fransiyada kurash bilan qiziqish qavta tiklana boshlandi. Aholi o’rtasida kurashga bo’lgan qiziqishning uyg’otiishi ko’p sonli professional kurashchilarning paydo bo’lishiga sabab bo’ldi. Ular sirklarda va yarmarkalarda o’z san’atlarini namoyish qilardilar. Muvaffaqiyatlar shunga yordam berdiki. shaharlarda alohida kurashchilar guruhlari paydo bo’la boshladi. Natijada professional kurashchilar o’rtasida shaxsiy birinchiliklar va Fransiya shaharlari, keyinchalik esa jahon chempionatlari o’tkazila boshlandi. Chempionatlarning vaxshi tashkil etilishi. ularning keng targ'ib qilinishi professional kurashga katta muvaffaqiyat keltirdi.
Asta-sekin fransuzlar kurashi boshqa Yevropa davlatlariga kirib bordi. Kurash keng ommaviylikka erishib borishi va geogratik jihatdan tarqalishi bilan bir vaqtda texniktomondan ham boyib bordi.
Qo’pol kurashchilarning bellashuvlari tomoshabinlar mehrini qozona olmadi, texnika. chaqqonlik va go’zallik yanada qadrlandi.
XVIII asr o'rtasida Parijda birinchi ixtisoslashgan kurash maydonlari ochildi, shuning uchun 1848 yil Fransiyada professional kurash rivojlanishining boshlanishi hisoblanadi. Bu yerga turli davlatlardan - Germaniya, Turkiya, Italiya, Rossiya, Shvetsiyadan turii turnirlar va chempionatlarda qatnashish uchun kurashchilar kelganlar. Shu tariqa bu sport turi xalqaro maydonda tanildi. Bu kurash turi Yevropaning hamma davlatlarida “transuzcha kurash” nomi bilan keng tarqaldi. Kurashnirig qadimgi Yunoniston, qadimgi Rimda rivojlanganligini hisobga olgan holda fransuzcha kurashga “Yunon-rum” kurashi nomi berildi. II bizning mamlakatimizda uzoq vaqt “klassik kurash" deb atab kelingan.
Olimpiya o’yinlari tiklanishi bilan 1896 yildagi Olimpiya o’yinlari dasturiga kurash ham kiritildi. 1898 yildan boshlab Yevropa ehempionati, 1904 yiidan esa jahon chempionatlari o’tkazib kelinadi.
1912 yilda havaskorlar o’rtasida kurash musobaqalarini kuzatish va o’tkazish bo’yicha Xalqaro qo’mita tuzildi. 1921 yilda mazkur qo’mita Xalqaro havaskorlar kurash federatsiyasiga (FILA) aylantirildi. U hozirda ham faoliyat ko’rsatib kelmoqda. FILA jahondagi eng nufuzli va yirik sport tashkiloti hisoblanadi. Hozirgi paytda u yuzdan ortiq sport kurashi bo’yicha milliy federatsiyalarni birlashtirgan.
O’zbek kurash maktabi tarbiyalanuvchilari xalqaro maydonda katta yutuqlarga erishganlar. Rustam Kazakov 1972 yildagi Olimpiya o’yinlari va 1969 yildagi jahon chempionatida g’a)aba qozongan. Aleksandr Doktorashvili 2004 yilda Olimpiva o’yinlari chempionligini qo’lga kiritgan, Kamil Fatkulin jahon chempionatlarining ko’p maita sovrindori bo’lgan, Dilsrtod Aripov 1999 yilda jahon chempioni bo’lgan.

Yüklə 1,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin