So'z boshi


-§. Legisaksion prosessi (jarayoni)



Yüklə 0,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/61
tarix02.01.2022
ölçüsü0,8 Mb.
#39366
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   61
rim huquqi (1)

3-§. Legisaksion prosessi (jarayoni)
 
Qadimgi Rim jamiyatining o'ziga xos xususiyatlaridan biri legisaksion 
jarayoni - rer legis actiones (per legis aksiones)ning hayotga tadbiq etilishidir va 
bu eng ko'p qo'llanilgan universal xarakterga ega bo'lgan sud jarayoni bo'lib 
hisoblangan.
 
Legisaksion prosessi qadimgi fuqarolik prosesslaridan biri bo'lib, bu 
prosess 2 bosqich in iure (in yure) va in iudicio (in yudikio) dan iborat bo'lgan.
 
Birinchi bosqichda huquqi buzilgan shaxs sudda ish qo'zg'atish haqida 
magistratga arz qiladi. Shikoyat qilgan shaxsning arizasi asosida uning davosini 
sudda ko'rilishi mumkinligi ko'rib chiqiladi.
 


Legisaksion jarayonida arizachilarning talablarini ko'rib chiqishlikning 
turli shakllari bo'lib, ular quyidagilardan tashkil topgan:
 
1.    Prosessda ishtirok etuvchi da'vogar va javobgarlarni aniqlash;
 
2.    Sudya tayinlashni talab qilish;
 
3.    Ma'lum pul miqdori va narsalarni talab qilish, garovga qo'yish yoki 
magistratga topshirib qo'yishlik.
 
Birinchi bosqichda taraflar magistratga kelib, o'zlari bilan nizoli ashyoni 
olib kelishgan.
 
Da'vogar nizoli ashyo ustiga tayoqcha yoki boshqa biror narsa qo'yib, shu 
ashyo(mulk) o'ziga tegishli ekanligini aytgan, javobgar uning gapini ma'qullasa, 
da'vo tan olingan deb hisoblangan bo'lib, ish mazmunan ko'rish bosqichiga 
o'tmagan va nizoli ashyo da'vogarga berilgan. 
 
Javobgar da'voni tan olmagan taqdirda, nizoga magistrat aralashgan. 
Magistrat aralashgandan keyin da'vogardan nima sababdan u nizoli ashyoni 
o'ziniki deb, hisoblashini so'raydi. Javobgar kviritlar huquqi bo'yicha ashyo unga 
qonuniy tegishli deb hisoblasa, da'vogar javobgardan biror narsani yoki nizoli 
ashyoni predmetini garovga qo'yishini taklif qiladi, bu javobgarning haqligini 
isbotlash uchun talab qilingan. Javobgardan keyin da'vogar ham garovga pul 
qo'ygan. Garov miqdori nizoli ashyoning qiymatiga bog'liq bo'lgan. Shundan 
keyin taraflar magistrat ishtirokida o'zlariga sudya tayinlaganlar. Shu bilan 
birinchi bosqich tugagan. 
 
Ikkinchi bosqich 30 kundan keyin tayinlangan. Agarda taraflardan 
birortasi kelmasa, nizoni kelgan taraf foydasiga hal qilingan. Taraflar nizoni 
mazmunan aytgandan so'ng, sudya dalillarga baho berib o'z qarorini qabul 
qilgan. Qaror og'zaki qabul qilingan va qaror ustidan shikoyat qilinishi mumkin 
emas edi. Yutib chiqqan taraf garov pulini qaytarib olgan, yutqazgan tarafning 
puli qaytarilib berilmagan, u davlat xazinasi foydasiga o'tkazilgan. 
 
Bu prosessda asosan da'vogar javobgarni da'vo qilinayotgan nizo va uning 
predmeti bilan tanishtirgan. Pretor tomonidan tayyorlanilishi, lozim bo'lgan 
formulalar uchun asos yaratilishi, ayniqsa da'voning ob'yekti, uning jinsiy 
belgilarini ko'rsatish va boshqa dalillarning keltirilishligi lozim bo'lgan. 
 
Da'vogar o'z da'vosini amalga oshirishlik uchun pretordan da'vo 
formulalarini berishlikni talab etgan va bu formulalar pretor tomonidan berilgan. 
 
Javobgar esa kelib da'vo bilan tanishishlik, da'vogar bilan birga kelishlik, 
pretor tomonidan tuzilgan formulalarni ko'rib chiqish, sudyani tanlash va nizoni 
tasdiqlash kabi harakatlarni amalga oshirishligi lozim edi. 
 
Agar da'vodagi zarar pul miqdori asosida qat'iy belgilangan bo'lsa, 
javobgar uni to'lash yoki ishni sudda ko'rmaslik imkoniyatlarini vujudga 
keltirish yo'llarini o'ylashi lozim bo'lgan. Agar magistrat tomonidan aniqlangan 
yoki da'vo arizasi orqali aniqlangan summa ma'lum bo'lsa, uni to'la qoplash 
uchun javobgarga murojaat etilardi, vaholanki javobgar uni o'z roziligi asosida 


qoplasa, bu nizo sud prosessida ko'rilmasdan qoldirilardi va nizo hal qilingan 
deb hisoblanilardi. 
 
Pretor da'vo predmetini va summasini aniqlab yozma ravishda da'vogarga 
berib, da'vogar esa javobgarga olgan formulalarning nusxasini o'qib eshittirardi. 
Javobgar bu formulani eshitib, hech narsa demasa, u o'zini sud jarayoniga yoki 
ishni sudda ko'rib chiqishlik uchun topshirgan deb hisoblanilardi.
 
Gay Institusiyasida ko'rsatilganidek, sud tomonidan ishni mazmunan 
ko'rib chiqishlik uchun muddat belgilangandan keyin, ular uchinchi kuni 
sudyaga kelishlari lozim bo'lgan. 
 
Sud jarayoni ochiq, erkinlik va og'zaki asosda davom etib, dalillarni 
baholash munosabatlari orqali amalga oshirilgan. Dalillar bo'lib, guvohlar 
ko'rsatmalari, voqea joyini ko'zdan kechirish, hujjatlar va qasamyod qabul 
qilinishligi (yoki qasamyodlar) hisoblangan.
 
Da'vogardan o'z da'vosini asoslash va dalillar taqdim etish 
majburiyatlarini, javobgardan esa o'zining e'tirozini asoslaydigan faktlar 
bo'lishligi va ularni taqdim etishligi talab etilgan.
 
Sudya jarayon yuzasidan hamkasblari, mashhur yuristlar bilan maslahat 
qilishlik huquqiga ega bo'lgan, ammo hal qiluv qarorini, verdiktni chiqarishda 
o'zi mustaqil javobgar bo'lib hisoblangan. 
 
Pretor o'z qarorlarining ijrosi uchun ham mas'ul bo'lib, sud qarorining 
aynan Rim shahrida yoki boshqa javobgarning turar-joyida bajarilganligini 
majburiy bo'lgan normalar bilan berkitib qo'yishi mumkin edi. 
 
Qadimgi Rim davlatida sud tomonidan qabul qilingan qarorlar qat'iy 
bo'lib, shikoyatga o'rin qoldirmagan. Ammo sud qarorlaridan norozi bo'lgan 
taraflar pretorga murojaat qilib, sud qarori asosida kelib chiqqan yuridik 
oqibatlarni yo'qqa chiqarish va harakatni dastlabki holatiga keltirish yoki 
qaytadan tiklash kabi iltimosnoma yoki murojaat qilish vakolatlariga ega 
bo'lgan. Bu esa pretorga katta imkoniyatlarni yaratib, hatto u bu voqelikka 
huquqiy normalarni qo'llash mumkin emas deb, iqtisodda hukmron bo'lgan 
sinfning erkini, irodasini va manfaatini ko'zlashga yondashgan. 
 
Rim xususiy huquqida voqelikni dastlabki holatiga keltirish, uni qaytadan 
tiklashlikka restitusiya deb atalgan. Restitusiyani qo'llash quyidagi hollarda 
amalga oshirilgan:
 
1.      Voqelik yoki sodir etilgan harakat natijasida yoki vaqtning o'tkazilib 
yuborilishligi asosida mulkiy yohud mulkiy xarakterga ega bo'lmagan shaxsiy 
zararning yetkazilishi natijasida;
 
2.      Restitusiyani talab qilayotgan shaxsning asoslari bo'lsa (ya'ni shartnomani 
qo'rqitish, aldash yoki yanglishishlik va boshqa usullarda tuzilganligini 
isbotlasa);
 
3.      Iltimoslar o'z vaqtida (kechiktirmasdan) qilingan  bo'lsa.
 


Yuqoridagi ko'rsatilgan asoslar mavjud bo'lgan holda, pretor tomonidan 
ular asosli deb topilsa, sodir etilgan harakat bo'yicha yuridik oqibatlar to'xtatiladi 
va dastlabki holatiga hamma harakat qaytariladi yoki qaytadan tiklaniladi.
 
Rim fuqarolik jarayonida dastlabki vaqtlarda vakillik instituti 
qo'llanilmagan. Lekin alohida hollarda ya'ni «ozodlik uchun», «xalq uchun», 
«vasiylik va homiylik» bilan bog'liq munosabatlarda vakillikka yo'l qo'yilgan. 
Bunda vakilning harakatini vakolat bergan shaxs qo'llab-quvvatlashi lozim 
bo'lgan. Sudyalar o'z qarorlarini vakilga qaratib, uning ishtirokida qabul 
qilganlar. Vakil esa sud qarorini vakolat bergan shaxsga tushuntirib, to'lanishi 
lozim bo'lgan summalarni to'lash, ashyolarni qaytarish kabi masalalarni amalga 
oshirgan. 
 
Keyinchalik esa, vakillik voyaga yetmagan shaxslar o'rtasidagi 
munosabatlar, xotin-qizlar bilan bog'liq harakatlar, davlat ishlarini bajarishlik 
uchun safarga ketgan shaxslarning o'rniga joriy etilgan va ushbu 
munosabatlarda, shuningdek, kasallik oqibatida o'z huquqlarini himoya qila 
olmaslik yoki sudda qatnasha olmaslik holatlarida ham vakilning qatnashishiga 
ruxsat berilgan.
 
Rim fuqarolik jarayonida prokuratora instituti  ya'ni javobgar nomidan 
vakillik qilishlik rasmiy ravishda, ba'zan esa norasmiy asosda ham amalga 
oshirilgan. 
 
Ulardan tashqari vakil qilib olinmasdan, taraflarga yoki jarayon 
ishtirokchilariga og'zaki ravishda yuridik yordam beruvchi - advocati, 
advokatlar ham qatnashgan.
 
 
 

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin