Rim huquqining asosiy negizi umumlotinlar huquqi yoki odatlari bo'lib
hisoblangan. Chunki, Rim davlati lotinlarning jamoasi bo'lib, nomen latinum
(nomen latinum) deb atalgan.
Bu odat normalari birinchi bo'lib, yozma ravishda XII Jadval qonunlarida o'z
ifodasini topdi. Bunga asos bo'lib ota hukmronligi instituti, er-xotin o'rtasidagi
munosabatlarning
tartibga
solinishi,
vasiylik
va
homiylik
tayinlash
munosabatlarining vujudga kelishi va boshqa harakatlar hisoblanadi.
Rim davlatida qonunchilik faoliyatining davlat qo'liga o'tishi munosabati
bilan, odat normalari o'z mohiyatini yo'qota boshladi ya'ni qonunchilik
faoliyatining davlat qo'liga o'tishi, odat normalari, kviritlar va sivil huquqlarining
eskirgan, zamon talabiga javob bera olmay qolgan qismlarining kuchini yo'qotishi
oqibatida, ularning funksiyalarini bajarishni yozma normalar o'z zimmasiga oldi.
Mashhur yurist Yulian fikricha, odat normalari prinsipiat davrida
«huquqning tirik manbai» hisoblangan, odat normalarining amalda ekanligining
belgisi uning uzoq vaqt mobaynida qo'llanishligi va xalq tomonidan jimlik, rozi
bo'lishlik asosida qo'llabquvvatlanishligidir.
Jamiyat rivojlanishining yanada takomillashishi natijasida, odat normalari
o'rniga yozma ravishdagi imperator qonunlari, magistratlar tomonidan
qabul
qilingan ediktlar, xalq majlislari qarorlari, oldindan qabul qilinishi lozim bo'lgan
qaror yoki qonun loyihalarini tayyorlab, keyin xalq ovoziga qo'yila boshlandi.
Xalq qonunni qabul qilishda
ovoz berib, «men eski qonun uchun, men yangi qonun
uchun ovoz beraman» degan javobni bergan. Qonun loyihalari va ularning
mazmuni xalq qo'lidan o'tar edi. Respublikachilar davrida esa qonunlar xalq
majlislari orqali o'tib, ularni leges (leges) deb ataganlar.
Prinsipiat davrida qonunlar senat tomonidan qabul qilinib, senatuskonsult
deb atalgan, ular o'z mohiyati bilan prinsepslarning farmoyishlaridan iborat
bo'lgan. Imperatorlar davriga kelib, imperator farmoyishlari qonun deb tan olina
boshlandi. Qonunlar oddiy qonunlarga va general qonunlarga bo'lingan.
Yangi eramizning birinchi asri oxirlariga kelib esa, xalq majlislarining
qonunlarni qabul qilishi to'g'risidagi vakolatlari qonuniy asosda yo'qotilmagan
bo'lsa ham, amalda xalq majlislari qonunlar qabul qilishlikni to'xtatib qo'ydi.
Yuqorida qayd etganimizdek, miloddan avvalgi 451-450 yillar atrofida qabul
qilingan birinchi Rim davlatining yozma qonunlari, ya'ni odat normalarining
yozma ravishda yig'ilgan majmuasi XII Jadval qonunlaridir.
Dostları ilə paylaş: