SO‘Z–GAPLAR
Rеjа:
So‘z-gaplar to‘plamini ajratish tamoyillari.
So‘z–gaplar tasnifi.
So‘z-gaplarning sintaktik xususiyatlari.
Mаvzu bo‘yichа tаyanch tushunchаlаr: mоdаl, undоv, tаsdiq-inkоr, tаklif so‘zlаr, so‘z-gаplаr.
So‘z-gaplar to‘plamini ajratish tamoyillari. O‘zbek formal tilshunosligida so‘z-gaplarning mohiyati, turlari, ularning leksik materiali tavsifi, qo‘llanish xususiyatlari empirik asosda etarlicha o‘rganilgan. Shakl-vazifaviy tilshunoslikda gapning eng kichik qurilish qolipi [Wpm] sifatida talqin qilingach, ziddiyatli, izohtalab nuqtalarga ega bo‘lgan so‘z-gaplarga ham lison/nutq ixtilofi nuqtayi nazaridan yondashish zarurligi ayon bo‘lib qoldi va har bir gapning til bosqichida o‘z qolipi mavjud bo‘lgani kabi, so‘z-gaplarning ham o‘ziga xos muayyan bir lisoniy qurilish qolipi bo‘lishi shart va zarurligi e’tirof etildi.
Bo‘laklarga ajratilmaydigan gaplar yoki so‘z-gaplar umumiy atamasi ostida birlashtiriladigan gaplarning alohida belgilari mavjudki, ular shu belgilari bilan mustaqil so‘zlardan, yordamchi so‘zlardan, sodda yoxud qo‘shma gaplardan farq qiladi. Bular quyidagilar:
1) mustaqil holda gap bo‘la olish belgisi;
2) gap tarkibida shu gapning biror bo‘lagi bilan sintaktik aloqaga kirisha olmaslik belgisi;
3) o‘ziga xos g‘ayrioddiy ma’noga ega bo‘lish belgisi;
4)bog‘lamalar bilan birika olmasligi va shuning uchun mayl, zamon, shaxs/son shakllariga ega emaslik belgisi.
So‘z-gaplar deganda shu to‘rt asosiy belgi bilan bir majmuaga birlashtiruvchi hodisalar tushuniladi.
1. Mustaqil holda alohida gap bo‘la olish belgisi. Bu belgi 4-belgi bilan chambarchas bog‘langan. O‘zbek lisoniy tizimi gapda ma’lum bir axborotni tashuvchi tasdiq/inkor, mayl/zamon va shaxs/son ma’no va munosabatlarini ifodalovchi tarkibiy qismlar zarur bo‘lishini talab qiladi. So‘z-gaplarda bunday tarkibiy qismlarni alohida-alohida ajratish mumkin emas. Lekin ular ham gap bo‘la oladi, chunki kesimlik shakllari ma’no va munosabatlari so‘z-gaplarning o‘zida mujassamlangan va ularning ichki mohiya-tini tashkil qiladi. Bunday gaplarda kesimlik kategoriyasi ma’nolari va kesimlik ─ gap markazi vazifasida kelish ─ fikrni shakllantirish, uni ifodalash bor. Ularda gap sifatida voqelanuvchi so‘zning leksik ma’nosida mujassamlashgan. Shu sababdan bunday gaplarda kesimlik mavjud, ammo kesimlik shakli ifodalanmagan.
2. Demak, so‘z-gaplar mustaqil gap bo‘la olish qobiliyatiga ega bo‘lganligi uchun bu so‘zlarga nisbatan semantik funktsional shakllangan so‘z-gaplar atamasi qo‘llaniladi. Bu atamadagi “semantik” tarkibiy qismi hodisaning lug‘aviy (ma’noviy) tomoniga ishora qilib turadi. Bunda gap markazi mavqeida kelgan leksemalarning ikki tabiiy xususiyati namoyon bo‘ladi, ya’ni bunda leksik birlik ham so‘z, ham gapdir. Bu atamaning funktsional tarkibiy qismi esa so‘z-gaplarning sintaktik vazifa bajarishi f a q a t g a p m a r k a z i v a z i f a s i d a k e l a o l i sh i bilan chegaralanganligini ifodalaydi. Demak, semantik-funksional shakllangan gaplar grammatik shakllangan gaplar ([Wpm])dan farq qiladi va kesimlik ma’nolari so‘z-gaplarda leksik birlikning yoki atov birligi [W]ning o‘zida mujassamlanganligi tufayli so‘z-gaplarning lisoniy qurilish qolipi [W] sifatida berilgan.
3.So‘z-gaplarning o‘ziga xos g‘ayrioddiy lug‘aviy ma’noga egaligi. Bu xususiyat quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
a)ma’no imkoniyatlari chegaralangan;
b)o‘zida grammatik shakllarni talab etmaydi;
v)boshqa so‘zlar bilan birikish qobiliyatlaridan mahrum;
g)gapda bajara oladigan vazifasi cheklangan;
d)ma’nоli qismlarga ajralmaydi.
Shuning uchun ham bu leksemalar boshqa leksemalarga nisbatan g‘ayrioddiy, biroq ma’no va vazifa jihatidan alohida barqaror til birligi hisoblanadi. Aytib o‘tilgan fikrlardan shunday xulosaga kelish mumkinki, ot, sifat, son, olmosh, fe’l, ravish, taqlid kabi so‘z turkumlari gapning istagan bir bo‘lagi vazifasida kela olsa, so‘z-gaplar gap (yoki uning markazi) vazifasida kela olishga xoslangan, bog‘lovchi, ko‘makchi, yuklamalar esa sintaktik aloqani ifodalash uchun xizmat qiladi.
So‘z–gaplar tasnifi. So‘z-gaplar o‘z ichida bir necha ma’noviy guruhga ajraladi: 1.Modallar. 2.Undovlar. 3.Tasdiq /inkor so‘zlar. 4.Taklif/ishora so‘zlar.
So‘zlovchining bayon etilayotgan fikrga munosabati ─ qat’iy ishonch, gumon, taxmin kabi ma’nolarni ifodalab keladigan so‘zlar modal so‘zlardir. Ularga xullas, demak, chamasi, tabiiy, ehtimol, shubhasiz, shekilli kabi so‘zlar misol bo‘ladi va bular formal tilshunosligimizda batafsil o‘rganilgan.
Kishilarning his-tuyg‘ularini, haydash, to‘xtatish kabi xitoblarni, buyruqlarni ifodalaydigan so‘z-gaplarning ko‘rinishi undov so‘zlardir. His-tuyg‘u undovlariga oh , voy, eh , barakalla, rah mat, ofarin kabi so‘zlar, buyruq -xitob undovlariga pisht, beh -beh , pish-pish, chuh kabi xitob so‘zlar kiradi.
So‘z-gaplarning uchinchi ma’noviy guruhi bo‘lgan tasdiq /inkor so‘zlar ko‘pincha modallar tarkibida o‘rganilgan. Ha, mayli, xo‘sh, xo‘p so‘zlari tasdiqni, yo‘q , mutlaqo, aslo, sira so‘zlari inkorni ifodalovchi so‘z-gaplardir.
Taklif/ishora so‘zlarga qo‘llanishi tana a’zolarining maxsus harakatlari bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan ma, mang, qani, marhamat so‘zlari kiritilgan. Ular tinglovchiga qaratilgan bo‘lib, uni biror ish-harakatni bajarishga undaydi.
So‘z-gaplar shunday hodisalar guruhiki, ularning juda ko‘pchiligi boshqa so‘z turkumlaridan tarixiy taraqqiyot jarayonida o‘ziga xos nutqiy qo‘llanish natijasida shakllangan va rivojlangan. Chunonchi, so‘zsiz, tabiiy so‘zlari sifatdan, albatta ravishdan o‘sib chiqqan bo‘lsa, har qalay, har holda modal so‘zlari so‘z birikmalaridan, nasib bo‘lsa, xudo xohlasa kabilar gaplardan kelib chiqqan.
Sof so‘z-gaplarga albatta, alhamdulilloh ; eh , h oy, oh , o‘h ; ha,yo‘q , mutlaqo; ma, mang kabi modal, undov, tasdiq /inkor, taklif/ishora so‘zlari mansubdir. O‘zbek sistеm tilshunosli-gida so‘z-gaplar [W]-lashgan (modallashgan, undovlashgan tasdiq/inkorlashgan, taklif/ishoralashgan) so‘zlar, [W]-lashayot-gan (modallashayotgan, undovlashayotgan, tasdiq /inkorlasha-yotgan, taklif/ishoralashayotgan so‘zlar, [W]-simon (modalsimon, undovsimоn, tasdiq/inkorsimоn) so‘zlar va ular nutqiy voqelanish-lari mufassal o‘rganilgan.
[W]-lashgan (so‘z-gaplashgan) so‘zlar o‘z semantik-funk-sional xususiyatlari bilan har xil guruhning markaziy leksemalariga juda yaqin turadi, lekin o‘ z a l o q a s i n i b o sh q a s o‘ z t u r k u m l a r i d a n t o‘ l a – t o‘ k i s u z m a g a n b o‘ l a d i. Chunonchi, modallashgan so‘zlarga chamasi, chog‘i, ehtimol; undovlashgan so‘zlarga ura, olg‘a, dod, voydod; tasdiq /inkorlashgan so‘zlarga bo‘pti, ma’qul, aksincha, mutlaqo; taklif/ishoralashgan so‘zlarga qani kabi leksemalar misol bo‘ladi.
[W]-lashayotgan (so‘z-gaplashayotgan) so‘zlar so‘z-gaplarga to‘la-to‘kis o‘tgan bo‘lmaydi va so‘z-gaplarga «o‘tish yo‘lida» turgan so‘zlardir. A.M.Peshkovskiy «ayrim sifatlar sifatlardan uzilib to‘la-to‘kis otlarga o‘tib ketgan bo‘lsa, ayrim sifatlar otlarga o‘tishning yarim yo‘lida turibdi» deb ruscha mоrоjеnое va bоlnоy so‘zlarini misol keltiradi. Bu o‘rinda modallashayotganlarga balki, hatto, aftidan; undovlashayotgan-larga yashang, voy o‘lay; tasdiq /inkorlashayotganlarga durust, to‘g‘ri, rost, aslo, hargiz; taklif/ishoralashayotganlarga mana mundoq kabi so‘zlarni misol keltirish mumkin. Chunonchi, 1.Balki, siz aytarsiz nima bo‘lganini? (P.Tur.) 2.Nafsi uchun emas, balki qadri uchun yig‘laydi-da. (O‘.Usm.) 3. -Qaerga borish, kimga uchrashishni u yaxshi biladi. – To‘ppa-to‘g‘ri. (CH.Ayt.) 4. Hilola gapning to‘g‘risini aytdi (O‘.Usm.) gaplarida [W-lashayotgan] so‘zlar (1-3-gapda) qo‘llanilgan.
[W]-simon (so‘z-gapsimon) lar deganda mohiyatan so‘z-gaplar bo‘lmagan lug‘aviy birliklarning so‘z-gap vazifasida kelishi tushuniladi. Jumladan, modalsimonlarga shunday qilib, baxtga toshkent, tavba, xudo saqlasin; undovsimonlargaerkalash ma’noli asalim, oppog‘im va undalma ma’noli ey, do‘stlar kabi; tasdiq/inkorsimonlarga xuddi shunday, hech qachon, noto‘g‘ri kabi; taklif/ishorasimonlarga boshlang ko‘rinishli so‘zlar misol bo‘ladi. Qisqasi, so‘z-gaplarning leksik-semantik turlari bo‘lmish sof so‘z-gaplar o‘zlari tarixan kelib chiqadigan so‘z turkumlaridan batamom uzilgan bo‘lib, ularning ko‘pchiligi ravish, sifat, ot sifa-tida mutlaqо qo‘llanilmaydi. So‘z-gaplashgan unsurlar esa o‘zlari tarixan kelib chiqqan so‘zlar bilan omonimik munosabat hosil qiladi va o‘z aloqasini boshqa turkumlardan to‘la uzmagan bo‘ladi. So‘z-gaplashayotgan unsurlarga o‘zi boshqa so‘z turkumi (ravish, sifat, olmosh, son, fe’l)ga tegishli, lekin so‘z-gaplarga xos ma’no va vazifalarda qo‘llanila oladigan birliklar kiradi va bularning so‘z-gapsimonlardan farqi shundaki, ushbu qatlamga oid so‘zlar tarixiy taraqqiyot natijasida batamon so‘z-gaplarga o‘tib ketishi mumkin. So‘z-gapsimonlar esa o‘z turkumi doirasida qoladi.
So‘z-gaplarning sintaktik xususiyatlari. So‘z-gaplarning sintaktik xususiyati yuqorida ta’kidlaganimizdek, ularning kesimlik qo‘shimchalarini qabul qilmasligi, bog‘lama bilan birika olmasligidadir. So‘z-gaplar ham undalmalar, sodda gaplar kabi kengaygan yoyiq holatlarda bo‘lishi mumkin: 1.CHo‘lni o‘zlashtirgan mardlarga ofarin. (A.Qah.) 2.Falakning dastidan dod! (Hamza.) 3. Barakalla sizga! Misollardan ko‘rinib turganidek, so‘z-gaplar faqat bitta so‘zdan iborat bo‘lmay, nutqda kengayish qobiliyatiga ham ega. So‘z-gaplarning yana bir sintaktik xususiyati shundaki, [Wpm] qurilishli gaplarda kesimlik kategoriyasi va ma’nosi [W]ga [Rm] orqali kiritiladi, [m]ning esa o‘zbek tilida juda ko‘p ko‘rsatkichlari mavjud. Shaklning o‘zgarishi bilan kesimlik kategoriyasining ma’no turlari ham o‘zgaradi. Masalan, Bo‘ladi. Bo‘lmaydi. Bo‘lsa. Bo‘ldi va h .k. Ammo so‘z-gaplarda bunday emas. Har bir so‘z-gap shu gapga xos bo‘lgan ma’nolarni ifodalashga xoslangan bo‘ladi. Chunonchi, Ha so‘zi tasdiqni fodalaydi. Uning bo‘lishsizligi Ha emas bilan emas, balki alohida so‘z yo‘q bilan ifodalanadi. Albatta yoki shubhasiz modal so‘zi qat’iy ishonch va tasdiqni ifodalaydi, inkor ma’nosi mutlaqo, aslo so‘z-gaplari bilan beriladi.
So‘z-gaplarda zamon va shaxs ma’nolari [0] ko‘rsatkichli bo‘lib, matnda muayyanlashadi. O‘zbek tilida gap (kesimlik) zamon va shaxs ma’nolaridan xoli bo‘la olmaydi. Zero, so‘z-gaplarda zamon va shaxs-son ma’nolarining kontekstual aniqlanish xususiyati bu so‘zlarning asosiy sintaktik xususiyati – kesimlik qo‘shimchalarini qabul qilmay gap bo‘lib kela olishi bilan sharhlanadi. So‘z-gaplarning yana bir sintaktik xususiyati – ularning gap tarkibida alohida pozitsiyada turishi, ya’ni boshqa gap bo‘laklari bilan bog‘lanmasligidir va o‘zi gap sifatida “yashay olishi”, hamisha lisoniy alohidalikni saqlab qolishi bilan belgilanadi. Chunonchi, 1.-Ertaga kelasizmi? - Albatta. (O‘.Usm.) 2.-Еngil tortdingmi, qizim? - Shukur. (A.Qah.)
Ko‘rinadiki, so‘z-gaplarning umumiy sintaktik xususiyati ular kesimlik qo‘shimchalarini qabul qilmagan holda gap va uning markazini tuza olishidadir. To‘rt leksik-semantik turida (modallar, undovlar, tasdiq/inkor, taklif/ishora so‘zlar) kesimlik kategoriyasini tashkil etuvchi ma’nolardan har biri alohida bo‘rttirilgan “yalang‘och” holda yuzaga chiqadi: modallar so‘zlovchining munosabatini ([Rm]dagi maylni), taklif/ishoralar shaxsga qaratilganlik ma’nosini ([Rm] dagi shaxs-sonni), tasdiq/inkorlar tasdiq va inkorni ([Rm]dagi bo‘lishli/bo‘lishsizlikni) va undovlar bo‘lg‘usi harakatni ([Rm]dagi zamonni) ifodalashga xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: |