So’z mulkini sultoni


TARIX VA IQTISODGA OID ASARLARI



Yüklə 123 Kb.
səhifə3/8
tarix02.04.2023
ölçüsü123 Kb.
#92552
1   2   3   4   5   6   7   8

TARIX VA IQTISODGA OID ASARLARI


“Tarixi muluki Ajam” (“Ajam shohlari tarixi”,1488) qisqa tarix bo’lib, Eron shohlari xronikasi bayon qilingan “Tarixi Tabariy”, “Shohnoma” asarlarini mantiqan to’ldiradi, ulardagi faktlarni izchil ilmiy tizimga soladi. Afsonaviy shoh Kayumarsdan sosoniylarning so’nggi vakili Yazdi Shahriyorgacha bo’lgan shohlar tarixini, mifologik talqinini beradi. “Tarixi anbiyo va hukamo” (“Payg’ambarlar va hakimlar tarixi”, 1485-1498) asarining birinchi bo’limida “Qissasul-anbiyo”lar an’analarini davom ettirib, Odam alayhis-salomdan Nuh, Iso, Muso, Ya’qub, Sulaymon, Yusuf, Dovud kabi payg’ambarlar tarixiga oid qissalar keltiradi. Navoiy Luqmoni hakimga ham anbiyolar qatoridan joy beradi. Asarning “Hukamo zikrida” deb nomlangan ikkinchi bo’limida insoniyat tarixida chuqur iz qoldirgan donishmand hakimlar Fishog’urs, Jomosp, Buqrot, Suqrot, Aflotun, Arastu, Bolinos, Jolinus, Batlimus, Buzurgmehr haqida ibratli hikoyalar keltiradi, ularning donishmandligi, ilmiy kashfiyotlari siri qisqa satrlarda talqin qilinadi. “Vaqfiya” (1481) asarida vaqf yerlari, mulklari, ularning miqdori, ulardan foydalanish, vaqf mulki va mablag’i evaziga quriladigan bino va inshootlar, bu yo’nalishda madrasa va xonaqohlarda o’rnatilgan tartiblar haqida fikr yuritdi. Navoiy o’z ixtiyoridagi mablag’lar hisobiga qurilgan xayriya muassasalari, ilmiy-madaniy binolar va bog’larni sanab o’tdi. Asar Navoiy va Husayn Boyqaro munosabatlarini o’rganish uchun ham muhim hujjatli manbadir. Tarix va iqtisodiy yo’nalishdagi asarlari N.Veselovskiy, Yakubovskiy, Ya.G’ulomov, V.Zohidov, B.Ahmedov kabi olimlar tomonidan o’rganilgan.

ARAB VA FORS TILLARIDAGI ASARLARI


Alisher Navoiy fors tilida yozgan she’rlari asosida “Devoni Foniy” tuzilgan bo’lib, uning muqaddimasida “Sittai zaruriya” (“Olti zarurat”) va “Fusuli arbaa” (“To’rt fasl”) forsiy qasidalari majmualari berilgan. “Sittai zaruriya” to’plamidagi qasidalar “Ruhul-quds” (“Muqaddas ruh”), “Aynul-hayot” (“Hayot chashmasi”), “Tuhfatul-afkor” (“Fikrlar tuhfasi”), “Qutul-qulub” (“Qalbdar g’izosi”), “Minhojun-najot” (“Qutilish yo’li”), “Nasimul-xuld” (“Jannat nasimi”) kabi nomlar bilan ataladi. Ular Xoqoniy, Dehlaviy, Salmon Sovajiy, Abdurahmon Jomiy asarlari ruhida, ularga falsafiy-mantiqiy javob tarzida yozilgan. “Fusuli arbaa”da Sulton Husayn Boyqaro madhidan so’ng “Bahor”, “Saraton”, “Xazon” (“Kuz”) va “Day” (“Qish”) vasfidan iborat. Muammo janri qoidalariga bag’ishlangan “Mufradot” (1485) fors tilidagi ilmiy asarida mumtoz she’riyatdagi bu janrni nazariy jihatdan asosladi. Muammo va uni ifodalangan janrlar ruboiy, qit’a, tuyuq, ayrim hollarda g’azal munosabatini anglatdi. Muammolarni yechish usullarini o’rgatish barobarida 121 ta misol keltirdi. Navoiyning arab tilida “Sab’atul-abhur” (“Yetti dengiz”) nomli diniy-tasavvufiy ruhda lug'at xarakteridagi asar yozgani ma’lum. Biroq bu asar nashr etilib, yetarli darajada o’rganilmagan. Alisher Navoiyning fors tilidagi merosi Fitrat, H.Sulaymon, N.Mallaev, Sh.Shomuhamedov, R.Vohidov, Boltaeva tomonidan o’rganilgan.

REFERAT
Mavzu: ALISHER NAVOIY



Yüklə 123 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin