So‘zi yunoncha ethos odob, urf-odat ma’nosini anglatadi. Bu atama maxsus fan nomi sifatida ilk bor Aristotel er avv. 384-322 y y



Yüklə 5,2 Kb.
tarix24.12.2023
ölçüsü5,2 Kb.
#190787
etika


Etika» so‘zi yunoncha ethos – odob, urf-odat ma’nosini anglatadi. Bu atama maxsus fan nomi sifatida ilk bor Aristotel (er. avv. 384-322 y.y.) tomonidan fanga kiritilgan edi, keyinchalik uni qat’iy ma’noda stoiklar ishlatgan edilar. Axloqshunoslik bir necha ming yillik tarixga ega bo‘lgan qadimiy fan. U bizda “Ilmi ravish”, “Ilmi axloq”, “Axloq ilmi”, “Odobnoma” singari nomlar bilan atab kelingan. Ovro‘poda esa «Etika» nomi bilan mashhur, biz ham yaqin-yaqingacha shu atamani qo‘llar edik. Uni birinchi bo‘lib yunon faylasufi Arastu muomalaga kiritgan.
Arastu fanlarni tasnif qilarkan, ularni uch guruhga bo‘ladi: nazariy, amaliy va ijodiy. Birinchi guruhga u falsafa, matematika va fizikani; ikkinchi guruhga – etika va siyosatni; uchinchi guruhga esa – san’at, hunurmandchilik va amaliy fanlarni kiritadi. Shunday qilib, qadimgi yunonlar axloq haqidagi ta’limotni fan darajasiga ko‘targanlar va «Etika» ( ethika) deb ataganlar. Biroq, bizda milliy-mintaqaviy axloqiy qadriyatlarimizning, dastlabki axloqiy g‘oyalarning vujudga kelishi qadimgi yunonlar yashagan davrdan o‘nlab asrlar avval ro‘y bergan. Ajdodlarimizning eng ko‘hna e’tiqodiy-axloqiy kitobi - «Avesto» buning yorqin dalilidir.
Shu sababli endilikda bu fanni ham ilmiy-tarixiy, ham zamonaviy-hayotiy talablar nuqtai nazaridan «Axloq falsafasi» deb atashni maqsadga muvofiq deb bildik. Axloqshunoslik qadimda fizika va metafizika bilan birgalikda falsafaning uzviy (uchinchi) qismi hisoblanar edi. Keyinchalik (Arastudan so‘ng) alohida falsafiy yo‘nalishdagi fan maqomini oldi. Bu fikrni quyidagicha kengaytiribroq talqin etish mumkin. Ma’lumki, falsafaning fanlar podshosi sifatidagi vazifasi barcha tabiiy va ijtimoiy ilmlar erishgan yutuqlardan umumiy xulosalar chiqarib, insoniyatni xaqiqatga olib borishdir. Shundan kelib chiqqan holda, falsafaning tadqiqot ob’ektini tafakkur deb belgilash maqsadga muvofiq.
Axloqshunoslik axloqiy tafakkur taraqqiyotini tadqiq etadi va amaliyotda insonni ezgulik orqali haqiqatga olib borishga xizmat qiladi. Shu bois uni axloq falsafasi yoxud ezgulik falsafasi deb atash mumkin. Hozir u falsafiy fan sifatida uch yo‘nalishda ish olib boradi, ya’ni axloqiy tafakkur taraqqiyotini tadqiq etar ekan, u axloqni: 1) bayon qiladi; 2) tushuntiradi; 3) o‘rgatadi. Shunga ko‘ra, u tajribaviy-bayoniy, falsafiy-nazariy va rasmona-me’yoriy tabiatga ega
Qadimgilar uni amaliy falsafa deb ataganlar. Zero sof nazariy axloqshunoslikning bo‘lishi mumkin emas. U insoniyat o‘z tajribasi orqali erishgan donishmandlik namunalarini hikmatlar, naqllar, matal-maqollar tarzida bayon etadi, kishilarni axloqiy qonun-qoidalarga o‘rgatadi, ularga axloqning mohiyatini tushuntiradi va falsafiy xulosalar chiqaradi.
Yani, axloqshunoslik fanida Aflotun, Arastu, Epikur, sitseron, Seneka, Avgustin, Forobiy, Ibn Sino, G‘azzoliy, Spinoza, Kant, Hegel, Shopenhauer, Foyerbax, Kirkegaard, Nitsshe, Vl. Solovyov, Losskiy singari buyuk faylasuflar yaratgan axloq nazariyasiga doir ta’limotlar bilan birgalikda «Patanjali», «Qobusnoma», Sa’diyning «Guliston», Jomiyning «Bahoriston», Navoiyning « Mahbub ul - qulub», Montenning «Tajribanoma», Laroshfukoning «Hikmatlar», Gulxaniyning «Zarbulmasal» kabi amaliy axloqqa bag‘ishlangan asarlar ham o‘z mustahkam o‘rniga ega. Axloqshunoslikning boshqa falsafiy fanlardan farqi ham, o‘ziga xosligi ham undagi nazariya bilan amaliyotning omuxtaligidadir.
Yüklə 5,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin