5. Atsetilenni gidratlab (Kucherov reaksiyasi) sirka aldegidi olinadi va uni qaytarib etanol olish mumkin:
HC ≡ CH + H2O → CH3 – CHO + H2 → CH3 – CH2 – OH
6. Galogenalkillar suv yoki ishqorlarning suvli eritmalari bilan qizdirilganda spirtlar hosil bo’ladi:
C2H5Cl + H2O → C2H5OH + HCl
C2H5Cl + NaOH → C2H5OH + NaCl
Fizikaviy хоssalari.
Tarmoqlanmagan zanjirli birlamchi spirtlarning CH3OH dan C11H23OH gacha bo’lganlari odatdagi sharoitda suyuq, C12H25OH dan boshlab qattiq moddalardir. Quyi spirtlar suv bilan istalgan nisbatlarda aralashadi. Molekulyar massa ortishi bilan ularning eruvchanligi kamayib boradi. Spirtlarning agregat holati tegishli to’yingan uglevodorodlarga nisbatan suyuq yoki qattiq bo’lishiga sabab ularning molekulalari orasida vodorod bog’lari mavjud bo’lishidir:
R R R R
| | | |
…O – H…O – H…O – H…O – H…
Kimyoviy хоssalari
1. Spirtlarga ishqoriy metallar ta’sir ettirilganda, O – H bog’ining uzilishi sababli vodorod atomlari o’rnini metall atomlari oladi va natijada alkogolyatlar hosil bo’ladi:
2CH3 – CH2 – OH + 2Na → 2CH3 – CH2 – ONa + H2
Alkogolyatlar faqat eritmada mavjud bo’ladi, ular suv bilan oson gidrolizlanib, tegishli spirt va o’yuvchi ishqor hosil qiladi:
2CH3 – CH2 – ONa + H2O ↔ CH3 – CH2 – OH + NaOH
2. Spirtlarga kislorodli kislotalar ta’sir ettirilganda, murakkab efirlar hosil bo’ladi. Bu reaksiyalarda H atomi spirtdan, OH guruhi kislota qoldig’idan ketadi:
CH3 – CH2 – OH + HO – NO2 → CH3 – CH2 – O – NO2 + H2O
nitroetil efir
C2H5 – OH + HOOC – CH3 → C2H5 – O – C(O) – CH3 + H2O
sirkaetil efir
3. Spirtlarga vodorod galogenid va fosforli galogenid birikmalar ta’sir ettirilganda, tegishli uglevodorodning galogenli birikmasi hosil bo’ladi:
a) C2H5OH + HBr → C2H5Br + H2O
etil bromid
b) C2H5OH + PCl5 → C2H5Cl + POCl3 + HCl
4. Spitrlarga suv tortib oluvchi moddalar yoki katalizatorlar ta’sir ettirilganda, reaksiya sharoitiga qarab turli organik moddalar hosil bo’ladi.
a) spirtlar mo’l miqdordagi konsentrlangan sulfat kislota bilan qizdirilganda ular degidratlanib, to’yinmagan uglevodorodlar hosil bo’ladi:
CH3 – CH2OH → H2C = CH2 + H2O
1. Etilenning gidratlanishi
3. Kraxmalning gidrolizi va hosil bo‘lgan glyukozani bijg‘itish
2. Qand moddalarini bijg‘itish
4. Kletchatkaning gidrolizi vа hosil bo‘lgan glyukozani bijg‘itish