Sporalilarning anatomik, fiziologik, morfologik



Yüklə 15,56 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix19.12.2023
ölçüsü15,56 Kb.
#185399
Shaymanova mohimbonu НН



Sporalilarning anatomik, 
fiziologik, morfologik
tavsifi
7-sinf zoologiya darsligi
asosida. 2017.



Sporalilarning anatomik, fiziologik, morfologik
tavsifi

Infuzoriyalar sinfi. Infuzoriyalarning tanasi kiðriklar bilan
qoplangan, katta va kichik yadrosi bo‘ladi. Hazm qilish va
ayirish organoidlari boshqa bir hujayralilarga nisbatan
murakkab tuzilgan. Infuzoriyalar bi rinchi marta pichan
ivitmasida topilgan. «Infuzoriya» so‘zi ham lotin tilida «pichan
ivitmasi hayvonlari» ma’nosini anglatadi. Infuzoriyalarni
tufelka misolida o‘rganamiz.

Yashash muhiti, tuzilishi va harakatlanishi. Tufelka o‘simlik
qoldiqlari ko‘p bo‘lgan suv havzalarida uchraydi. Uning
uzunligi 0,1–0,3 mm bo‘lib, tanasining shakli poyabzalning
ostki qismiga o‘xshab ketadi. Shuning uchun bu hayvon
tufelka deb ataladi. Tanasining sirti juda ko‘p
kiðriklar
bilan
qoplangan. Kiðrikchalarning tebranishi tufayli tufelka to‘mtoq
tomoni bilan oldinga suzadi.



Sporalilarning anatomik, fiziologik, morfologik
tavsifi

Oziqlanishi. Tufelka bakteriyalar bilan oziqlanadi. Tanasining yon 
tomonida uzun
tarnovsimon chuqurchasi,
uning tubida «og‘iz» 
teshigi bor. Og‘iz halqumga ochiladi. Chuqurcha atrofida joylashgan
kiðriklar tebranishi natijasida oziq halqum tubida to‘planib, hazm
vakuolasini hosil qiladi. Vakuola halqumdan uzilib sitoplazmaga
tushadi. Vakuolalar sitoplazma oqimi bilan tufelka tanasini aylanib, 
oziqni hazm qiladi. Hazm bo‘lmagan oziq qoldiqlari tananing keyingi
tomonidagi teshikcha orqali suvga chiqarib yuboriladi.

Nafas olishi va ayirishi. Tufelkaning ikkita qisqaruvchi vakuolasi
oldingi va keyingi tomonida joylashgan. Ular galma-galdan qisqarib
turadi. Suvning ortiqcha qismi hamda moddalar almashinuvida hosil
bo‘lgan keraksiz mahsulotlar sitoplazmadan vakuolalarga to‘planadi
va ulardan tashqariga chiqarib yuboriladi. Kislorod tufelka
sitoplazmasiga suv bilan birga kirib turadi.



Sporalilarning anatomik, fiziologik, morfologik
tavsifi

Ko‘payishi. Tufelkaning sitoplazmasida loviyaga o‘xshash katta
yadro va dumaloq kichik yadro bor. Jinssiz ko‘payishi yadrolar
qobig‘ining erishi va yadro moddasining ikkiga taqsimla nishidan
boshlanadi. Bu vaqtda tufelkaning tanasi qoq o‘rtasidan
ingichkalashadi. Hosil bo‘lgan yangi yadrolar tufelkaning oldingi va
keyingi tomoniga teng miqdorda o‘tadi. Tufelka tanasi tobora
ingichkalashib, ikkiga ajraladi va bitta infuzoriyadan ikkita infuzoriya
hosil bo‘ladi. Dastlab har bir infuzoriyada bittadan qisqa ruvchi
vakuola bo‘ladi, ikkinchisi esa keyinroq hosil bo‘ladi. 

Ta’sirlanishi. Tufelka hujayrasi qobig‘ining ostida mayda kuydiruvchi
tayoqchasimon tanachalar
joylashgan. Bu tanachalar uni yirtqich
hayvonlardan himoya qiladi. Tufelkaning tayoqchalari otilib chiqib, 
yirtqich hayvon tanasiga sanchiladi va uni cho‘chitib yuboradi.




Sporalilar sinfi. 4 000 dan ortiq mikroskopik hayvonlarni o‘z
ichiga oladi. Hamma turlari odam va hayvonlarda parazitlik
qiladi. Tuzilishi juda soddalashgan. Harakatlanish, hazm qilish
va ayi rish organoidlari bo‘lmaydi. Ulardan
bezgak paraziti
keng tarqalgan. Bu parazitni odamga bezgak chivini yuqtiradi. 
Parazit qizil qon tanachalariga kirib, tez bo‘linib ko‘payadi (10-
rasm). Parazit qon hujayralari ni yemirib, qon plazmasiga
chiqqanida odamning harorati keskin ko‘tarilib, bezgak xuruj
qiladi. Bu sinfga tut iðak qurti va asalari paraziti
nozema
ham 
kiradi.


Yüklə 15,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin