Sport fiziologiyasi fanidan ma’ruzalar matni Ma’ruza Kirish



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə5/35
tarix17.06.2022
ölçüsü0,98 Mb.
#61710
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
спорт физ

FOYDALANGAN ADABIYOTLAR


1.I.G. Azimov Jismoniy tarbiyaning yosh fiziologiyasi (ukuv kullanma) Toshkent - 1994 yil
2.I.G. Azimov ,SH.Sobitov. Sport-fiziologiyasi Toshkent -1993 y.
3.L.S. Kklemesheva.M.S. Ergashev. YOshga oid fiziologiya. Toshkent -1991 y
4.YU.A.Ermolaeva. Vozrastnaya fiziologiya.-M.,2001.
5.A.S.Solodkov, E.B.Sologub. Fiziologiya cheloveka. Obщaya. Sportivnaya. Vozrastnaya –M.,2010.
6.B.A.Sodыkov,A.S.Kuchkarova,SH.K.Kurbanov.Bolalar va usmirlar fiziologiyasi va gigienasi.Tashkent-2005y.
7.Problemы fiziologii sporta. Pod.obщ.red.V.S. Gippenreytra, M., FiS, 2003 g.

Ma’ruza 4. Xarakat energetikasi.
Reja:

1.Anaerob sharoitda muskul faoliyatining


energetik ta’minoti .
2.Anaerob almashinuv pogonasi xakida tushuncha
3.Aerob sharoitda muskul faoliyatining
energetik ta’minoti
4.Aerob sigimi va uni samaradorligi

Anaerob sharoitda muskul faoliyatiningenergetik ta’minoti .


Anaerob sharoitda energiyaga boy moddalarning kislorod ishtirokisiz parchalanishi xisobiga energiya xosil buladi.Anaerob energiya manbalari alaktat va laktat kismga bulinadi;


1.Anaerob alaktat energiya manbalariga muskuldagi makroergli fosfor birikmalari(AUF va RhA) va muskul ishi vaktida xosil buladigan energiyali moddalar kiradi.
Tukimalardagi AUF tuplamlari,shunindek fosfor birikmalari ishtirokida yuz beradigan reaksiyalar juda kiska vakt ichida ishlayotgan organlarni juda kup xajmdagi energiya bilan ta’minlash kobiliyatiga egadirlar.YA’ni kiska muddatli yukori anaerob kobiliyat kreatinfosfokenazali reaksiya Bilan taminlanib u alaktat anaerob kobiliyat deb ataladi. Sportning alaktat anaerob kobiliyati muskullar vazniga,ularning kiskarish kobiliyatiga va muskuldagi AUF va KFning konsentratsiyasiga boglik.Sport faoliyatida engil atletika,sakrashlar,uloktirishlar,ogir atletikada-shtangani kutarish,kiska masofalarga yugurish,trekda velosiped poygasi kabi ishlar asosan anaerob alaktat buyicha energiya bilan ta’minlanadi.
2.Anaerob laktat(sut) manbalari,muskullar va jigardagi glikogen tuplamlarining sut kislotasigacha parchalanishi va AUF xamda kreatinfosfat xosil bulish bilan boglik buladi.Bunday yul bilan energiya xosil bulishi anaerob alaktat yulga nisbatan ancha sekin boradi va uzok muddatga chuziladi,lekin kam kuvvatga ega buladi. Anaerob laktat energiya manbalari urta masofalarga yugurish,eshkak eshish,kurashning xar xil turlari,boks kabi sport faoliyatida energiya bilan ta’minlanishida katta axamiyatga ega.Organizmda energiya xosil bulishining kursatilgan ikkita mexanizmi organizmning kislorod bilan etarli mikdorda ta’minlanmagan sharoitda ish bajarishida kuzatiladi,shuning uchun ularni anaerob ish unumi deb ataladi.Bunday sharoitda kislorod karzi yuzaga keladi.Anaerob ish unumi kislorod karzining maksimal mikdori bilan belgilanadi.Kislorod karzining mikdori organizmning anaerob imkoniyatlar kursatkichi xisoblanadi..Organizmning faoliyatida kanchalik kislorod karzi kup tuplansa,organizm kislorod etishmagan sharoitda shunchalik kup vakt ish bajarish kobiliyatiga ega buladi.Sport faoliyatidagi tekshirishlarda,kislorod karzi 20-25 l.ga etgunicha xam ,sportchilarning shiddatli ish bajarishi mumkinligi aniklangan,dekin bunday kislorod karzi fakat yukori darajada chinikkan sportchilarda kuzatiladi.Xalkaro klassdagi sport ustalarida kislorod karzi 22,8 l.etadi.,sport bilan shugullanmaydigan shaxslarda esa,4-7 l.dan oshmaydi. Energiya anaerob manbalari,aerob manbalarga nisbatan ancha kup marta tejamli bulib,ulardan
ishlayotgan organlarga kislorod etishmagan sharoitlarda foydalaniladi.
Organizmning funksional tejamliligini aniklash uchun kupincha anaerob almashinuv pogonasi tekshiriladi. Anaerob almashinuv pogonasi(APP) deganda,anaerob jaraenlarining sezilarli darajada kuchaishi boshlanadigan ish xajmi tushuniladi.APP maksimal kislorod uzlashtirish 50-70% tenglashgandagi ish xajmidan iborat buladi.APP kanchalik katta bulsa,organizmning aerob reaksiyalar xisobiga ish kobiliyati shunchalik yukori buladi.
Ayrim sportchilarda jismoniy chikkanlik ortishi bilan APP ning maksimal kislorod uzlashtirilishi 75-80% tenglashganidagi ish xajmiga teng buladi. Muskullarni ishlash vaqtida kimyoviy quvvat mexanik quvvatga aylanadi, ya’ni muskul yoqilg‘i emas, balki kimyoviy harakatlantiruvchi vosita bo‘lib xizmat qiladi. Muskullardagi quvvat oziq moddalarning, asosan uglevod va yog‘larning erishi natijasida hosil bo‘ladi. Lekin bu quvvat muskullar ishini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’minlamaydi, balki qisqarish paytida to‘kilgan energiya (quvvat) sig‘imli fosfor birikmalar – ATF (adezintrofosfat) va kreatinfosfatning qayta tiklanishiga sarf bo‘ladi. Muskullarning qisqarishi va bo‘shashishi jarayonlari uchun ATF quvvati ishlatiladi. ATF parchalanishi fosfatning bir molekulasini uzilishi va adezindifosfat (ADF) hosil bo‘lishi 10 kkal quvvatni 1 molga nisbatan ajralishi bilan kuzatiladi:

ATF = ADF + F + En


Lekin muskullardagi ATF zahiralari katta emas, (taxminan 5 mmol l-1) va ular 1-2 soniya ishlashga etadi. Muskullardagi ATF miqdori o‘zgara olmayodi, chunki muskullardagi ATF yo‘qligida kontraktura rivojlanadi (kalsiy so‘rg‘ichi ishlamaydi va muskullar bo‘shashishga qodir emas), agar ko‘payib ketsa – egiluvchanlik yo‘qoladi.


Ishlashni davom etish uchun ATF zahiralarini doimiy to‘ldirib turish kerak bo‘ladi. ATF tiklanishi anaerob sharoitlarda– kreatinfosfat (KrF) va glyukoza (glikoliz reaksiyasi) ajralishi hisobiga, va aerob sharoitlarda – yog‘ va uglevodlarning parchalanish reaksiyasi hisobiga sodir bo‘ladi. Quvvat manbai sifatida ishlatiladigan quvvat tizimlari, fosfagen quvvat tizimi (yoki ATF-KrF tizimi), glikotik (yoki laktatsid) va parchalanish (yoki kislorod) tizimi sifatida belgilanadi.
ATF tez tiklanishi KrF ajralishi hisobiga mingdan bir soniya vaqt mobaynida sodir bo‘ladi:

ADF + KrF = ATF + Kr


Eng yuqori samaraga quvvat hosil bo‘lish yo‘li ishlashning 8-soniyasiga borib etadi, keyin esa KrF zahiralari tugab boradi, chunki ular ko‘p emas (taxminan 30 mmol l -1).


ATFning anaerob sharoitlarda sekin tiklanishi glikogen (so‘nggi natijada hosil bo‘lgan sut kislotasi (laktat) va ATFning uch molekulasi tiklanishi tufayli glikoliz reaksiyasi)dan ajraladigan glyukoza parchalanish quvvati bilan ta’minlanadi. Bu reaksiya eng yuqori quvvatiga 1 daqiqaning ohirida etishadi. Quvvat hosil bo‘lishning bu yo‘li yuqori quvvatdagi ishda muxim ahamiyatga ega, va u 20 soniyadan 1-2 daqiqagacha davom etadi (masalan, o‘rta masofaga yugurishda), shuningdek quvvatni yanada uzoqroq va kam zo‘riqishli ishlashda tezlikni ko‘payishida (uzoq masofalarga yugurishda sprutlar va finish tezlashishlar) va statik ishni bajarish
vaqtida kislorod etishmasligida. Uglevodlarni ishlatishni cheklash muskul va jigardagi glikogen (glyukoza) zahiralarining kamayishi bilan emas, balki muskullarda to‘plangan sut kislotasi ortig‘ini glikoliz bilan reaksiyasi istibdodi bilan bog‘liq.
Aerob sharoitda muskul faoliyatining energetik ta’minoti
Organizmning aerob sharoitlari deganda,kislorod ishtirokida utadigan ovkat moddalarining parchalanish reaksmyalari xisobiga energiya xosil bulishi tushunamiz.
Aerob jarayonlar rivojlanishi asta-sekin boshlanib,maksimal darajaga kutarilishi uchun,odatda shiddavtli ish boshlaganidan keyin,2-5 dakika kerak buladi.Organizmda glyukoza va yoglar tuplamining ancha reg bulishi va atmosferadan kislorod uzlashtirishi tufayli,aerob energiya manbalari organizmning uzok vakt davomida ish bajarishiga imkon tugiladi.
Energiya xosil bulishning xar xil qekkfhb ehnfcblfub nisbat ishning davom etish muddatiga boglik buladi.,ish muddatini ortishi bilan aerob yul bilan energiya xosil bulishining axamiyati xam ortadi.Kislorod uzlashtirishning yukori tezligini organizm tomonidan uzok vakt davomida saklash kobiliyati aerob sigimi deb ataladi.Aerob sigim kanchalik kup bulsa,sportchi jismoniy ishni shuncha engil va kup vakt bajaraoladi.SHuning uchun uchun xam MKU sportchining aerob ish kobiliyatining asosiy kursatkichi xisoblanadi.
Erish reaksiyasi organizmga etarli kislorod kelib tushishi sharoitlarida, ya’ni 2-3. Daqiqadan ko‘p davom etadigan aerob ishlash vaqtida muskullar ishini quvvat bilan ta’minlaydi. Kislorod ta’minoti organizmning kislorod tashuvchi tizimlarining etarli yozilishidan so‘ng zarur darajaga etadi.
Erishga ishlatilgan kislorod soni singigan oziq moddalarni aniq soniga va organizm ishlatgan quvvat soniga teng bo‘ladi. O‘zlashtirilgan 1 l kislorodning energetik (quvvat) tengligi tahminan 5 kkalni tashkil qiladi. Uglevodlar uchun bu miqdor 5,05, yog‘lar – 4,9, oqsillar – 4,85 kkal/lO2 ga teng.
Organizm ishlatgan energiya (quvvat) ko‘rsatgichi bo‘lib, kislorod umumiy so‘rovi, ya’ni qilingan ishga nisbatan ishlatilgan kislorod miqdori xizmat qiladi. Ish qanchalik davomiy bo‘lsa, shunchalik umumiy kislorod zaruriyati katta bo‘ladi. Quvvat hosil bo‘lishi shiddati va organizm tomonidan rivojlantirilgan ish quvvati daqiqalik kislorod zaruriyatini belgilaydi. Masalan, 10 km.ga 40 daqiqa yugurishning umumiy kislorod zaruriyati tahminan 150 l, bu esa 750 kkal, 2 daqiqada 800 m.ga yugurishda esa 25 l va 125 kkal, bu xolda daqiqalik kislorod zaruriyati quyidagicha:

150 l : 40 daq = 3,75 l/daq (10 km.ga yugurishda)


25 l : 2 daq = 12,5 l/daq (800 m.ga yugurishda)

Hisobdan ko‘rinib turibdiki, 800 metrli masofa yugurishda quvvat hosil bo‘lish shiddati 10 km.ga masofaga yugurishga qaraganda 3,3 marotaba yuqori.


Kislorod zaruriyati ikki xil tashkil qiluvchi, ya’ni ish paytida ishlatilgan kislorod va kislorod karzi (tiklanish paytida ishlatiladigan kislorod zaruriyati qismi)dan tashkil topgan. Qisqa masofaga yugurishda kislorod zaruriyatining katta qismi (tahminan 95%) kislorod karzi bo‘lib ko‘rsatilgan, ya’ni 10 l umumiy zaruriyatda sprinter (yuguruvchi) ish vaqtida faqat 0,5 l ishlata oladi va 9,5 l kislorod qarziga ega bo‘ladi. Stayer masofalarni o‘tish vaqtida kislorod qarzi 7-10% tashkil qiladi, ya’ni ish paytida 150 l.dan 134-140 l ishlatiladi.
Aerob jarayonlarining muhim quvvat ko‘rsatgichi bo‘lib, organizmga 1 daqiqada kislorod kirishining yuqori ko‘rsatgichi – kislorodning maksimal iste’moli (KMI) hisoblanadi. Bu ko‘rsatgich har bir insonning o‘ziga xos iskoniyatlariga bog‘liq.
SHug‘ullanmagan insonlarda ishlovchi muskullarga 1 daqiqada 2,5-3 l kislorod quyilsa, chidamlilikni rivojlantirish uchun shug‘ullanayotgan yuqori malakali sportchilarda bu ko‘rsatgich 5-6 l va xatto 1 daqiqada 7 l quyiladi. Lekin tananing solishtirma og‘irligini (ml/daq/kg) nisbiy KMI hisobga olish to‘g‘riroq bo‘ladi. Masalan, 60 kg og‘irlikdagi va 5,5 l/daq sportchiga yuqori bo‘ladi, ya’ni nisbiy KMI quyidagicha:

5500 ml/daq : 60 kg = 91,7 ml/daq/kg


80 kg.li sportchi uchun esa – me’yorda bo‘ladi:


5500 ml/daq : 80 kg = 69,8 ml/daq/kg


Ishning sezilarli quvvatida va katta extiyojida kislorodda ko‘pgina sport mashqlarida erishning asosiy ajralmasi bo‘lib uglevodlar hisoblanadi, chunki ularni erishi uchun, yog‘larni erishiga nisbatan kamroq kislorod talab qilinadi. Glikogendan olingan glyukozaning (SN12O6) bir molekulasi ishlatilishidan ATFning 38 molekulasi hosil bo‘ladi, ya’ni quvvat hosil bo‘lishning aerob yo‘li uglevodlarning shunday sarfida anaerob yo‘liga nisbatan bir necha marta ko‘proq ATF maxsuloti bilan ta’minlaydi. Bu reaksiyalarda sut kislotasi to‘planib qolmaydi, oraliq maxsulot esa – (pirovinogradnaya) bazmuzum kislotasi zudlikda ohirgi maxsulotlargacha – SO2 va N2O eriydi.


Energiya (quvvat) manbai sifatida yog‘lar harakat tinchligi holatida, quvvati nisbatan katta bo‘lmagan, KMI 50%gacha talab qiluvchi turli xildagi ishda, KMIni taxminan 70-80%ni talab qiluvchi chidamlilikka uzoq vaqt ishlash jarayonida ishlatiladi. Energiya (quvvat) barcha manbaalari orasida yog‘lar eng katta quvvat sig‘imiga ega: ATFning 1 moli ishlatilishida taxminan 10 kkal energiya ajraladi, 1 mol KrF – 10,5 kkal, 1 mol glyukoza anaerob parchalanishida – taxminan 50 kkal, 1 mol glyukozada – 700 kkal, 1 mol yog‘larni erishida – 2400 kkal. Lekin katta quvvatdagi ishda yog‘lardan foydalanish ishlayotgan to‘qimalarni kislorod bilan ta’minlash qiyinligi bilan chegaralanadi.
Anaerob almashinuv pogonasi xakida tushuncha

Kiska vakt ichida (bir necha soniyada) tezlik va kuch bilan bajariladigan jismoniy mashklar (kiska masofalarni utish,statik kuchlanishlar)asosan anaerob yul bilan energiya xisobiga bajarilishi va bu jarayondagi energiya xisobiga bajarilishi va bu jarayondagi energiya manbalari xakida anaerob ish unumi mavzusida tuxtalgan edik.


Organizmning funksional tejamligini aniklash uchun kupincha anaerob
almashinuv pogonasi tekshiriladi.AAP deganda anaerob jarayonlarning sezirarli darajada kuchayishi boshlanadishgan ish xajmi tushuniladi.Anaerob almashinuvini pogonasi maksimal kislorod uzlashtirish 50-70% ga tenglashgandagi ish xajmidan iborat buladi.AAP kanchalik katta bulsa,organizm aerob reaksiyalar xisobiga ishlash kobiliyati shunchalik yukori buladi.Ayrim sportchilar jsimoniy chinikkanlik ortishi bilan AAP ning maksimal kislorod uzlashtirishi 75-80 % ga tenglashganidagi ish xajmiga teng buladi.
Aerob sigimi va uning samaradorligi

Kislorod uzlashtirishning yukori tezligini organizm tomonidan uzo vakt davomida saklash kobiliyati aerob sigimi deb yuritiladi.Aerob sigimi kanchalik kup bulsa, sportchi jsimoniy ishni shunchalik engil va kup vakt bajara oladi.SHuning uchun xam MKU sportchining aerob ish kobiliyatining asosiy kursatkichi xisoblanadi.Maksimal kislorod uzlashtirishi yukori bulgan, sportchi ishining ancha yukori tezligini uzok vakt saklashi bilan chidamlilikni talab etadigan mashkligini bajarishda xam yukori natijaga erishadi.


Aerob sigimi kursatkichi sifatida MKU ni saklash muddati yoki shu vakt ichida uzlashtirilgan sportchining changichilar MKU ni 30 dakika vaundan ortik ushlashi mumkin.
Aerob mexanizmning ikkinchi kursatkichining xarakatchanligidir, ya’ni
organizmning MKU ga erishish vakti buladi.Aerob mexanizmining uchinchi tomoni uning samaradorligi.Samaradorlik deganda, bu mexanizmning foydaliish koeffitsenti tushuniladi, ya’ni oksidli fosforlanish yuli bilan xosil bulgan energiyaning kancha mikdori ishlayotgan muskullarning kiskarishiuchun sarflanishi bildiriladi.
Aerob mexanizmining samaradorligi 30-60 % gacha bulib, jismoniy chinikkanlik ortishi bilan yana kupayadi.MKU darajasida olinayotgan nafas xavosida kislorod uzlashtirish koeffitsenti samaradorlikning oddiy kursatkichlaridan biri xisoblanib, jismoniy chinikish ortgan sari kupaya boradi.

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin