Sport psixologiyasining predmeti va vazifalari Reja



Yüklə 64,37 Kb.
səhifə2/3
tarix07.01.2024
ölçüsü64,37 Kb.
#208701
1   2   3
Sport psixologiyasining predmeti va vazifalari

Kuzatish uslubi. Bu uslub sport musobaqasi va mashg’uloti jarayonida sportchi ruhiy sifatlarini kuzatib borish bilan birga, sportchi psixikasini xarakterlovchi zaruriy materiallarni ko‘proq yig’ishdan iborat. Psixologiya fanida kuzatish uslubi: ob’yektiv (tashqi) hamda sub’yektiv (ichki) kuzatishdan iborat ikki qismga ajratilib o‘rganiladi. Kuzatish uslubi vositasida quyidagi jarayonlar o‘rganiladi: a) umumiy maqsad va vazifalarni belgilash; b) kuzatish ob’yektini tanlash; d) sportchining qaysi tomonlarini kuzatish haqida maqsad va vazifalarni belgilash; e) sportchining mashq va musobaqa jarayonida qaysi tomonlarini kuzatish ob’yektini tanlash; d) kuzatish sub’yekti (sinaluvchi sportchi)ni aniqlash; f) kuzatish muddati (vaqti)ni belgilash; g) sportchini izchil va muntazam kuzatishga erishish, ya’ni har xil faoliyat turlarida, jumladan, musobaqada, mashqda, shuningdek, aqliy va jismoniy mehnatga bo‘lgan munosabatini kuzatish; h) individual yoki sport guruhlarini yoppasiga kuzatish; i) kuzatish mahsulini qayd etib borishda kundalik, suhbat daftari, kuzatish varaqasi, video kamera va magnitofon vositalaridan foydalanish.


Sportchi qanchalik aqlli, zakovatli, yetuk bo‘lsa, sport mashg’uloti va musobaqa jarayonida muvaffaqiyatga erishish holati shunchalik yengil kechadi. Sportchi o‘zining individual jismoniy xususiyatlarini o‘zgartirish asosida mantiqiy jihatdan ham jismoniy, ham ruhiy rivojlanish imkoniyatiga ega. Sportchining bilish jarayoni, individual xususiyatlari, hissiyotlarini o‘rganish yo‘li o‘z-o‘zini ichki va tashqi kuzatish orqali amalga oshiriladi. Shu boisdan, kuzatishning har ikkala yo‘lini inobatga olgan holda ilmiy tadqiqot ishlari olib borilsa, u taqdirda kutilgan ijobiy natijalarni qo‘lga kiritish mumkin. Ko‘pincha tajribali ruhshunos, o‘qituvchi, pedagog va murabbiylar o‘z-o‘zini kuzatish orqali to‘plagan ma’lumotlarga asoslangan holda o‘zgalar fikr yuritishini tahlil qilish bilan chegaralanmasdan, sportchining tashqi (ob’yektiv) va ichki (sub’yektiv) harakatlari va xulq-avtori haqida ham ilmiy xulosalar chiqarish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Masalan, sportchini kuzatish orqali undagi emotsional o‘zgarishlarni aniqlashdan tashqari, sportchining musobaqadagi xavfli vaziyatlarda aql-zakovatining ichki mexanizmlari vujudga kelishi va kechishi yuzasidan ma’lumotlar olinadi. Natijada sportchining musobaqaga jismoniy va psixologik tayyorgarlik holati qay tarzda, qay tezlikda, qay shaklda ro‘y berishi kuzatiladi.
boshlang’ich sinf yoshidagi bolalarning jismoniy harakat va o‘yin faoliyatini kuzatish orqali harakatning, obrazli tafakkurning rivojlanishiga harakatli va syujetli o‘yin turlarining ta’siri, kuchli ekanligini shuningdek, sport bilan shug’ullanayotgan o‘quvchining sport turlari bo‘yicha mustaqil fikr yuritishi; g’alaba, hayajon, ehtiros kabi aqliy hislarning paydo bo‘lishi uning sport haqidagi tafakkurining o‘sishiga ta’siri juda yaqqol aniqlanadi. tajribalarimizning ko‘rsatishicha, kuzatish yordamida sport bilan shug’ullanayotgan o‘quvchining chaqqonligi, chidamliligi, tashabbuskorligi, sport musobaqasi jarayonida fikrining bir ob’yektga yo‘naltirilganligi, tashqi ta’sirga berilmasligi, yuz alomatlaridagi tashvish va iztirob, ko‘zlaridagi g’ayritabiiy holat, o‘z-o‘zicha ichki nutqning paydo bo‘lishi; o‘z raqibiga, tomoshabin va hakamlarga sinchkovlik bilan qarashi, g’azab va xursandlik kabi ruhiy kechinmalarini kuzatish orqali ularning faoliyatini yanada takomillashtirishning ilmiy-uslubiy jihatlarini ishlab chiqish mumkin. shuningdek, sportchining sportdagi ijodkorligi va erishgan natijalarini kuzatish orqali sportga o‘ta berilishi; xavfli vaziyatlarda qo‘lining, umuman, tanasining titrashi; kayfiyatidagi beqarorlikni aniqlash bilan sportchining o‘zini boshqarishi, o‘zini tuta bilishi qay tarzda kechishi bo‘yicha u yoki bu xulosaga kelinadi. kuzatishning qulay va samarali jihatlari bilan birga, uning zaif tomonlari ham mavjud. jumladan, sportchi xarakterida ifodalanadigan keskin o‘zgarishlar yuz berish sababini kuzatish yordamida o‘zgarib bo‘lmaydi. shu sababli sportchi ruhiyatini tadqiq etishda boshqa uslublardan ham foydalanishga to‘g’ri keladi.
2
Yüklə 64,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin