Sport tibbiyoti mutaxassisligi bo’yicha savollar ro’yxati



Yüklə 26,14 Kb.
tarix01.02.2022
ölçüsü26,14 Kb.
#51948
96. Спорт тиббиёти ўзб


Sport tibbiyoti mutaxassisligi bo’yicha savollar ro’yxati


  1. Sport tibbiyotining maqsad va vazifalari.

  2. Pasport, biologik va funktsional yosh haqida tushuncha.

  3. Kuruv, eshitiv va vestibulyar analizatorlarni tekshirish usullari.

  4. Funksional sinamalar va testlarning tasnifi. Funksional sinamalarga qo'yiladigan talablar.

  5. Sportchilarda shikastlanish va kasalliklarning umumiy xususiyatlari.

  6. Shifokor nazoratning asosiy tamoyillari.

  7. Jismoniy rivojlanishni tekshirish usullari.

  8. Asab-mushak apparatining instrumental tekshirish usullari.

  9. Jismoniy Yuklamali testlari, ularning tasnifi va xususiyatlari.

  10. Sportdagi jarohatlar va kasalliklarning sabablari. Jarohatlarning tasnifi.

  11. Sport tibbiyoti shifokori faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar.

  12. Sportdagi somatoskopiya va antropometriyaning qullanilishi.

  13. sportchi yuragi tuzulishinihg uziga hos xususiyatlari: tonogen kengayish, kapillyarlanishning kuchayishi, miokard gipertrofiyasi.

  14. Eng oddiy laboratoriya sharoitidagi jismoniy yuklamali sinamalar.

  15. Teri yuzasini shikastlanishilari.

  16. Shifokor nazoratni tashkil etish. Sportchilarni dispenser nazorati.

  17. Jismoniy rivojlanishni baholash usullari. Asosiy indekslar.

  18. Yuqori malakali sportchilarda yurak-qon tomir tizimining funktsional xususiyatlari.

  19. S.P. Letunova sinamasi.

  20. Tanani yuqori ohirlarining shikastlanishi (nazorat ostidagi sport turlari).

  21. Sport tibbiyoti shifokori faoliyatining shakllari.

  22. Turli sport turlari vakillarining jismoniy rivojlanishi va tana tuzilishining uziga hos xususiyatlari.

  23. Jismoniy mashqlar paytida yurak qisqarishlar soni (YQS) va qon bosimi (QB) o'zgarishi. Umumiy gemodinamik ko'rsatkich.

  24. Jismoniy yuklamalarni va ehtiyot choralarini tashkil etish.

  25. . Tanani pastki ohirlarining shikastlanishi (nazorat ostidagi sport turlari).

  26. Shaxsning jismoniy sifatlari va ularni tarbiyalash usullari.

  27. Tananing tarkibiy tuzulishini o'rganish usullari. Turli sport turlari bo'yicha tanatarkibiy tuzilishining xususiyatlari.

  28. Yurak-qon tomir tizimining jismoniy yuklamaga reaktsiyasi bo`yicha turlari.

  29. jismoniy yuklamalar uchun qarshi kursatmalar va jismoniy yulamani to'xtatish uchun kursatmalar.

  30. Bosh va o'murtqani jarohatlanishi (nazorat ostidagi sport turlari).

  31. Sport mashg'ulotlarini tashkil qilish tamoyillari.

  32. umurtqa pogonasi va uning buzilishi. umurtqa pogonasidagi uzgarishlarni davolash va oldini olish.

  33. 3.ECG - dam olish paytida va mashqlar paytida tekshirish.

  34. PWC170 submaksimal sinovi.

  35. Sportchilarda tez-tez uchraydigan tayanch-harakat tizimining kasalliklari.

  36. Sportdagi tibbiy ekspertiza.

  37. Yassi oyoqlik, uning turlari, darajalari. Yassi oyoqlikni oldini olish.

  38. Sportdagi kardiointervalografiya. Asosiy apparatlar.

  39. Garvard step sinamasi.

  40. Sportchilarning surunkali mikrotravmatizatsiyasi (nazorat ostidagi sport turlari).

  41. Sport bila shegillanishga qarshi ko'rsatmalar.

  42. Mushak faoliyatining fiziologiyasi.

  43. Yurakning maksimal qisqarishlar soni (YQS) tushunchasi, anaerob almashinuv chegarasi va ularni hisoblash usullari.

  44. Maksimal kislorod iste'molini (MKI) to'g'ridan-to'g'ri va bilvosita aniqlash. Sport turlarida MKI qiymatlari.

  45. Periferik asab tizimining shikastlanishi (nazorat ostidagi sport turlari).

  46. Sportchilarni tayyorgarlik davrlarida tibbiy ko'rik turlari.

  47. Jismoniy ish qobiliyatini asosiy biokimyoviy ko'rsatkichlar.

  48. Elektrokardiogrammaning sportchilardagi uziga xos xususiyatlari.

  49. Kuper sinamasi.

  50. Markaziy asab tizimining shikastlanishi (nazorat ostidagi sport turlari).

  51. Jismoniy rivojlanish. Tana tuzulish turlari. Irsiyat.

  52. Mushaklar faoliyatini boshqarishning asosiy tamoyillari.

  53. Sportchilarda arterial gipertenziya va gipotenziya.

  54. Ortostatik test.

  55. Ichki organlarning shikastlanishi (nazorat ostidagi sport turlari).

  56. Doimiy jismoniy yuklamalar ta`siri natijasida morfofunktsional o'zgarishlar.

  57. Sportdagi psixologik testlar.

  58. Umumiy jismoniy ish qobiliyati, tananing funktsional holatining ko'rsatkichi sifatida. Jismoniy ish qobiliyatining murakkab mexanizmining tarkibiy qismlari.

  59. Yo'lda va masofada sportchini oziqalanish.

  60. Bolalikdagi jarohatlar va kasalliklardan so'ng mashg'ulotlarga ruxsat berish.

  61. Energiya ta'minoti turlari haqida tushuncha.

  62. Kordinasiya va muvozanatni baholash, statokinetik funktsiyalarni o'rganish.

  63. Zo'riqish bilan sinamalar o’tkazish.

  64. Tayyorgarlik bosqichida va turli sharoitlarida o`tkaziladigan yig`inlarnda sportchining ovqatlanishini tashkil etish.

  65. Sog'lomlashtiruvchi jismoniy tarbiyasining shakllari.

  66. Jismoniy tarbiya va sportning salomatlikka ta'siri.

  67. Sportchilarda qon tomir kasalliklari. Flebitlar, arteriitlar va trombozlar.

  68. Farmakologik testlar.

  69. Ovqatlanish rejimi. Spirtli ichimliklar va chekishning ish qobiliyatini tiklashga ta'siri.

  70. Sog'lomlashtirish guruhini shifokor nazorati .

  71. Immunitet va jismoniy faollik.

  72. Mitral qopqoq prolapsasi (MQP).

  73. Jismoniy tarbiya bilanshug`ullanuvchi va sportchini tibbiy ko'rikdan o'tkazish natijalari bo'yicha xulosa. Sinov natijalari asosida jismoniy mashqlar rejimi va metodikasi bo'yicha tavsiyalar.

  74. Sportchining ichish rejimi.

  75. Sog'lomlashtirish guruxida shugillanish uchun ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar. Optimal harakat rejimini tanlash bo'yicha tavsiyalar.

  76. Muntazam sport mashg`ulotlarining asab tizimining funktsional holatiga ta'siri. Markaziy asab tizimining (MAT) funktsional holatining buzilishi.

  77. Tashqi nafas olish ko'rsatkichlarini aniqlash. Spirometriya va boshqa tadqiqot usullari.

  78. Shifokor-pedagogik nazoratlarini tashkil etish, maqsad va vazifalar.

  79. Sportda va fitnesda vaznni kamaytirish va haydash.

  80. Aerob yuklamalar. Sog'lomlashtirishgaqaratilgan piyoda yurish mashg'ulotlari.

  81. Tashqi nafas olishning asosiy ko'rsatkichlari. Funktsional testlar (Shtange, Genchi).

  82. Sportchilarda disbakterioz. Sabablari, profilaktikasi.

  83. 3.O'quv jarayoni uchun noqulay meteoklimatik sharoitlarda jarohatlar va kasalliklarning oldini olish bo'yicha chora-tadbirlar.

  84. Qayta tiklash ishlarini bajarishda sportchining o'zini o'zi nazorat qilish.

  85. O'rta va keksa yoshdagi odamlarni sog'lomlashtirishda jismoniy tarbiya xususiyatlari. Organizmning anatomik va fiziologik xususiyatlari.




  1. Nafas olish tizimining eng keng tarqalgan kasalliklari. Kardiotonzilogen sindrom.

  2. Turli xil intensivlikdagi jismoniy yuklamalar paytida siydik chiqarish tizimining ishlash xususiyatlari.

  3. O'quv mashgulotlari jarayonining noqulay ob-havo va geografik sharoitida jarohatlar va kasalliklarning oldini olish asoslari.

  4. Sport farmakologiyasining maqsad va vazifalari. Asosiy farmakologik vositalar.

  5. Sog'lomlashtiruvchi jismoniy mashg'ulotlar paytida jarohatlarning oldini olish.

  6. Sportchilarda oshqozon-ichak traktining eng keng tarqalgan kasalliklari.

  7. Siydik chiqarish tizimini o'rganish usullari.

  8. Transmeridian harakatlar paytida moslashuvning o'ziga xos xususiyatlari. Desinxronoz.

  9. Jismoniy ish qobiliyatini tiklash uchun farmakologik vositalardan foydalanish tamoyillari.

  10. O'quvchilar va talabalarning jismoniy tarbiyasi ustidan shifokor nazorati.

  11. Sportchilarda jigar sindromi (og'riqli va og'riqsiz shakl). Sabablari, oldini olish.

  12. Sportchilarda siydik tizimining eng ko'p uchraydigan kasalliklari glomerulo- va pielonefrit, nefroptoz, siydik-tosh kasalligi.

  13. Dopingni nazorat qilish dopingni aniqlashga qaratilgan maxsus tadbirlar tizimi sifatida. Milliy antidoping agentligi (MADA).

  14. Farmatsevtik vositalarni ta'sirining asosiy mexanizmlari. Farmakodinamikasi, farmakokinetikasi, nojo'ya ta'siri.

  15. Tibbiy guruhlarga taqsimlash (asosiy, tayyorgarlik, maxsus).

  16. O’t yo'llarining diskineziyasi. Sabablari, profilaktikasi.

  17. Qonni tekshirish. Mushaklar faoliyatida qondagi o'zgarishlar.

  18. Doping va undan foydalanish sabablari.

  19. Dorivor moddalarning o'zaro ta'siri va antagonizmi.

  20. Kasallikdan so'ng jismoniy mashqlarga qaytish muddatlari.

  21. Mashgulotlarni endokrin tizimga ta'siri. Endokrin tizimni o'rganishning asosiy usullari.

  22. Sportchilarni oziqlanishi. Ratsional oziqlanish tushunchasi.

  23. Sportda tiklovchi vositalardan foydalanish tamoyillari.

  24. Gidro va balneoterapiya jismoniy ish qobiliyatini tiklash vositasi sifatida. Hovuzda suzish va jismoniy mashqlar.

  25. Yurak-qon tomir tizimining zo`riqishi. Sabablari, diagnostikasi.

  26. Sport amaliyotida organizmning funktsional tizimlarini tekshirishning zamonaviy usullari. Tekshiruv uskuna turlari.

  27. Sportda uglevodlarni qullanilishining umumiy xususiyatlari.

  28. Toliqish sababli tanada yuzaga keladigan o'zgarishlarni sanab bering.

  29. Sport massaji jismoniy ish qobiliyatini tiklash vositasi sifatida.

  30. Sportchilarda yurak ritmi va o'tkazuvchanligining buzilishi.

  31. Shifokor nazoratini bosqichli, joriy va operativ tekshiruvlari

  32. Sportda oqsilar bilan ta'minlash.

  33. Tiklantiruvchi vositalaridan foydalanishda tizimli yondoshish.

  34. Sport travmatologiyasida tashqi vositalardan (gel, krem, malham) foydalanish xususiyatlari.

  35. Jarohatlar paytida birinchi yordam ko'rsatish asoslari.

  36. Shifokor nazoratida qo'llaniladigan tekshiruv usullari.

  37. Sport va fitnesda yog'larni iste'mol qilishni tartibga solish.

  38. Ish qobiliyatini tiklashning pedagogik vositalari.

  39. Fizioterapiya usuli bilan davolanishni va massajni tayinlash uchun asosiy qarshi kursatmalar.

  40. Sportdagi zo`riqish. Sabablari va oldini olish.

  41. Shifokor-pedagog nazorati. Doimiy kuzatuv usuli.

  42. Vitaminlar va vitaminlarga o'xshash moddalar. Antivitaminlar

  43. Jismoniy ish qobiliyatini tiklashning psixologik vositalari.

  44. Sportda streching. Cho'zish turlari.

  45. Sportda zo`riqish. Davolash, oldini olish.

  46. Muayyan testlar va nazorat mashqlari yordamida moslashish imkoniyatlarini o'rganish

  47. Sportchilar uchun ozuqalar. Ratsional ovqatlanish tushunchasi.

  48. Cho'kish. Turlari, birinchi yordam.

  49. Yosh sportchilarda asab tizimi va tayanch-harakat tizimining funktsional holatini baholash xususiyatlari.

  50. Yosh sportchilarning jismoniy ish qobiliyati. Maksimal kislorod iste'moli.

  51. Tananing jismoniy yuklamaga bo'lgan umumiy javobini o'rganish.

  52. Sportda uglevodlar bilan ta`minlanganligini umumiy xususiyatlari.

  53. Jinsiy yo'l bilan yuqadigan kasalliklar. Oldini olish.

  54. Yosh sportchilarda kardiorespiratuar tizimning xususiyatlari.

  55. Sportda saralash va bolalarda sportga moyilligini aniqlash.

  56. Shifokor nazoratida qayta spesifik yuklamali tekshirish usuli.

  57. Sportda oqsillar bilan ta'minlash.

  58. Hushidan ketish. Birinchi yordam, davolash, profilaktika.

  59. Yosh sportchilarda siydik va ovqat hazm qilish tizimining xususiyatlari.

  60. Yosh sportchilarning patologik oldi holatlari va kasalliklari.

  61. O'z-o'zini nazorati sog'liqni doimiy nazorat qilish shakli sifatida.

  62. Sport va fitnesda yog'larni iste'mol qilishni tartibga solish.

  63. Gipoglikemik holatlar. Birinchi yordam, davolash, profilaktika.

  64. Yosh sportchilar ustidan tibbiy nazoratni tashkil etish. Dispenser nazoratiga olish.

  65. Bolalar va o'spirinlarda sport jarohatlarining xususiyatlari, ularning sabablari.

  66. Sportchining moslashishini tashqi charchoq belgilari bilan baholash

  67. Vitaminlar va vitaminlarga o'xshash moddalar. Antivitaminlar.

  68. Issiqlik va quyosh urishi. Birinchi yordam, davolash, profilaktika.

  69. Bolalar va o'smirlar sport muassasalarida tibbiy nazorat.

  70. Sog'lomlashtirish mashg'ulotlarida jismoniy mashqlarni me'yorlash.

  71. Sportda anamnezni yig'ish o`ziga xos xususiyatlari.

  72. Butunjahon antidoping agentligining (BADA) Doping-ro'yxati.

  73. Jismoniy ish qobiliyatini tiklashning tibbiy vositalari.

  74. Sport tadbirlarining hayz sikliga, homiladorlik, tug'ruqdan keyingi davrga ta'siri.

  75. Jarrohlik amaliyotlardan so'ng sportchilar uchun reabilitatsiya tadbirlari.

  76. O'z-o'zini dinamik nazorati paytida (yurak qisqarishlar soni, nafas olish soni, vazn va boshqalar) sub'ektiv va eng oddiy miqdoriy ko'rsatkichlardan foydalanish.

  77. Dopingni nazoratni o`tkazish tartibi.

  78. Tiklantiruvchi vositalarning o`zaro muvofiqligi va bir-biri bilan muttnosbligini.

  79. Sportchilar oziqlanishi ratsionidagi mineral moddalar.

  80. Jarohatlarni davolash va oldini olish uchun ortopedik vositalar. Ortezlar.

  81. Jismoniy tarbiya, jismoniy mashg'ulot va musobaqalarni tibbiy xizmatni tashkil etish.

  82. Doping qabul qilgan sportchilar va jamoalarga nisbatan qo'llanilgan sanktsiyalar.

  83. Umumiy ta'sir qiluvchi tiklantiruvchi vositalar (vannalar, dush, aerionizatsiya, massaj va boshqalar).

  84. Probiyotikalar va prebiyotikalar.

  85. Sportchilarda shikastlanish va kasalliklarni davolashning zamonaviy usullari (zarba to'lqini terapiyasi, limfomasaj, kriyoterapiya va boshqalar).

  86. Mashg'ulotlar o'tkaziladigan joylarning sanitariya-gigienik holati, ishtirokchilar uchun turar joy va ovqatlanish ustidan nazorat.

  87. Taqiqlangan dorilarni qo'llash uchun terapevtik ruxsat.

  88. Mahalliy qullaniladigan tiklantiruvchi vositalari.

  89. Sportda biologik faol qo'shimchalardan foydalanish xususiyatlari.

  90. Davolovchi jismoniy tarbiya tushunchalari, usullari va vositalari.

  91. Shamollash, ichak va boshqa kasalliklarning oldini olish.

  92. Ayollarni shifokor nazoratini tashkil qilishni o'ziga xos xususiyatlari.

  93. Jismoniy ish qobiliyatini tiklash uchun fizik omillardan foydalanish.

  94. Sportchilarda ovqat hazm qilish tizimi kasalliklarining oldini olish.

  95. Nazorat ostidagi sport turida kasallanish sabablari va oldini olish.

  96. Bolalar sport tibbiyotining vazifalari. Organizmni funktsional holatiga davomiy sport bilan shugullanishni ta`siri.

  97. Teyplash haqida ma'lumot.

  98. Burun, quloq, tomoq, tish va ko'zning shikastlanishi. Birinchi yordam, davolash, profilaktika.

  99. Chiniqtirish. Nazariy va uslubiy jihatlar. Sport amaliyotida chiniqtirish.

  100. Sportchilarda mushak-skelet tizimining haddan tashqari zo'riqishi.

  101. Sportchilar yuragining tuzilishini o`ziga xos xususiyatlari: tonogen kengayish, kapillyarlanishning kuchayishi, miokard gipertrofiyasi.

  102. laboratoriya sharoitidagi eng oddiy sinamalar.

  103. Sportchilar jarohatlarida qullaniladigan asosiy fizioterapiya tayinlovlari.

  104. Allergik reaktsiyalar. Anafilaktsiya.

  105. Sport sifatlarini shakllantirishning ontogenetik xususiyatlari.

Yüklə 26,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin