Sport turlari bo‘yicha musobaqalarni tashkil etish va xakamlik qilish o‘tkazish



Yüklə 496 Kb.
səhifə15/34
tarix13.02.2023
ölçüsü496 Kb.
#84153
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   34
Sport turlari bo‘yicha musobaqalarni tashkil etish va xakamlik q

BOSHHAKAM O’RINBOSARLARI
1. Bosh hakam o’rinbosarlari bevosita bosh hakamga bo’ysunadi va uning ko’rsatmasi bilan ishlaydi, bosh hakam bo’lmagan chog’da o’rinbosarlaridan birortasi bosh hakam huquklaridan foydalanib, uning vazifalarini bajarib turadi.

  1. Bosh hakam o’rinbosarlariga ayrim ishlar chunonchi yugurish, sakrash,
    uloqtirish, maydon tashqarida yugurish musobaqalarini o’tkazish;
    hakamlar brigadasiga ishlarini taqsimlash va ularni hisoblab borish,
    asbob-uskuna, informatsiya va radio eshittirish ishlari topshiriladi.

  2. YUgurish, sakrash, uloqtirish, yurish, maydondan tashqarida yugurish va
    yurish bo’yicha tayinlangan bosh hakam o’rinbosarining har biri o’z ish
    uchastkasida nazarda tutilgan vazifalarni bajaradi.

  3. hakamlar brigadalariga ish taqsimlari va uni hisobga olish bo’yicha
    tayinlangan bosh hakam o’rinbosarlari:

a) hakamlar brigadalariga topshiriladigan ishlar jadvalini
tuzadi;
b) hakamlarning brigadalarga taqsimlaydi;
v) hakamlarni ishga kelish va ishlash tabelini yozib boradi;
g) hakamlar brigadalarini ishini kuzatib boradi va musobaqalar
davomida zarur bo’lsa, ularning o’rnini almashtiradi;
d) bosh hakam hisobotiga kiritish uchun hakamlar ishiga
xarakteristika (baho) beradi;
5. Asbob-uskuna va inventar bo’yicha tayinlangan bosh hakam
o’rinbosarlari musobaqalar bo’ladigan joyini o’z vaqtida va to’g’ri
tayyorlashni kontrol qiladi, zarur asbob-uskuna va sport
inventarlarining saramjonligini va (qoidalarga muvofiq) yaroqli
yoki yaroqsizligini tekshiradi. Inventarni musobaqalar bo’ladigan
joyga o’z vaqtida etkazishni kuzatib turadi.
ESLATMA: Stadion direktsiyasi yoki musobaqa o’tkazayotgan tashkilot asbob-uskuna va inventar bo’yicha tayinlangan bosh hakam ixtiyoriga musobaqa komendantini va zarur miqdorda ishchilarni ajratib beradi. Ular hakamlar kollegiyasi tarkibiga kirmaydi.

  1. Informatsiya va radio bo’yicha tayinlangan bosh hakam o’rinbosarlari
    informatsiya hakamlari (diktorlar, aloqachilar va boshqalar) bilan
    hamkorlikda qatnashuvchilar va tomoshabinlar uchun informatsiya
    tashkil etish va o’tkazadi. Bunda radio, telefon, e`lonlar taxtasi va
    shu kabi boshqa vositalardan keng foydalaniladi.

  2. Bosh hakam o’rinbosarlarining soni musobaqa hajmiga qarb
    belgilanadi.




Yüklə 496 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin