Sport turlari bo‘yicha musobaqalarni tashkil etish va xakamlik qilish o‘tkazish



Yüklə 496 Kb.
səhifə6/34
tarix13.02.2023
ölçüsü496 Kb.
#84153
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
Sport turlari bo‘yicha musobaqalarni tashkil etish va xakamlik q

YENGIL ATLETIKA MUSOBAQALARINI TASHKIL ETISH VA O’TKAZISH
REJA:

1. Yengil atletika musobaqalari haqida umumiy qoidalar.


2. Musobaqada qatnashuvchilar.
3. hakamlar hay`ati.
4. YUgurish va yurish musobaqa qoidalari.
5. Sakrash musobaqasi bo’yicha musobaqa qoidalari.
6. Uloqtirish musobaqasi bo’yicha musobaqa qoidalari.
7. Ko’pkurashlar bo’yicha musobaqa qoidalari.


Foydalanilgan adabiyotlar.
1. R. Islomov. «Yengil atletika musobaqa qoidalari» o’zdavnashr. Toshkent 1961 yil.
2. V. I. Laxov. «Organizatsiya i sudeystvo po legkoy atletike», «FIS» Moskva 1989 yil.
3. N. G. Ozolin, V. I. Voronkina. «Legkaya atletika». Moskva 1989 yil.

Yengil atletika musobaqalarini quyidagi tashkilotlar tashkil qilishi va o’tkazishi mumkin. Davlat tomonidan (jismoniy madaniyat sport qo’mitalari, sport maktablari, matbuot uyushmalari va muassasalar tomonidan). Jamoatchilik tomonidan (sport klublar, havaskorlik sport jamiyatlari va sport uyushmalari tomonidan). Bu musobaqalar yillik taqvim (kalendar) rejalardan kelib chiqqan, yuqori tashkilotlar tomonidan tasdiqlangan jismoniy madaniyat va sport tadbirlari o’tkaziladi.


Musobaqa o’tkazuvchi tashkilot, (MUT, OPS) musobaqa nizomini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi. Ularni o’tkazish sharoiti, joyi va vaqtini aniqlaydi.
Nizom ishlab chiqilib, bir qancha yosh yillik davrda bo’ladigan taqvim musobaqalar bilan qiziqadigan tashkilotlarga musobaqalarning tayyorgarligini va uzluksiz o’tkazilishini topshirishi mumkin. Masalan, Davlat sport qo’mitasi, musobaqalarni rejalashtirgan holda viloyat sport qumitalariga ularning tayyorgarligi va o’tkazilishini topshirish mumkin: Viloyat sport qo’mitasi - shaharlar sport ko’mitasiga hokazo. Sport qo’mita yoki viloyat jamoatchiligi MUT nomidan chiqib musobaqalar boshlangunga qadar tayyorgarliklarni ko’radi: musobaqalarni o’tkazilishida javobgar shaxslar tayinlanadi, yuqori darajadagi musobaqalar uchun esa tashkiliy qo’mitalar tuziladi. Ko’p hollarda tashkiliy qo’mita mahalliy hokimiyat o’rinbosari vasifasini boshqaradi. Xizmat qilish va tashkillashtirishda har xil vakillar uning tarkibiga kiradi. Sport bazalarini tayyorlanishiga javobgarlik tibbiy xizmat ko’rsatish uchun javobgarlik, mahalliy transport vositalaridan va ovqatlanish bilan ta`minlash, temir yo’l va avia chiptalari, ishtirok etuvchilarning joylashishi, ma`naviy-ma`rifiy va targ’ibot tadbirlari va hokazo.
Tashkiliy qo’mitaning tarkibida ichki ishlar nazorati va bosh xakam faoliyat ko’rsatishi shart. Musobaqa boshlanishidan bir necha oy oldin bosh hakam tayyorgarlik ishlarini boshlaydi. Bosh hakam nomzodligini hakamlar kollegiyasi prezidiumi tavsiya qiladi: u jismoniy madaniyat va sport qo’mitasi tomonidan kelishilgan holda tasdiqlanadi. Bosh hakam milliy kollegiya prezidiumi bilan hamkorlikda bosh hakamlar tarkibini BXT (GSK) aniqlaydi va tasdiqlaydi, bir oz o’tib musobaqa o’tkazuvchi va taalluqli bo’lgan hamma hakamlar tarkibini aniqlab tasdiqlaydi.
Musobaqaning tayyorgarlik jarayonida BXT qoidasiga muvofiq MUT bilan hamkorlikda qatnashuvchilarni mandat tarkibidan va hakamlarning yuqori pog’onadagi musobaqalarda esa Doling nazorati o’tkazish amallarga oshiriladi. Bu holatlarda MUT tashkiliy va xo’jalik ishlarini: texnik vositalaridan foydalanish va jihozlash, aloqa bo’limi, hujjatlarni pechat qilish va ko’paytirish hamda transport vositalaridan foydalanishni o’z zimmasiga oladi.
MUT BXT bilan hamkorlikda musobaqaning tantanali ochilishini va yopilishini, yakka va komanda g’oliblarini taqdirlash, ularga jeton, medal, yorliq va diplomni taqdirlovchi (urush veterani, xizmat ko’rsatgan jismoniy madaniyat xodimi) «xizmat ko’rsatgan xakam», «xizmat ko’rsatgan sportchi» va xokazo shaxslarni tayyorlash.
hakamlar tarkibi bilan MUT hamkorlikda sport bazalarining tayyorgarligini nazorat ostiga olib va musobaqani o’tkazishdan oldin sport jihozlarini tayyorgarligini tekshiradi.
Sportchilarni tibbiy ko’rik nazoratini mahalliy tbbiy qo’rik tashkiloti bilan hamkorlikda tashkil qilishni amalga oshirish lozimdir. Tomoshabin va ishqibozlarni jalb qilish maqsadida MUT targ’ibot va tashviqot ishlarini o’tkazadi: rangli afishalar, maxsus oynomalarda chop etilish, radio va televideniyada e`lon qilish, dasturlarni tarqatish, xotirali znachok, vempel, har xil suvenirlarni (shu bilan birgalikda savdo tarmoqlarida realizatsiya qilish) chiqarish.



Yüklə 496 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin