2. BOB. SPORT TRENIROVKA JARAYONI O‘ZARO UZVIY BOG‘LIQ LIGI.
1.1. Harakat sifatlarini tarbiyalash metodlari.
1.2 Jismoniy tayyorgarlik. Texnik tayyorgarlik
1.3 Taktik tayyorgarlik. Psixologik (ruhiy) tayorgarlik.
Xulosa
Foydalangan adabiyotlar
KIRISH
Ta’lim-tarbiya tizimidagi islohotlarni amaliyotda targ‘ib qilish va amalga oshirish, shuningdek bir qancha masalalarni yechish pedagoglar, jismoniy tarbiya o‘qituvchilari, sport mutaxassislari, ota-onalar va sportchi-o‘quvchilardan ularni hamjixatlikda ishlashni talab qiladi.
Mana shu vazifalarni turli yechimida akademik litsey va professional kollejlarda basketbol o‘yini muhim o‘rin tutadi. Chunonchi, basketbol nafaqat o‘zining dinamikligi va estetik go‘zalligi bilan, balki o‘sib kelayotgan yosh avlodning hayotiy zarur bo‘lgan sifatlarini rivojlantirishga va ijobiy ta’sir etishi bilan katta ahamiyatga ega.
Basketbol sog‘liqni mustahkamlash, jismoniy tayyorgarlikni, harakatli sifatlar bilimini rivojlantiradi. U harakatchanlikni oshirish, tezlik, kuch, chidamlilik, egiluvchanlik kabi jismoniy sifatlarni o‘stirishda eng asosiy sport turlaridan biridir, shuningdek, sportchi-o‘quvchilarning irodasini mustahkamlaydi.
Ushbu akademik litseylar va professional kollejlarda basketbol bo‘yicha mashg‘ulot olib boruvchi jismoniy tarbiya o‘qituvchilariga hamda mashg‘ulotlarni o‘tkazishda qatnashuvchi kishilarga yordam berishni o‘z oldilariga asosiy maqsad qilib qo‘yishgan.
Davlat ta’lim standartlari va jismoniy tarbiya o‘quv dasturiga asosan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi o‘quv muassasalarining (akademik litsey va kollejlar) talabalari uchun mo‘ljallangan. Qo‘llanmada basketbolning kelib chiqish tarixi va uni O’zbekistonda rivojlanishi; o‘yin qoidalarining yaratilish tarixi, o‘yinning texnik-taktik o‘zlashtirish uslubi; basketbol bo‘yicha darsni samaradorligini oshirish uchun kerak bo‘lgan anjom-uskunalar bilan jihozlanishi, musobaqa qoidalari va unda hakamlik qilish, tashkiliy metodik ishlarni olib borish, basketbol bo‘yicha darsdan tashqari mashg‘ulotlarni tashkil qilish va olib borilishi to‘g‘risida barcha ma’lumotlar yoritilgan.
Dostları ilə paylaş: |